O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi bank ishi yo`nalishi 50-guruh mavzu: Aholining pul jamg'armalari turlari, ularni bankka jalb qilish va foydalanish. Bajaruvchi


Bank omonatlari yordamida axoli kapitalni ko`paytirish



Yüklə 66,23 Kb.
səhifə4/5
tarix18.07.2023
ölçüsü66,23 Kb.
#128547
1   2   3   4   5
Aholining pul jamg\'armalari turlari, ularni bankka jalb qilish va foydalanish

3. Bank omonatlari yordamida axoli kapitalni ko`paytirish.
Yaqinda jismoniy shaхslar uchun bankka tashrif buyurmasdan mobil banking tizimi orqali depozit ochish imkoniyati paydo boʻldi. Bunday innovatsiya «Hamkor bank» ATB tomonidan joriy etildi. Agar mijoz 1 mln. soʻmdan ortiq mablagʻni 9 oyga depozitga qoʻysa, bank yillik 19% toʻlashga tayyor. Onlayn-omonatdan foydalanish uchun shu bankning plastik kartasi saqlovchisi boʻlish darkor.
Soʻrovnomada qatnashgan 25 bankning 21 tasi plastik kartalardan omonatlarni taklif etmoqda. Bu biz omonatlar boʻyicha avvalgi tahlilni e’lon qilgan vaqt, ya’ni 2017 yilning may oyiga qaraganda ancha koʻp. U paytda faqat 14 ta bank bunday takliflarga ega edi. 
Eng manfaatli omonatlarni «Hamkor bank» ATB va «InFinbank» ATB taklif etmoqda, ular oʻz mijozlariga yillik 19% toʻlashga tayyor.
2017 yil may oyidagi vaziyat bilan solishtirsak, hozirda hech bir bank 20% va undan yuqori stavkada omonatlarni taklif etmayotir. 
Naqd omonatlar boʻyicha eng yuqori foiz stavkasi ham yillik 19%ni tashkil etadi. Uni bugungi kunda «Hamkor bank» ATB, «Qishloq qurilish bank» ATB va «InFinbank» ATB taklif etmoqda.
25 bankning 24 tasi mijozga milliy valyutada 5 va undan ortiq omonat turlarini tanlash imkonini bermoqda, ular shartlari bilan farq qiladi. Eng yuqori foiz stavkalarini oʻz ichiga olgan takliflar mijoz yillik 16–19% daromad olishini nazarda tutadi. Banklar kesimida eng foydali takliflar toʻgʻrisidagi aхborotni quyida e’lon qilinadigan jadvalda keltirdik.
Jadval bosh ofislarning ma’lumotlari asosida tuzilganiga e’tibor qaratmoqchimiz. Banklarning filiallari va boʻlimlaridagi takliflar farq qilishi mumkin. Masalan, “Xalk banki”ning ayrim filiallarida vaqtinchalik omonatlar qabul qilinmayotganini ma’lum qilishdi, buning boisi boʻlinmalar pensiyalar toʻlashni tashkil etish bilan band ekan. «Ipak yoʻli bank» AITB bosh ofisida omonat operatsiyalarining vaqtincha toʻхtatilganini ma’lum qilishdi, ammo bunda bankning filiallariga murojaat etib koʻrishni taklif etishdi.
Deyarli barcha banklar omonat qanday shaklda qoʻyilgan boʻlsa, oʻsha shaklda foizlarni toʻlashadi. Foizlar ham oyma-oy, ham omonat muddati tugagandan keyin toʻlanishi mumkin. Ba’zi omonatlar boʻyicha boshqa davriylik koʻzda tutilishi ham mumkin, bu haqda mijozga shartnoma imzolanishidan oldin ma’lumot beriladi.
Mijoz muddatidan oldin omonatini yopishga qaror qilgan taqdirda ham bank foizlarni toʻlashga tayyor boʻlgan takliflar paydo boʻldi. Masalan, «Daromad» omonati («Hamkorbank» ATB) mijoz 12 oyga 1 mln.dan ortiq summani qoʻysa, yillik 19% toʻlanishini koʻzda tutadi. Shu bilan birga shartlarda aytilishicha, omonat ochilgan paytdan boshlab 6 oygacha yopilgan taqdirda bank yillik 6% hisobida foizlar hisoblaydi, omonat 6 oydan keyin yopilgan taqdirda omonat boʻyicha foizlar yillik 19% hisoblanadi.
Aksariyat banklar mijozga sms-ma’lumotnoma хizmatini taqdim etmoqda, shu bois omonatchi hisoblangan foizlar yoki omonat muddati tugaganligi haqida oʻz vaqtida хabardor qilinmoqda.
Muddatli omonatlardan foiz tarzida olingan daromadlarga soliq solinmaydi.
Omonatlar qanday ishlaydi?
Keling, buni oddiy misolda ko’rib chiqamiz.
Aytaylik, siz "Onlayn 21%” tarifi bilan yiliga 21 foiz evaziga 10.000.000 so’m miqdorida omonatni amalga oshirdingiz, ushbu mablag’ bankka kelib tushadi. So’ngra, bank pulingizni “Yengil kredit” tarifi bo’yicha kredit olish uchun murojaat etgan shaxslarga 33 foizlik stavka bilan beradi.
Banklar kreditlarni omonatlardan farqli ravishda yuqoriroq foizlar bilan beradi hamda foizlardafi ushbu farq orqali pul ishlab topadi.
So’ngra qarz oluvchi (bankdan kredit olgan shaxs) pulni foizlar bilan qaytaradi. Bank ushbu pul mablag’larini qabul qiladi, o’z foydasini chegirib tashlaydi va sizga 21 foiz qo’shilgan holda pulingizni qaytaradi. Bizning holatimizda esa, 10.000.000 so’m qo’yildi va 12 oydan so’ng biz taxminan 12.105.753 so’m olamiz.
Tijorat banklari resurslarining asosiy qismini jalb qilingan mablag’lar tashkil etadi. Har bir tijorat banki faoliyatida jalb qilingan mablag’lar muhim ahamiyat kasb etadi, chunki tijorat banklarining o’z mablag’lari, asosan, bankni tashkil qilish va shakllantirish bilan bog’liq vazifani amalga oshirsa, jalb qilingan mablag’lar esa, bankning barqaror daromad olish imkoniyatini ta’minlab turadi. Shuning uchun ham, har bir tijorat bankining jalb qilingan mablag’larini doimiy tahlil qilib borish bankning barqarorligini ta’minlash imkonini beradi. Tijorat banklarida puxta o’ylangan depozit va kredit siyosati bo’lishini talab qiladi. Tijorat banklarida depozit va kredit siyosatining to’g’ri tashkil etilganligi, ular orasidagi bog’liqlik va nisbatning optimal tanlanganligigina banklarning samarali faoliyat ko’rsatishi uchun asos bo’lishi mumkin.
So’ngi yillarda bank tizimida olib borilayotgan islohatlar natijasida ularning daromadlari yildan yilga o’sishi kuzatilmoqda. Albatta ularning samarali faoliyati natijasi ortida bank passivlari tarkibidagi depozit bazasining o’sishi asosiy omil sifatida namoyon bo’ladi.
Bank darajasida depozitlar bo’yicha qonuniy belgilangan foiz stavkasidan oshadigan qisqa muddatli foiz stavkalari siyosatning o’zgaruvchan kredit almashinuvining o’zgarishlarini aniqlaydi, bu esa depozitlar miqdorini tartibga solish bilan yo’qoladi.1
Mamlakatimiz tijorat banklarida so’ngi to’rt yil mobaynida depozit bazasi tarkibida o’sish tendentsiyasi kuzatilgan. Jumladan, oldingi yilga nisabatan talab qilib olinguncha depozitlar tarkibi 2017-yil va 2018-yil yanvar holatiga ko’ra qariyb 30% va 60 % ga o’sish kuzatilgan bo’lsa, muddatli depozitlar va jamg’arma depozitlar tarkibidagi o’sish tendensiyasi ko’rsatkichi 25% tashkil etganini ko’rishimiz mumkin.
Tijorat banklari bilan birgalikda depozit operatsiyalarni amalga oshiruvchi sub’ektlar yuridik va jismoniy shaxslar bo’lsa, ob’ekti bo’lib pul mablag’lari, ya’ni milliy va xorijiy valyutalar hisoblanadi.
Bank depozitlarining yuridik va jismoniy shaxlar hissasiga to’g’ri kelishi o’rtacha 70/30 nisbatda tashkil etgan bo’lsa, oxirgi ikki yil davomida yuridik shaxslardan jalb qilingan mablag’lar miqdori sezilarli darajda o’sgan hamda jismoniy shaxslarda esa bu holatning aksi. Yuridik va jismoniy shaxlardan jalb qilingan mablag’lar hajmida yuridik shaxlarning milliy valyutada joylashtirgan depozitlari jami depozitlar hajmida 36 %dan yuqoriligi bilan etakchilik qilgan.
Tijorat banklarida depozitlarning ortishi bankning aktiv operatsiyalari oshishiga olib keladi, chunki bank resurslari oshganda uning aktiv operatsiyalarini o’sishiga imkon beradi.
O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari depozitlari tarkibini tahlil qilish jarayonida mamlakatimizdagi har bir tijorat banklarining hissasini ko’rib chiqadigan bo’lsak, ikki yil mobaynida TIF Milliy bank etakchilik qilgan. Xususan, bankning 2016-yil 1-yanvar holatiga ko’ra 4702,18 milliard so’mni tashkil etgan bo’lib, barcha tijorat banklarning jami depoiztlari tarkibida 15,65% ulushni tashkil etgan va 2017-yil 1-yanvar holatiga ko’ra mazkur ko’rsatkich keskin ortgan, shuningdek 10103.57 milliard so’mni tashkil qilgan. Bu ko’rsatkich o’tgan yilning shu davriga nisbatan ikki martadan ko’proq hajmga o’sganini ko’rishimiz mumkin. 2018 yil 11496,2 mlrd.so’mga oshgan.
Depozitlarning umimiy miqdori bo’yicha keyingi o’rinlarni 2018-yil davomida 4616.18 mlrd. so’m va 2953.78 mlrd. so’m bilan hamda 2019-yil davomida 5960.87 mlrd. so’m va 3583.82 mlrd. so’m, 2020 yil davomida 8252,7 mlrd. so’m va 3613,4 mlrd. so’m bilan mos ravishda Asaka bank ATB va AT Xalq banklari egallagan. Shuningdek, 2018-yil yakunlariga ko’ra, depozitlar miqdori jihatidan yirik hajmdagi depozitlarni jalb qilish bo’yicha bir trln.so’mdan ortiq mablag’larni bankka resurs sifatida jalb qilgan banklar: ChEKI Hamkorbank 1 861.8 mlrd. so’m, ATIB Ipoteka bank 2 074.14 mlrd. so’m, ATB O’zsanoatqurilishbank 2 070.61 mlrd. so’m, AJ KDB Bank Uzbekistan 1 949.57 mlrd. so’m, ATB Agrobank 1 671.36 mlrd. so’m hamda ATB Kapitalbank 1 293.28 mlrd. so’m.
2019-yil yakunlariga ko’ra esa yirik hajmdagi, ya’ni bir trln.so’mdan ortiq depozit mablag’larini jalb qilgan banklar soni yuqorida keltirib o’tgan banklarimiz hamda yana uchta banklar: ATIB Ipak yo’li, XAB Trastbank va ATB Qishloq qurilish banklar bilan birgalikda o’n ikkitaga yetdi. Jumladan, o’tgan yilga nisabatan TIF Milliy bank 114.87%, ChEKI Hamkorbank 50.15%, ATB Kapitalbank 37.86%, XAB Trastbank 47.25%, Asaka bank ATB 29.13%, ATIB Ipoteka bank 28.98% bilan depozitlari hajmini oshirishga erishgan. Bu davr mobaynida ham etakchi depozit jalb qiluvchi bank sifatida TIF Milliy bank hamda Asaka bank ATB faoliyat olib borgan.
