53
turli tarmoq va sohalariga kapital qo’yilmalarni sarflash bo'yicha kompleks chora-
tadbirlarni nazarda tutuvchi hujjatdir. Ushbu qo’yilmalar:
1.
Yangi qurilish;
2.
Mavjud korxonalarni kengaytirish va rekonstruksiya qilish;
3.
Ishlab chiqarishni texnik qayta jihozlash va mehnat vositalariini
modernizatsiya qilish;
4.
Mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini zamonaviy darajada saqlash uchun
sarflanadi.
Investitsiya loyihasini ma'lum bir ob'ektni qurish bilan bog'liq bo'lgan texnik,
iqtisodiy, tashkiliy, konstruktiv va boshqa echimlar ko'rsatilgan qurilish
loyihasidan ajratish kerak. Ya'ni,
qurilish loyihasi
-
bu texnik-iqtisodiy asoslash,
tushuntirish xati, u yoki bu ob’ektni qurish bilan bog'liq bo'lgan chizmalar va
smetalarni o'z ichiga olgan hujjatlardir.
Masalan, tushuntirish xatida loyihaning g'oyalari va uning texnik-iqtisodiy
ko'rsatkichlari asoslanadi. Chizmalar loyihalashtirilayotgan ob'ekt to’g’risida
tassavurni beradi va shu bo’yicha qurilish amalga oshiriladi. Smeta qurilish
qiymatini tavsiflaydi va uning asosida esa moliyalashtirish ishlari hamda
navbatdai pullik hisob-kitoblar amalga oshiriladi.
Qurilish loyihasi boshqa turdagi hujjatlarni ham o'z
ichiga olishi mumkin,
masalan, qurilishni tashkil etish loyihasi (QTL), ishlab chiqarish loyihasi (IChL),
materiallar, konstruktsiyalar va uskunalarni yetkazib berish jadvallari va boshqalar.
Bir so'z bilan aytganda, qurilish loyihasi, ko’pincha usta, katta usta, qurilish
uchastkasi va boshqarmalari boshliqlarining qo'lida ko’proq turadigan hujjatdir.
Moliyalashtirish manbalari va qurilishga ajratilgan er maydonlari bilan
tasdiqlangan qurilish loyihalari qancha ko'p bo'lsa,
shunchalik qurilish
buyurtmalari "portfeli" to'liq bo’ladi.
Yana, investitsiya loyihalariga qaytamiz. Yuqorida qayd etilganlardan
tashqari investitsiya loyihalari xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, bank va
umuman
moliya-kredit
tizimini
takomillashtirish,
mavjud
muhandislik
kommunikatsiyalarni
modernizatsiya
qilish,
ekologiya
va
atrof-muhitni
54
sog'lomlashtirish, biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish va hokazolar maqsadida
ham ishlab chiqilishi mumkin.
Ko'rib turganingizdek, turli darajalarda va turli maqsadlarda investitsiya
loyihalari ishlab chiqilmoqda. Korxonalar iqtisodiyotning asosiy bo'g'ini
bo'lganligi sababli yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, milliy daromadning "vazmini"
ni sezilarli darajada belgilab berganligi bois aynan mana shu bo'g'in darajasidagi
investitsiya loyihalarni ishlab chiqish strategiyasi alohida qiziqish uyg'otadi.
Investitsiya ob'ektlari tavsifiga ko’ra turli xil bo'lishi mumkin.
Kapital
qo'yilmalarning tipik ob'ektlari bo’lib, yer, bino va uskunalarga bo’lgan xarajatlar
hisoblanadi. Korxonaning har xil sotib olish xarajatlaridan tashqari uzoq vaqt
davomida daromad keltiruvchi boshqa ko'plab xarajatlarni amalga oshiradi.
Bunday xarajatlar, masalan, tadqiqotlar, mahsulotlarni takomillashtirish, uzoq
muddatli reklama, sotish tarmoqlari, korxonalarni qayta tashkil etish va xodimlarni
o’qitishga yo'naltirilgan investitsiyalardir.
Investitsiyalar ishlab chiqarish vositalari sohasida, ya'ni
real investitsiyalar
shaklida joylashtirilishidan tashqari, moliyaviy jihatdan ham bo'lishi mumkin va
ular qimmatli qog'ozlarni sotib olishni anglatadi.
Investitsiya yo'nalishini tanlashning asosiy vazifasi ob'ekt uchun qo’yilgan
mablag’larning iqtisodiy samaradorligini aniqlashdir. Har bir ob'ekt uchun alohida
loyihani amalga oshirish tavsiya etiladi.
Shunday qilib, quyidagilar investitsiya ob'ektlari hisoblanadi:
1.Qurilayotgan, rekonstruktsiya yoki kengaytirilayotgan korxonalar,
binolar, inshootlar (asosiy fondlar);
2. Davlat va hududlar miqyosidagi dasturlar;
3. Qimmatli qog'ozlar.
Investitsiyalar mahsulotlarni (resurslar, xizmatlar) va uning elementlari
(bosqichlari)ni yaratishda to'liq ilmiy-texnik va ishlab chiqarish davrlarini qamrab
olishi mumkin: ilmiy tadqiqotlar,
loyiha-konstruktorlik ishlari, mavjud ishlab
chiqarishni kengaytirish yoki rekonstruksiya qilish, yangi ishlab chiqarishni yoki
yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish, utilizatsiya va hokazo.
55
Investitsiya ob'ektlari quyidagilar:
Dostları ilə paylaş: