- tadbirlarni oladi.
Korxonalarni qayta tashkil (rekonstruksiya) etish - asosiy, yordamchi va
xizmat ko’rsatish ahamiyatiga ega bo’lgan sexlar va ob’ektlarni qayta qurish.
Bundan maqsad ilm
- fan, texnika yutuqlari va ilg’or texnologiyalar asosida ishlab
chiqarishni takomillashtirish hisoblanadi.
Lizing - mol
- mulkni vaqtincha foydalanishga topshirish bilan bog’liq
bo’lgan mulkiy munosabatlar majmui. Lizing shartnomasi bo’yicha ijaraga
beruvchi (lizing beruvchi) o’ziga tegishli bo’lgan mol
- mulkni (masalan, qurilish
texnikalari) lizing oluvchiga vaqtincha egalik qilish va undan foydalanish (ijaraga
berish) yoki ijaraga beruvchi (lizing oluvchi) tomonidan muayyan sotuvchidan
olingan mol
- mulkni sotib olish va shu mol
- mulkni (qurilish mashinalari va asbob
- uskunalar) ijarachiga tadbirkorlik maqsadlarida vaqtincha egalik qilish va undan
foydalanish uchun haq to’lash evaziga topshirishga majbur.
Loyiha - qurilishi rejalashtirilayotgan bino, inshoot va ularning
komplekslarini to'liq ifodalovchi texnik hujjatlar majmuasidir; u chizma,
tushuntirish xati va smetalardan iborat.
Loyihani boshqarish - loyiha maqsadiga erishishni ta’minlovchi loyiha
elementlari o’rtasidagi munosabatlarni aniqlash, o’rnatish, tartibga solish va
rivojlantirish.
Marketing – firma yoki korxona ishlab chiqarish
- sotish faoliyatini
boshqarish funksiyalaridan biridir, uning vazifalari qatoriga bozorni kompleks
tahlil qilish va firmaning rivojlanish yo’nalishlari hamda kelajakdagi faoliyatini
aniqlashdir.
Menejment - (ingl.
management - boshqaruv, boshqaruv tizimi) korxona
ishi samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan boshqaruvning zamonaviy
texnologiyalari, tamoyillari, uslublari, vositalar va shakllari majmuidir.