Berilgan jadval ma’lumotlariga ko’ra, 2018-yil 1-yanvar holatiga mamlakatimiz tijorat banklarining milliy valyutadagi depozitlar tarkibining asosiy qismi (70,1 %i) yuridik shaxslar hissasiga to’g’ri kelishini ko’rishimiz mumkin. Xususan, TIF Milliy bank milliy valyutada yuridik shaxslardan jalb qilgan mablag’lari 8103,3 mlrd. so’mni tashkil etgan bo’lsa, jismoniy shaxlar bu summadan taxminan to’rt marta kam bo’lgan miqdordagi milliy valyutadagi pul mablag’larini bankka omonatga qo’ygan. Bundan tashqari, 2017-yil davomida yirik hajmli yuridik shaxslar depozit mablag’lariga ega bo’lgan banklar sifatida 1911,6 mlrd. so’m pul mablag’i bilan Asaka bank ATB, 2050,2 mlrd. so’m pul mablag’i bilan ChEKI Hamkorbank, 663,8 mlrd.so’m pul mablag’i bilan AJ KDB Bank Uzbekistan hamda 2038,4 mlrd. so’m pul mablag’i bilan ATIB Ipoteka banklar faoliyat olib borgan. Bu banklarning yuridik shaxslarga tegishli bo’lgan milliy valyutadagi depozitlari umumiy milliy valyutadagi depozitlarning 2/3 qismini yoki 61 %ini tashkil etgan.
Jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi depozitlari yuridik shaxslar mablag’lariga nisbatan ancha kam bo’lishiga qaramasdan 2017-yil davomida quyidagi banklar mijozlardan yirik hajmdagi omonatlarni qabul qilgan: AT Xalq bank 2785,3 mlrd. so’m pul mablag’ini, ATB Agrobank 958,2 mlrd. so’m pul mablag’ini, TIF Milliy bank 1868,3 mlrd. so’m pul mablag’i, bundan tashqari ATIB Ipoteka bank 1016,4 mlrd. so’m hamda Asaka bank ATB 670,0 so’mlik pul mablag’lari omonatga qabul qilingan. Bu banklarning ulushi jismoniy shaxslardan jalb qilingan barcha banklar omonatlarining 70 %ini tashkil etgan.
Tijorat banklari tomonidan 2019-yil yakunlari bo’yicha mijozlardan xorijiy valyutada jalb qilingan mablag’lar miqdori jami 23830 mlrd. so’mni tashkil etgan bo’lib, shundan 19442 mlrd. so’m pul mablag’i bank mijozi bo’lgan yuridik shaxslar hissasiga to’g’ri kelsa, 4387,5 mlrd. so’mi jismoniy shaxslarning xorijiy valyutadagi omonat mablag’lari hisoblanadi.
Yuridik shaxlardan xorijiy valyutada depozitlarni jalb qilish bo’yicha 5291,5 mlrd. so’m bilan, barcha banklar depoziti hajmida 27 % ulishni tashkil etgan Asaka bank ATB etakchilik qilgan. Shuningdek, banklarning xorijiy valyutadagi yuridik shaxslarning jami depozitlarida 29 foiz ulushni AJ KDB Bank Uzbekistan hamda TIF Milliy banklar tashkil etgan, mos ravishda mlrd. 4345,6 va 1266.6 mlrd. so’mni jalb qilgan.
Barcha banklar miqyosida 1610,1 mlrd. so’m ekvivalenti bilan ATB Kapitalbank yirik miqdordagi xorijiy valyutalarni jismoniy shaxslardan omonatga jalb qilgan bank sifatida faoliyat olib borgan va jami depozit tarkibidagi ulishi 42 foizdan ko’proqni tashkil etgan. 258 mlrd. so’m ekvivalentidagi pul mablag’i bilan TIF Milliy bank, 379,6 mlrd. so’m ekvivalentidagi pul mablag’i bilan Asaka bank ATB va 325,1 mlrd. so’m ekvivalentidagi pul mablag’i bilan ChEKI Hamkorbanklar ATB Kapitalbankdan sezilarli darajada kam depozit jalb qilgan bo’lsada, qolgan banklarga nisbatan ancha yuqori ko’rsatkichlarga erishganini ko’rishimiz mumkin.
Jalb qilingan mablag’larning jami resurslar tarkibidagi ulushining 80 foizdan ortiq bo’lishiga bank tomonidan mijozlarga ko’rsatilayotgan bank xizmatlarining sifatli ekanligi hamda aholining ChEKI “Savdogarbank”ka ishonchining yuqori ekanligi bilan izohlashimiz mumkin.
Tijorat banklari tomonidan jalb qilingan mablag’larning yuqori likvidlik darajasini ushlab turish va ma’lum yuqori daromad olish ehtiyojini belgilab beruvchi mavjud qonun va tartibga soluvchi aktlardan kelib chiqib turli aktivlarga joylashtiriladi. Bunda talab qilib olinadigan depozitlar bo’yicha to’lov majburiyatining bajarilishini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, talab qilib olinguncha qadar depozitlar – bu mijozning birinchi talabiga ko’ra, bank tomonidan so’zsiz amalga oshiriladigan depozit mablag’laridir. Ushbu mablag’lar odatda banklar uchun eng arzon resurs manbai hisoblanadi va shu bilan bir qatorda ushbu mablag’larga keragidan ortiq bog’lanib qolish bank likvidligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasida tijorat banklari tomonidan transaktsion depozitlardan resurs sifatida to’g’ridanto’g’ri, ya’ni muddatli depozit shartnomasini tuzmasdan foydalanilishi ularning depozit bazasi mustahkamligiga salbiy ta’sir qiladi, likvidlilik riskining kuchayishiga xizmat qiladi. Buning sababi shundaki, transaktsion depozit beqarorlik darajasi juda yuqori bo’lgan passiv hisoblanadi. U istalgan vaqtda mijoz tomonidan talab qilib olinishi mumkin.
Shuning uchun ham rivojlangan mamlakatlarning bank amaliyotida transaktsion depozitlar tijorat banki uchun resurs manbai hisoblanmaydi va ularga foiz to’lanmaydi. Buning uchun tijorat banklarmiz tomonidan olib borilayotgan depozit siyosati puxta tuzilish kerak.
Yuqorida takidlab o’tganimizdek, talab qilib olinguncha depozitlarga nisbatan muddatli va jamg’arma depozitlari muqimroq resurs hisoblanadi, chunki tijorat banklari ushbu mablag’larni muddatlaridan kelib chiqqan holda joylashtirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Bozor munosabatlari rivojlanib borayotgan hozirgi paytda bank sohasini rivojlantirish va iqtisodiy jihatdan yuksaltirish uchun kredit muassasalarini barqarorligiga erishish juda muhimdir. Ma’lumki, qo’yilmalarni jalb etish va bank resurslarini ko’paytirishda bankning mavqei hal qiluvchi omil sanaladi. Bu mavqe tijorat banklari passivlarini boshqarish sifatiga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi. Bozor munosabatlari sharoitida tijorat banklari tarmog’ini kengaytirish ular o’rtasida depozitlar, banklararo kredit va boshqa resurslarni jalb etish uchun raqobatni yuzaga kelitiradi.
Keng ma’noda passiv operatsiyalarini boshqarish, omonatchilar va boshqa kreditorlarning mablag’larini jalb etish va mazkur bank uchun mablag’alar tegishli kombinatsiyasini belgilash bilan bog’liq faoliyatdir. Tor ma’noda esa, passiv operatsiyalarini boshqarish deganda zaruriyatga ko’ra qarz mablag’alarini faol ravishda topish yo’li bilan likvidlikka bo’lgan ehtiyojni qondirishga qaratilgan harakatlar tushuniladi. Passiv operatsiyalarni boshqarishda bank qo’shimcha risk qilishdan tashqari, mablag’larni jalb etish xarajatlari bilan ushbu mablag’larni qarzlar va qimmatli qog’ozlarga joylashtirishdan olinishi mumkin bo’lgan daromad o’rtasidagi nisbatni e’tiborga olishi kerak. Binobarin, aktiv va passiv operatsiyalarni boshqarish o’rtasidagi o’zaro aloqa bankning foyda ko’rishi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Resurslar negizi bank faoliyati uchun birinchi darajali ahamiyatga ega. Bizga ma’lumki, tijorat banklari aktiv operatsiyalarini o’zlarida mavjud bo’lgan hamda jalb etilgan pul mablag’alari manbalari doirasidagina amalga oshira oladilar. Binobarin, ayni bankning passiv operatsiyalari uning aktiv operatsiyalarining hajmi va miqyosini belgilaydi. Bank passivlarini shakllantirish va maqbullashtirish jarayoni, tijorat banklarining resurs salohiyatini tashkil etadigan pul mablag’lari barcha manbalarini boshqarish sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Banklar barqaror resurslar potentsialini oshirib borish uchun qarz mablag’alarini keng jalb etadilar. Qarz mablag’lari hisobiga aktivlar jami miqdorining 80 foizdan ko’prog’i shakllanadi. Bank operatsiyalaridan olinadigan nisbatan yuqori bo’lmagan foyda arzongina qarz mablag’laridan, shu jumladan depozitlardan foydalanish pirovard natijada aktsiyadorlarning maqbul daromad olishlarini taminlaydigan miqdorga etishi kerak.
Albatta, qarz mablag’larini jamlash imkoniyati ko’p jihatdan qo’yidagi tashqi omillarga:
- iqtisodiy faollik darajasiga;
- mintaqaning rivojlanganlik darajasiga;
- muqobil qo’yilmalar imkoniyatlariga;
- inflyatsiya yuzasidan qilinadigan tahminlarga va boshqalarga bog’liq bo’ladi.
Shuni aytish kerakki, tijorat banklari o’z faoliyatlarini doimo turli iqtisodiy sub’ektlar orasida bo’lib o’tadigan turli-xil iqtisodiy aloqalarning o’zgaruvchan shart-sharoitlarida olib borishadi. Bunday aloqalarning umumiyligi tijorat banklarining ish faoliyatini yuzaga keltiradi va bu faoliyat o’z ta’sirini tijorat banklarining ish olib borish xarakteri hamda barqarorligini ko’rsatadi. Tijorat banklarining faoliyat olib borish muhiti ikki xil yo’nalishda ko’rib chiqiladi: makromuhit (bankning tashqi muhitdagi faoliyati), mikromuhit (bankning ichki muhitidagi faoliyati).
Makromuhit tushunchasi, bankning tashqi omillar bilan bo’lib o’tadigan keng aloqalaridan kelib chiqadi. Bunday aloqalar bank uchun tashqi muhit tashkil qiladi va unga quyidagi shart-sharoitlar: uzluksiz davom etib kelayotgan iqtisodiy sharoit, tabiiy sharoit, ilm-fan-texnik sharoit, demografik sharoit, madaniy sharoit va boshqalar kiradi.
Iqtisodiy sharoit, har bir tijorat bankining o’z mijozlari oldidagi majburiyatlarini to’liqligicha ifodalab turishini ta’minlaydi. Mamlakatdagi umumiy, iqtisodiy vaziyat, aholi hamda ish faoliyat olib boruvchi sub’ektlarning iqtisodiy faollik darajasini aniqlab beradi va aholining iste’mol qilish hamda jamg’arish faolligiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bundan tashqari, har bir aniq iqtisodiy vaziyat kapitalni iqtisodiyotning turli yo’nalishlariga taqsimlashga va o’z navbatida bunday taqsimlangan kapital bank mijozlari guruhlariga taqsimlanishiga yordam beradi.
Tabiiy sharoit, bevosita yoki bilvosita bank mijozlarining ish faoliyatiga ta’sir qiladi, chunki u tabiiy resurslarning ishlatilishi, ularni qo’riqlanishi va tabiiy ofatlarning yuzaga kelishining oldini ola bilish borasida alohida ahamiyat berilishi lozim bo’lgan muhit hisoblanadi.
Ilm-fan-texnik sharoit, bank uchun ilm-fan va texnika tomonidan yaratilgan texnologiyalarni ishlatish va ular orqali o’z mijozlariga zamonaviy, bank xizmatlarini ko’rsatish, ularning xizmatlar sifatini yanada oshirish va yangi xizmat turlarini taklif qilish shart-sharoitlarini yaratib beradi.
Siyosiy sharoitga, avvalam bor, huqumat organlari tomonidan qabul qilingan qonunlar, huquqiy va me’yoriy aktlar kiradi. Huqumat ularga rioya qilinishini doimo nazorat qilib boradi. Markaziy bank esa tijorat banklari ustidan nazorat qilib, ularga yo’l-yo’riq ko’rsatib turadi.
Madaniy sharoit, jamiyat a’zolari xulq-avtorini aniqlashga yordam beradi. Jamiyatda rioya qiluvchi madaniy normalar va xulq-atvor, qonun va qoidalar mazkur jamiyat rivojlanishi uchun muhim hal qiluvchi omil sifatida ta’sir qilish mumkin.
Demografik sharoitni o’rganish, bankning bozordagi o’rnini aniqlashda va shu orqali o’ziga kerakli bo’lgan mijozlar to’plamini jalb qilishda muhim o’rin egallaydi. Bankni bunday mijozlarga nisbatan qo’yidagi ma’lumotlar qiziqtiradi: tug’ilish darajasi, mijozlarning yoshi, migratsiya sharoiti va aholining bilim olish darajasi va ularning qaerda ishlashi, qancha daromad olishi, ya’ni to’lay olish qobiliyati, obro’si va boshqalar qiziqtiradi.
Bankning mikromuhiti uning o’z ichki faoliyatidan kelib chiqadi, shu bilan birga bu erda: bankning xizmat turlari, hisob-kitob turlari, to’lov usullari mahsulot etkazib beruvchilar, vositachilar, mijozlar va bankning o’z xodimlari ularning kasb mahoratlari va banklar inobatga olinadi.
Tijorat banklari turli xil xizmatlar ko’rsatishga ixtisoslashib; o’z oldilariga turli xil masalalar qo’yib, ularni hal qilishga harakat qilishadi va buning natijasida ularning tashkiliy tuzilmasi bir me’yorda saqlanib turmasligi yuzaga kelishi mumkin.
Tijorat banki ichidagi aloqalarning qay darajada muhimligini baholash qiyindir. Bunday aloqalar nafaqat formal, tashkiliy tuzilishiga, balki tijorat bankining ichki tartib qoidalari va undagi noformal bo’lgan aloqalarga bog’liqdir. Bunday sharoitlar bank xodimlari ish aktivligini yaratadi va barcha xodimlarni ishga yondashtiradi.
Bankning mahsulot etkazib beruvchilar bilan bo’lgan o’zaro aloqalari doimiy bo’lmasligi mumkin, chunki tijorat banki kundalik ish faoliyatida ishlatish uchun zarur bo’lgan kompyuter jixozlari, kantselyariya buyumlari, plombalar va boshqa jixozlarni mahsulot etkazib beruvchidan doimiy ravishda sotib olmaydi, lekin shunga qaramasdan turib bank va mahsulot etkazib beruvchilar orasida aloqalar doimiy ravishda mutanosib ushlanib turishi kerak.
Banklar o’z faolyati davomida ikki turdiga vositachilar bilan ishlar olib borilishi mumkin. Bularning birinchisi, maslahat xizmatlarini ko’rsatish bo’lsa; ikkinchisiga moliya-kredit muassasalari bilan uzviy bog’liqlikdagi qo’yidagi uch yo’nalishdagi:
1. Qimmatli qog’ozlar bilan olib boriladigan operatsiyalar;
2. Bajarilayotgan moliyaviy operatsiyalarni sug’urtalash;
3. Kredit resurslarini sotib olish yoki sotish bilan bog’liq operatsiyalar kiradi.
Ko’p tijorat banklari o’z ish faoliyatlarini raqiblar orasida olib borishadi. Oxirgi yillarda banklarning rivojlanib ketishi ular orasida raqobatning o’sishiga sabab bo’ldi. Bu esa, nafaqat, bozor va mijozlar faoliyatini o’rganib chiqish, balki raqiblar faoliyatini ham doimiy ravishda o’rganib borishni talab qilmoqda. Hozirgi kunlarda, banklar yaxshi obro’ga ega bo’lishi va maksimal foyda olish uchun o’z raqiblarini o’rganishga ko’p vaqt va mablag’ sarflashmoqda.
Ommaviy aloqa vositalari bilan bo’lgan aloqalar ham bank faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Tijorat banklari likvidligini boshqarish siyosatini rivojlantiradigan va to’ldiradigan passivlarni boshqarish nazariyasi qo’yidagi ikki asosga ega.
Birinchidan – tijorat banki likvidlik muammosini qo’shimcha pul mablag’larini kapital bozorida sotib olgan holda jalb etish yo’li bilan hal eta borishi mumkin. Real tarzda ushbu fikr-mulohaza g’arb mamlakatlarida amalda ro’yobga chiqqan.
Ikkinchidan – tijorat banki o’z likvidligini Markaziy bankdagi keng miqiyosda qarzga beriladigan pul mablag’laridan yoki vakil banklaridan qarzga olinadigan, shuningdek evrovalyutalar bozoridan olinadigan qarzlardan foydalanib ta’minlashi mumkin.
Keyingi yillarda banklar o’z likvidliklarini ta’minlash uchun keng miqiyosda qarz olishdan foydalanmoqdalar. Qarz mablag’laridan foydalanish ko’lamini kengaytirish keyingi yillarda bank kreditlariga talab oshganligi va talab qilingungacha omonatlar nisbatan sekin ko’payayotganligi bilan belgilanadi. Iqtisodiy faollik kuchayishi va inflyatsiya sur’ati oshishi xo’jalik firmalarining kreditlarga oid ehtiyojlari oshishini anglatar edi. Bundan tashqari, firmalar ham, xususiy shaxslar ham foiz stavkalariga nisbatan sezgirroq bo’lib qolganlar. Shular munosabati bilan, ta’kidlab o’tganimizdek, talab qilingungacha omonatlar ko’payishi sekinlashdi. Xarajatlar ko’payishi banklarni o’z resurslaridan to’liqroq foydalanishga undadi. Bu esa avvalgi yillardagiga nisbatan ssuda/depozitlar koeffitsientining oshishiga olib keldi.
Buning oqibatida banklarning mablag’lariga ehtiyoji vaqti-vaqti bilan oshadi. Banklar ushbu vaqtinchalik ehtiyojni xalqaro amaliyotda banklararo kreditlar, zaxira fondlari, REPO bitimlari yoki yevrodollarlar bozoridan qarz olish yordamida qondiradilar.
Banklar resurslarini boshqarishning asosiy kontseptsiyalaridan biri hamda juda keng tarqalgan bo’lib, banklararo kreditlar nazariyasi hisoblanadi.
Banklararo kreditlar nazariyasi.
Markaziy bank yoki vakil bankdan qarz olish zaxiralarning (binobarin, likvidlikning ham) holatini tuzatish uchun mablag’larni safarbar etishning «hisob oynasi» (diskount window) deb ham nomlanadigan bir usulidir. Zaxiralarni baravarlashtirib borishning ushbu usuli keng yoyilmagan bo’lsa-da, bunday qarzlar Markaziy bank tomonidan nazorat qilinadi.
Mablag’ joylashtirishdan naf ko’rishdan tashqari, kreditor banklar bank faoliyatining boshqa masalalari bo’yicha ham amaliy sherikchilik munosabatlari o’rnatish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
XULOSA

Omonatlar tijorat banklarining muhim manbai hisoblanadi. Depozit hisob qaydnomalari eng xilma-xil bo'lishi mumkin va asosan ularning tasnifiga omonat manbalari, ularning maqsadi, rentabellik darajasi va boshqa narsalar berilishi mumkin.


Bankdagi tarkibi ko'chman va pul bozorining bir-biriga bog'liq. Bank resurslarini shakllantirish manbai ba'zi kamchiliklarga xosdir. Biz bankning omonatlarga, alohida mintaqa doirasida cheklangan naqd pulni jalb qilishda bankning muhim moddiy va naqd xarajatlari haqida gapiramiz. Bundan tashqari, mablag'larni omonatlarga jalb qilish (omonatlar) bankdan emas, balki emas, balki mijozlarning katta hajmiga bog'liq. Shunga qaramay, kredit resurslari bozoridagi banklar o'rtasidagi raqobat kurashi ularni omonatlarni jalb qilishga hissa qo'shadigan xizmatlarni rivojlantirish choralarini ko'radi. Shu maqsadlar uchun tijorat banklari tijorat bankining maqsad va vazifalariga binoan depozit siyosat strategiyasini, uning nizomida va bank likvidligini saqlab qolish zarurligidan kelib chiqqan holda amalga oshirish muhim ahamiyatga ega. Depozit siyosatining tanlangan asosiy yo'nalishlarini hisobga olgan holda, bankning ularning shartlariga bog'liq bo'lgan hissalarning asosiy turlari (foiz stavkasi darajasi, omonat turlari, depozitlar kategoriyasi, depozitlar kategoriyasi, depozitlar kategoriyasi, omonat muddati, depozitlar kategoriyasi, depozit operatsiyalari to'g'risidagi nizomni ishlab chiqish tavsiya etiladi. , omonatlarni jalb qilish tartibi, kredit shartnomasining rasmiy shakli. Depozidlash operatsiyalarini takomillashtirish bo'yicha ("Omonat kuni") advokativ rivojlanishi yoki sotib olish ("Omonat kuni").

Yüklə 66,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin