47
-
loyiha-qidiruv va boshqa ilmiy ishlanmalarga bo’lgan xarajatlar.
Kapital qo'yilmalar tarkibida ushbu turdagi xarajatlar investitsiyalarning
texnologik tarkibini belgilaydi. Hozirgi vaqtda iqtisodiyotni
rivojlantirishga
yo'naltirilgan kapital qo'yilmalarning umumiy hajmida quyidagi tarkibiy tuzilmalar
yaratildi: qurilish-montaj ishlari qiymati 55
-
60 %, mashinalar va uskunalar sotib
olish xarajatlari 35-30 %, loyiha-qidiruv ishlari esa 10 % ni tashkil etadi.
Mulkchilik shakllari bo'yicha kapital qo'yilmalarning tuzilmasi
-
bu
davlat, aktsiyadorlik, qo'shma, ijara va boshqa
jamoaviy korxonalar boyicha
investitsiyalarni taqsimlash hisoblanadi. Bu nafaqat kapital qo'yilmalardan
foydalanish, balki ularni shakllantirish tartibi va manbalari nuqtai nazaridan ham
katta ahamiyatga ega. Amaliyot shuni ko'rsatadiki, kapital qo'yilmalarning samarali
tuzilmasi ularning xarajatlariga teng bo'lib, eng arzon narxlardagi foyda oladi.
Amaliyot shuni ko'rsatadiki, kapital qo'yilmalarning
samarali tuzilmasi ularning
tejalishi hamda minimal xarajatlar orqali ko'proq foyda olishga baravardir.
Investitsiyalarning takror ishlab chiqarish tuzilmasi yangi qurilish xarajatlari
va mavjud ishlab chiqarishni rekonstruktsiya qilish, kengaytirish va texnik jihatdan
qayta jihozlash o'rtasidagi nisbatni ifodalaydi.
Bugungi kunda va kelajakda investitsion faoliyatni rivojlantirish
O'zbekistonning
iqtisodiy siyosatidagi
muhim
yo’nalishlaridan sanaladi.
Investitsiyalarsiz milliy iqtisodiyotni qayta qurish, iqtisodiyotning o'sishi
va aholi
turmush darajasining yuksalishi mumkin emas.
O'zbekiston Respublikasining "Investitsiya faoliyati to'g'risida" gi qonunida
13
investitsion faoliyat sohasidagi, ayniqsa xorijiy investorlar
huquqlarini himoya
qilish bo'yicha kafolat va choralar to’g’risidagi qonunchilik hamda O'zbekiston
Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadigan xorijiy
investitsiyalarni amalga oshirish munosabatlarining xususiyatlarini aks ettiradi.
Ushbu qonunga muvofiq, sarmoyador(investor)lar:
13
O'zbekiston Respublikasining 2014 yil 9-dekabrdagi "Investitsiya faoliyati to'g'risida" gi O’RQ-380-son qonuni
(yangi tahrirdagi). http://lex.uz/docs/2513898