Malakaviy amaliyot bo’yicha hisobo t
O’zbekiston Respublikasi
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
“Moliya va buxgalteriya hisobi”
fakulteti
|
|
“Statistika”
kafedrasi
|
Ro’yxatga olindi
№__________
«____» ___________ 20__ y.
|
|
Ro’yxatga olindi
№__________
«____» ___________ 20__ y.
|
MALAKAVIY AMALIYOT BO’YICHA
H I S O B O T
Toshkent shahar statistika boshqarmasi
(amaliyot o’tagan korxona nomi)
Bajardi: 3-kurs ST-52 guruh talabasi Nosirov Timur
(kurs, guruh, f.i.sh.)
Amaliyot rahbari:___________________________________
(lavozimi, F.I.SH.)
Hisobot himoya qilingan hayat a’zolari: _______________________
_______________________
_______________________
________________________
Himoya natijasi: “____” ball «_____» ____________ 20___ y.
Toshkent - 2021
Men birinchi kuni amaliyot o’tash joyiga bordim ya’ni Ipoteka bank ATIB navoiy viloyat filialiga. Birinchi navbatda Kadrlar bilan ishlash bo’limi xodimi bilan ko’rishdim. Unga universitet tomonidan berilgan yo’llanmani taqdim qildim. Kadrlar bilan ishlash bo’limi xodimi meni Bank kartalari bo’limiga amaliyotchi etib tayinladi. Bank kartalari bo’limi xodimlarini menga tanishtirdi.
Amaliyot rahbarim meni avvalo mehnat xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirdi. Mijozlardan qanday hujjatlar qabul qilish, qanday holatda qabul qilish va qanday muomala qilish haqida tushunchalar berdi. Unga ko’ra mijozlarga shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz xizmat ko’rsatmaslik haqida ogohlantirdi.
Meni birinchi qilgan ishim bank kartalarini olish uchun kelgan mijozlarga bank kartalarini taqdim qildim va olishganligi haqidagi kitobga imzo chektirib oldim. Bank kartalarini berishdan oldin agar UzCard karta bo’lsa oldin ASBT Smart Vesta nomli Ipoteka bank bazasidan shu kartani topib faollashtirib mijoz istagan parol qo’yib, tayyor kartani mijozga taqdim qildim.
Deyarli bir haftacha shu ishlarni bajardim. So’ng menga baza bilan ishlashni o’rgatishni boshlashdi. Bank kartalari olish uchun kelgan mijozlardan arizalarni qabul qilib oldim va bu arizalarni bazadan ro’yxatdan o’tkazdim. Har kuni 45-50 tacha arizani bazaga kiritdim. So’ng tayyor kartalarni maxsus qurilma orqali foydalanishga tayyor holga keltirdim. Bu jarayon taxminan 30 daqiqa oladi. Bank kartalarini berishni o’rganib olgach, karta bo’yicha muammolari bilan kelgan mijozlarga xizmat ko’rsata boshladim. Masalan karta parolini xato terib kartasini bloklab qoygan mijozlar, kartasidan pul yo’qolgan mijozlar, sms xabarnoma telefon raqamini o’zgartirmoqchi bo’lgan mijozlar, kartasini bloklamoqchi bo’lgan, yo’qolgan yoki shikastlangan kartani qayta tiklamoqchi bo’lgan mijozlarga xizmat ko’rsatdim.
Bank kartalari bo’limi kartalar bilan ishlashdan tashqari Bankomatlar bilan ham ishlaydi. Bankomatda doim pul bo’lishini ta’minlaydi. Kartalari qolib ketgan mijozlarga kartalarini Bankomatdan olib berdim. UzCard Bankomatlarda qoldiq summani online kuzatish imkoniyati bor. Shundan foydalanib puli kamaygan bankomatlarni darhol pul bilan ta’minladim. Humo bankomatlarda bunday tizim mavjud bo’lmaganligi uchun ulani yoniga borib bankomatni o’zidan hisob chekini chiqarish orqali bilib olardim va shunga qarab ish yuritardim.
Bank kartalari bo’limi yana mijozlarga terminal berish bilan ham shug’ullanadi. Yangi tashkil etilgan korxona, yatt, firmalar terminal olish uchun kelishardi. Men ularga arizalarni taqdim qilardim, ular menga arizani to’ldirib berishardi. Men arizalarni qabul qilib bazadan ro’yxatdan o’tkazardim. Terminallarni dasturlab ularni bazadan ro’yxatdan o’tkazish ishlarini amaliyot rahbarim bajarar edi.
Ipoteka bankda bank kartalari mavjud. Ular uzcard, humo, visa kartalari mavjud.
UZCARD bank kartasi
T/R
|
Xizmat turi
|
To’lov miqdori
|
1
|
Ish haqi, pensiya, nafaqa, aliment, va stipendiya loyihalari asosida plastik kartalarni emessiya qilish
|
Bepul
|
2
|
Amal qilish muddati tugagan plastik kartochkalarni yangisiga alishtirish
|
50000 so’m
|
3
|
Jismoniy shaxsga yangi plastik kartasini emessiya qilish hamda plastik kartasi mexanik ishdan chiqqan holda yoki yo’qolgan holda almashtirib berish
|
50000 so’m
|
4
|
Plastik kartani blokirovkadan chiqarish
|
Bepul
|
5
|
Milliy valyutadagi plastic kartalardan naqd pul mablag’larini Ipoteka bankning terminallari orqali yechganda:
Ipoteka bank plastic kartochkalaridan
Boshqa bank plastic kartochkalaridan
|
Yechilgan mablag’dan 1 foiz
|
6
|
Milliy valyutadagi plastic kartalardan naqd pul mablag’larini Ipoteka bank bankomatlari orqali yechganda
|
Yechilgan mablag’ning 1 foizi
|
7
|
Plastic kartochkalarni “stop-list”ga qo’yish (barcha turdagi plastic kartochkalar uchun)
|
Bepul
|
HUMO plastik kartalari
T/R
|
Xizmat turi
|
To’lov miqdori
|
1
|
Ish haqi, pensiya, nafaqa, aliment, va stipendiya loyihalari asosida plastik kartalarni emessiya qilish
|
Bepul
|
2
|
Amal qilish muddati tugagan plastik kartochkalarni yangisiga alishtirish
|
30000 so’m
|
3
|
Jismoniy shaxsga yangi plastik kartasini emessiya qilish hamda plastik kartasi mexanik ishdan chiqqan holda yoki yo’qolgan holda almashtirib berish
|
30000 so’m
|
4
|
Plastik kartani blokirovkadan chiqarish
|
Bepul
|
5
|
Milliy valyutadagi plastic kartalardan naqd pul mablag’larini Ipoteka bankning terminallari orqali yechganda:
Boshqa bank plastic kartochkalaridan
|
Yechilgan mablag’dan 1 foiz
|
6
|
Milliy valyutadagi plastic kartalardan naqd pul mablag’larini Ipoteka bank bankomatlari orqali yechganda
|
Yechilgan mablag’ning 1 foizi
|
7
|
Plastic kartochkalarni “stop-list”ga qo’yish (barcha turdagi plastic kartochkalar uchun)
|
Bepul
|
VISA Classic
T/R
|
Xizmat turi
|
To’lov miqdori
|
1
|
Karta ochish uchun bank komissiyasi
|
20000
|
2
|
Kartani qayta ochish uchun bank komissiyasi
|
20000
|
3
|
Karta depoziti AQSH dollarida
|
10 $
|
4
|
Kartadan naqd yechish AQSH dollarida
|
Yechilgan so’mmadan 2 %
|
5
|
Kartadan to’lov amalga oshirilganda olinadigan komissiya AQsh dollarida
|
To’langan so’mmadan 1 %
|
6
|
Kartani stop listga qo’yish so’m
|
Bepul
|
7
|
Kartaga sms xizmatini yoqish so’m
|
Bepul
|
8
|
Ipoteka bank termenallari orqali naqd xorijiy valyuta yechib berish
|
0 %
|
Bank kartalari bo’limidan tashqari Kredit monitoring bo’limida ham amaliyot o’tadim. Menga kredit berish tartibi haqida tushuntirishlar berildi va kredit berisg jarayonini kuzatdim. Bu orada kredit turlarini ,kimlarga qanaqa kredit, qancha miqdorgacha, nechchi foizdan berilishlarini o’rgandim.
Bugungi kunda amalga oshirilayotgan xaridlarning ayrimlari kredit hisobiga amalga oshirilmoqda. Kredit sizga biror-bir xarid uchun kerakli summani jamlamasdan, balki xaridni o’sha ondayoq amalga oshirish, o’z istaklaringizni ijrosini kelajakka qoldirmagan holda yashash imkonini beradi. Ipoteka bank kreditlari 2 turga bo’linadi:
1. Ipoteka kreditlari.
“MAQUL IPOTEKA” krediti.
Miqdori 400000000 so’mgacha , kredit maqsadi uy-joy sotib olish uchun, kredit muddati 240 oygacha. Kredit foizi 17.5 %
“OSON IPOTEKA” krediti
Miqdori 339.15 mln so’mgacha, maqsadi uy joy sotib olish uchun, kredit muddati 18 %dan 20 yilgacha.
“IPOTEKA KREDITLARI” krediti
Miqdori 400 mln so’mgacha, muddati 120 oygacha, kredit maqsadi uy-joy sotib olish uchun.
2.Iste’mol kreditlari.
“QALQON” krediti
Miqdori 367500000 so’mgacha, maqsadi avtomobil sotib olish uchun, muddati 48 oy ,yillik foiz stavkasi 22% ni tashkil qiladi. “QALQON” mikroqarz
Miqdori 24500000 so’m , maqsadi shaxsiy ehtiyojlar uchun, muddati 24 oygacha.
“FIDOKOR”avtokrediti
Miqdori 367500000 so’m, maqsadi avtomobil sotib olish uchun, muddati 48 oygacha
“FIDOKOR” mikroqarz
Miqdori 24500000 so’m, maqsadi shaxsiy ehtiyojlar uchun, muddati 24 oygacha.
“TA’LIM “ krediti
Miqdori har yilgi to’lov kontrakti shartnoma summasi, muddati 7 yilgacha.
“VATANPARVAR” iste’mol krediti
Miqdori 10 mln so’m, maqsadi shaxsiy ehtiyojlar uchun, muddati 18 oygacha.
“QULAY” iste’mol krediti
Miqdori 24500000 so’m, maqsadi shaxsiy ehtiyojlar uchun , muddati 24 oygacha.
“ONLAYN” mikroqarz
Miqdori 24500000, maqsadi shaxsiy ehtiyojlar uchun, muddati 24 oygacha.
“MIKROQARZ”
Miqdori 50 mln so’m, maqsadi shaxsiy ehtiyojlari uchun, muddati 12-24 oygacha.
“AVTOKREDIT”
Miqdori 334500000 so’m, maqsadi avtomobil sotib olish uchun, muddati 48 oy.
“ISTE’MOL” krediti
Miqdori 33450000 so’m maqsadi ijtimoiy ehtiyojlar uchun, muddati 36 oygacha.
Omonatlar
1.”NIHOL” – yillik foiz stavkasi 17-18-20% , omonat muddati 3-6-12 oy, eng kam miqdori 500000 so’m, qo’shimcha mablag’ qo’shish imkoniyati mavjud.
2.”NAVQIRON” – yillik foiz stavkasi 14% , omonat muddati 192 oy.
3.”MUSTAQILLIK”- yillik foiz stavkasi 11%, omonat muddati 12 oy, qo’shimcha mablag’lar qo’yish imkoniyati mavjud.
XULOSA
Men malakaviy amaliyotni Ipoteka Bank ATIB navoiy viloyat filialida o’tadim. Xulosa qilib aytadigan bo’lsam Ipoteka Bankning ichi siyosat va qoidalariga ko’ra, Bank jamoasida o’zaro hamkorlik, hurmat va majburiy mehnatdan holi muhit joriy qilingan. Bank o’z ishchi- xodimlari va mijozlarini ijtimoiy sohada qo’llab quvvatlash maqsadida quyidagi tamoyillarga amal qiladi:
-o’zining hamda mijozlarning faoliyatida majburiy va bolalar mehnatidan foydalanish, shu jumladan paxta-yig’im terimini tashkil qilishda ishchi xodimlarning majburan jalb qilinishi holatlariga yo’l qo’ymasligi;
-bank xodimlari bilan ham, bank mijozlari bilan ham barcha masalalada, va ayniqsa majburiy mehnat hamda paxta terimiga jalb qilinish holatlari bo’yicha murojaat va shikoyatlarni qonunchiikda belgilangantartibda ko’rib chiqilishi tizimning samarali faoliyatini ta’minlashi;
O’z mijozlariga xizmatlarni taqdim etishda Ipoteka Bank professionalismning yuqori standartlariga muvofiq bo’lish, yangiliklarni qo’llash, yangi g’oyalarga ochiqlik, fikrlardan foydalanish hamda qat’iy va izchil faoliyatni amalga oshirishga sodiqdir.
Mijozlarga keng ko’lamdagi bank xizmatlrini taqdim etgan holda, bank mamlakat iqtisodini ko’tarish va rivojlantirish uchun asoslar va sharoitlarni yaratishga ko’maklashishga intiladi.
Bankning mijozlari bilan o’zaro munosabatlarni uzoq muddatli va mustahkam bo’lishi uchun Ipoteka Bank bundan keyin ham sifatli xizmat ko’rsatishni davom ettirish niyatida.
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |