25
III BOB. KAPITAL QURILISHDA IQTISODIY ISLOHOTLARNI
CHUQURLASHTIRISHNING ASOSIY YO’NALISHLARI VA
MUAMMOLARI
3.1. O’zbekistonda qurilish tarmog’ini rivojlantirishning asosiy
yo’nalishlari va muammolari
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab to hozirgi davrga qadar qurilish
tarmog’ida ham boshqa tarmoqlar qatori keng va chuqur
miqyosdagi islohotlar
olib borilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimovning
2003 yil 6 maydagi “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada
chuqurlashtirishning asosiy yo’nalishlari to’g’risida”gi PF-3240-sonli farmoniga
muvofiq tarmoqda keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi.
Mazkur farmon bilan
sohada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning ustuvor yo’nalishlari belgilab
berilgandi.
Ta’kidlash joizki, oxirgi yillarda kapital qurilish tarmog’iga qaratilayotgan
alohida e’tibor natijasida tarmoqda sezilarli darajadagi yutuqlar qo’lga
kiritilmoqda. Shu boisdan, shahar va qishloqlarning me’moriy
qiyofasi tubdan
o’zgarishi, urbanizatsiya jarayoni jadallashuvi munosabati bilan aholining uy-joy
va ijtimoiy-maishiy sharoitini yaxshilashga alohida urg’u berilib, yildan-yilga turar
joy binolari va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari qurilishi sur’ati yuksalmoqda,
shuningdek kichik sanoat zonalari va yangi ishlab chiqarish
quvvatlarini barpo
etishga qaratilgan ko’plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yilda 7 fevraldagi
“O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi
to’g’risida”gi PF-4947-son farmonining qabul qilinishi islohotlarni mutlaq yangi
bosqichga olib chiqdi. Mazkur farmonga muvofiq “2017-2021
yillarda
O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha
Harakatlar strategiyasi” qabul qilinib, unga binoan aholi turmush darajasini
oshirish, ularning farovon hayot kechirishini ta’minlash, shuningdek aholini arzon,
26
shinam va har tomonlama qulay uy-joy bilan ta’minlash,
bozor va ijtimoiy
infratuzilmalarning
rivojlanishi,
iqtisodiyotning
yetakchi
tarmoqlarini
modernizatsiyalash, ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, xususan qurilish
tarmog’ini yanada rivojlantirish kabi muhim vazifalarning
amalga oshirilishi
yuzasidan kompleks chora-tadbirlar hamda sohaga oid bir qancha “Yo’l xarita”lari
ishlab chiqildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 fevraldagi “Iqtisodiyot
bazaviy tarmoqlaridagi loyiha ishlarini hamda muhandis-loyihachilarni tayyorlash
tizimini yanada takomillashtirish chora
Dostları ilə paylaş: