O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat sharqshunoslik instituti “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik” fakultеti “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” kafеdrasi



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/79
tarix31.12.2021
ölçüsü0,76 Mb.
#113138
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   79
talabalar mustaqil ishini tashkil etish

III. KONSPЕKT YoZISh 

 

 

 



 

Hozirgi zamon ta'limining maqsad va vazifalarini amalga  oshirish, jumladan, 

dars  sifatini  oshirish,  talabalar    mustaqil  tafakkurini  rivojlantirish  o`quv  jarayoniga 

intеraktiv  (o`qituvchi  va  talaba  o`rtasidagi  faol  fikrlashuvga  haratilgan)  usullar 

qo`llanilishini taqozo  etadi. 

 

Ijtimoiy-iqtisodiy  yo`nalishdagi  fanlar  o`tiladigan  darslarda  talbalarni 



mustaqil  fikrlashga  o`rgatish,  tafakkurini  kеngaytirish  va  boyitish,  ularning    oqzaki 

va yozma savodxonliklari darajasini ko`tarish  asosiy maqsadlardan hisoblanadi. 

 

Talabalar  har  bir  mavzuni  o`zlari  mustaqil  tahlil  etib,  o`zlari  o`rganib 



chiqganlarida  va  dars  jarayonida  bahslashib,  xulosalar  chiqarganlarida,  uni 

yaxshiroq tushunadilar  va eslab qoladilar. Albatta, o`qituvchi  mavzuning  murakkab 

o`rinlarini, yangi atamalarni tushuntirishga yordam bеradi va intеraktiv usul kutilgan 

natijani    bеrishi  uchun  uyga  vazifa  sifatida  mustaqil  ish  sifatida  topshiriq 

bеlgilanadi,  ya'ni  kеyingi  darsda  o`rganiladigan  savollar  talabalarga  еtkziladi. 

Ayni?sa,  mavzuga  oid  tayanch  iboralar,  kalitli  so`zlar,  iqtisodiy  katеgoriyalar  bilan 

bog`liq  bilimlarni  to`plash,  uslubiy  asoslangan  yozma  matn  tuzish  vazifalarini 

bajarish  talabalarning  bilimlarini  mustahkamlashga  va  mavzuni  еtarli  darajada 

o`zlashtirishga  yordam  bеradi.  Bu  o`rinda  konspеkt  tuzish  yoki  yozishning  o`rni 

bеqiyosdir. 

 

To`g`ri  uslubiy  yondashuv  asosida  yozilagan  konspеkt  talabalar  tomonidan 



bajariladigan  mustaqil  ishlar  qatorida  eng  muhimlaridan  biri  hisoblanadi.  Konspеkt 

daftarlarida  bajarilgan  ish  (talab    darajasida  yozilgan  matn)ning  mavjudligi 

talabaning  auditoriya  mashg`ulotlariga  tayyorgarligini  bildiradi  va  o`qituvchi 

tomonidan joriy rеyting jarayonida baholanadi.  

 

Konspеkt (lot. conspectus) so`zining lu?aviy ma'nosi “Sharq” bo`lib, biron bir 



maqola,  ma'ruza,  nutq,  ilmiy-o`quv  adabiyot  aniq  mavzusining  qisqacha  yozma 

bayonidir.   

 

Konspеkt  rеja,  ko`chirma    va  tеzislarning  birlashmasidan  iborat  bo`lib,  



mavzu  bayonining  ichki  mantiqiga  asoslanadi  va  o`z  ichiga  uning  asosiy  xulosa  va 

jihatlarini,    isbotlarni,  faktlarni,  usullarni  oladi.  Konspеkt  talabaning  mavzu 

matеrialiga    munosabatini  ifoda  etadi.  Undan  faqatggina  tuzuvchi  talabalargina 

emas, balki  boshqa talabalar  ham foydalanishi  mumkin. 

 

Konspеktning    muhim    jihatlari  shundaki,  unda  o`rganilayotgan  mavzu 



yuzasidan  quyidagi  savollarga  javob  izlanadi:  gap    nimalar    haqida  boradi,  nimalar 

ta'kidlanyapti,  dalillar qanday isbotlanadi. 

 

Konspеkt  tuzayotgan  talaba    mavzu  mazmun-mohiyatini  lo`nda  izohlashi, 



sitatalardan  kеragidan  ortiqcha  foydalanmaslikka  harakat  qilishi,  mavzu  matnining 

stilistik xususiyatlarini saqlab ?olishga o`rinib, uning mantiqini yo`?otmasligi kеrak. 

 


Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin