39
-
tanlov savdolari qatnashchilari;
-
tanlov savdolari shakllari;
-
talabgorga qo’yiladigan malaka talablari;
-
tanlov savdolarini o’tkazishga tayyorgarlik;
-
tanlov
hujjatlarining tarkibi, tuzilishi, ularni ishlab
chiqish va tasdiqlash
tartibi;
-
ofertalarni taqdim etish;
-
tanlov savdolarini o’tkazish va ularni yakunlash;
-
tanlov hujjatlarini ekspertizadan o’tkazish hamda tanlov savdolarini
tashkil etish va o’tkazish tartibi monitoringi;
-
narxlarga tuzatishlar kiritish va sug’urta;
-
tanlov savdolarini tashkil etish va o’tkazish xarajatlari;
-
tanlov savdolari qatnashchilarining javobgarligi.
3.3. Qurilishda tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari va
imkoniyatlari
So’nggi yillarda iqtisodiyotning barcha sohalarida
kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar
natijasida respublika ijtimoiy-iqtisodiy hayotida bo’layotgan o’zgarishlar
sezilarli
darajada o’smoqda.
Kapital qurilish ishlari uzoq davom etuvchi va katta mablag’larni talab
qiluvchi jarayon bo’lganligi sababli real vaqt kesimida paydo bo’lgan
ehtiyojni
zudlik bilan ta’minlash imkoniyati mavjud bo’lmaydi. Shu sababli aholining
qurilish tarmog’i mahsulotiga bo’lgan ehtiyojini ta’minlashda asosiy e’tibor aynan
mehnat resurslaridan yetarli darajada va samarali foydalanishga qaratilishi lozim.
Hozirgi globallashuv sharoitida mamlakatimiz qurilish tarmog’ida ham
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining
rivojlanishi, xususan,
injiniring, konsalting va lizing kompaniyalari faoliyatini rivojlantirish muhim
ahamiyat kasb etadi.
40
O’zbekistonda injiniring va konsalting kompaniyalari 2005
yildan boshlab
rivojlana boshladi. Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 7 fevraldagi Qaroriga binoan
respublikada mazkur kompaniya va tashkilotlar faoliyat yurgizishlari uchun
tayyorgarlik ishlari, tegishli uslubiy va xuquqiy xarakterdagi
tavsiyalar hamda
mexanizmlar ishlab chiqildi.
Dostları ilə paylaş: