188
Qurilishning energiya bilan ta’minlanganligi
-
qurilish
mashina va
mexanizmlari dvigatellari umumiy quvvatinining qiymat shaklidagi bajarilgan
qurilish ishlari umumiy hajmiga bo’lgan nisbati.
Qurilish iqtisodiyoti
-
bu qurilish sohasida ishlab
chiqarish munosabatlari
rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlarini ishlab chiqarish kuchlari bilan o’zaro
aloqa va o’zaro ta’sirini o’rganadigan iqtisodiy fan.
Qurilish korxonasi
-
qurilish, xususan ilmiy,
eksperimental, qidiruv va
loyiha ishlari, xom ashyo resurslarini qazib olish va ularni qayta ishlash,
materiallar, buyumlar va
konstruksiyalarni tayyorlash, barcha turdagi bino va
inshootlarni qurish hamda transport xizmat ko’rsatish sohalarida faoliyat
yurituvchi korxona.
Qurilish korxonasi mahsulotlari
-
qurilish korxonasi faoliyati natijasida
yaratilgan moddiy boyliklar.
Qurilish korxonalarining aylanma mablag'lari
– mehnat predmetlariga
qo’yilgan va muomaladagi pul mablag’lari umumiy miqdori. Aylanma mablag’lar
har bir ishlab chiqarish jarayonida to’liq
sarflanadi, qurilish korxonasi
mahsulotlarida mujassamlanadi va ushbu mahsulotlarni amalga oshirish hamda
sotishda tiklanadi.
Dostları ilə paylaş: