181
yo’nalishini va turini tanlash kabi muhim holatlarga katta e’tibor qaratilmog’i
lozim.
Birinchi tartibli vazifalar (bozorlar kon’yunkturasi monitoringi)ni bajarish
ishonchli axborotlar olish va ularni qayta ishlashni talab etadi. Bozor axboroti
tizimi uchta yordamchi tizimlarni shakllantiradi: korxona ichki hisoboti tizimi,
tashqi joriy axborot yig’ish tizimi va marketing tadqiqotlari tizimi.
Korxona ichki hisoboti tizimi korxona faoliyatining yo’l ko’rsatuvchisi deb
hisoblanadi. Qaytma aloqa funktsiyasini bajarish bilan korxona ichki hisoboti
tizimi korxona faoliyatiga bozor muhiti ta’sirini ko’rsatadi, bu ta’sir o’z navbatida
korxona faoliyati asosiy ko’rsatkichlari o’zgarishi dinamikasi, ijobiy yoki salbiy
moliyaviy va iqtisodiy natijalar bilan ifodalanadi.
Korxona ichki hisoboti tizimining amaliyotda foydalanilgan usullari, uning
kundalik qo’llanish xarakterini hisobga olish qurilish korxonalarining ishlab
chiqarish diversifikatsiyasiga o’tishida va uning amalga oshirilishida katta rol
o’ynaydi. Tashqi joriy axborot yig’ish tizimi qurilish korxonalarini turli
bozorlarda ro’y berayotgan oxirgi axborotlar bilan ta’minlaydi. Bu turdagi axborot
turining manbalari bo’lib O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi
ma’lumotlari, kompyuter dasturlari, gazeta va jurnallar xizmat qilishi mumkin.
Bundan tashqari ushbu axborotlar qurilish korxonasi xodimlarining boshqa
korxonalar (etkazib beruvchilar, investorlar, buyurtmachilar) mutaxassislari bilan
bevosita muloqot natijasida ham olinishi mumkin. Qurilish korxonalari olinishi
qiyin bo’lgan axborotga ega bo’lishi uchun ixtisoslashgan marketing tadqiqotlarini
o’tkazish xizmatiga buyurtma berishlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: