172
qancha kam bo’lsa, korxonaning ishbilarmon faolligi shuncha yuqori bo’ladi va
aksincha soliq olish (soliq bremyasi) qancha yuqori bo’lsa, korxonaning
ishbilarmon faolligi shuncha past bo’ladi.
Ishlab chiqarish korxonalari uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotga,
ishlar, xizmatlarga bo’lgan soliq bremiyasi o’rtacha 28 % dan 24 % ga tushdi.
Soliq solish (soliq pressi) taxminal 15 % ga kamaydi, bu esa o’z
navbatida
korxonaning ishbilarmon faoliyatiga sezilarli darajada ijobiy ta’sir ko’rsatdi,
investitsiya, talab-ehtiyoj va bandlik uchun manfaatli sharoitlar yaratdi.
Tarmoq (soha) doirasiga ta’sir qiluvchi omillar orasidan ushbu tarmoq
daromad salohiyatiga ta’sir ko’rsatadigan bir qator omillarni ajratib ko’rsatamiz:
-
qurilish mahsulotiga bo’lgan taklif va talab;
-
pudrat ishlari bozorida harakatlanayotgan qurilish korxonalari o’rtasidagi
raqobat;
-
kapital ajratmalar, kapital ta’mirlash va ta’mirlashni moliyalashtirish
hajmi;
-
materiallarni yetkazib beruvchilar va xizmat ko’rsatuvchilar o’rtasidagi
raqobat;
-
qurilish pudrat ishlari bozorini materiallar va xizmatlar bilan to’ldirish
darajasi.
Qurilish korxonalarining pudrat ishlari bozorida tutgan o’rni qurilish-montaj
ishlari (QMI) narxi va sifati (ularning ixtisoslashtirilganligi),
qurilish texnikasi,
asbob-uskunalar, jihozlar, ishlab chiqarish bazasi, ishchi kuchi salohiyati va
firmaning buyurtmachilar oldidagi mavqei hamda
qurilish tashkilotining
raqobatbardoshlik darajasiga bog’liqdir.
12.3 - rasmda quyidagi moliyaviy va moddiy oqimlar shartli ravishda
raqamlar bilan belgilangan.
1 – korxonalar-investorlarning kapital mablag’lari;
2 – qurilgan binolar va inshootlar ko’rinishidagi qurilish mahsuloti;
3 – kapital ta’mir o’tkazish uchun ajratilgan investitsiyalar va ta’mirlash
ishlarini amalga oshirish uchun ajratilgan pul mablag’lari;
173
4 – bajarilgan ta’mirlash – qurilish ishlari kompleksi;
5 – qurilish materiallari, konstruktsiyalari, buyumlari;
6 – qurilish materiallari, konstruktsiyalari, buyumlarini
yetkazib beruvchi-
larga ajratiladigan pul mablag’lari;
7
-
tarmoq ichida bog’langan turdagi ishlab chiqarish diversifikatsiyasi
doirasida bajarilgan qurilish-montaj va qurilish – ta’mirlash ishlari;
8
-
tarmoq ichida bog’langan turdagi ishlab chiqarish diversifikatsiyasi
doirasida tuzilgan pudrat shartnomalari.
Material yetkazib beruvchilar, xizmat ko’rsatuvchilarning egallagan o’rni
(pozitsiyasi) ham ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ko’rsatilayotgan xizmatlar)
narxi va sifati, tarmoqning iste’molchi sifatidagi mavqei (ahamiyati) va xaridorlar
talablarini differentsiallashgan holda hisobga olish bilan aniqlanadi.
Yuqorida
sanab o’tilgan omillar alohida regionlarda faoliyat yuritayotgan ixtisoslashgan
korxonalar soni, ularning quvvati, ya’ni bir jinsli mahsulot chiqarish bo’yicha
ishlab chiqarish quvvatlarining kontsentratsiya darajasi,
alohida turdagi ishlar va
xizmatlar bajarilishi uchun ahamiyat kasb etadi. Boshqa tomondan, investorlar va
xaridorlar tomonidan ularning mahsuloti, ishlari, xizmatlariga qo’yiladigan talab
va ehtiyojlar hajmini hisobga olish zarurdir.
Dostları ilə paylaş: