O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


 Xoldinglar va moliya-sanoat guruhlari tarkibiga



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/125
tarix09.10.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#129882
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   125
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

5.5. Xoldinglar va moliya-sanoat guruhlari tarkibiga
kiradigan qurilish tashkilotlari 
 
Ishlab chiqarishni tashkil etish va mahsulotlarni ayriboshlash hamda 
zamonaviy bozor munosabatlari sharoitlarida xizmatlar ko’rsatish asosida o’rta va 
kichik biznesning yirik tashkiliy
-
xo’jalik tuzilmalari yuzaga keladi. 
Kichik va o’rta tuzilmalar mamlakat iqtisodiyotida raqobatbardosh muhitni 
yaratadi, ishlab chiqarishning egiluvchanligi, mobilligi va samardorligini 
ta’minlaydi hamda ilmiy
-
texnik yutuqlarga erishishni va ulardan unumli 
foydalanishni yo’lga qo’yadi. 
Yirik tashkiliy tuzilmalar faoliyatning alohida sohalari, alohida regionlari va 
umuman mamlakat miqyosida ishlab chiqarishda moliyalashtirishni tartiblash 
bo’yicha tizimlarni shakllantirishga imkon yaratadi. Ular bu ishni mustaqil 
ravishda olib borishlari va uning amalga oshirilishini davlat tomonidan shart – 
sharoitlashi mumkin. Amaliyot tasdiqlaydiki, ustuvor tarmoqlar qatorida moddiy, 
moliyaviy, ishchi kuchi resurslarining katta hajmini kontsentratsiyalaydigan yirik 
xo’jaliklarning yaratilishini texnologiyaning o’zi iqtisodiy jihatdan qulay qilib 


71 
qo’yadi. Bunday tarmoqlarga quyidagilar tegishlidir: metallurgiya, energetika, 
temir yo’l transporti, aloqa, qurilish va boshqa bir qancha tarmoqlar. Xorij 
amaliyoti shundan guvohlik beradiki, boshqaruvning yirik va kichik tashkiliy 
tuzilmalari uyg’unlashuvi noma’lum (aniq bo’lmagan) vaziyatlarda tizimlar ishlash 
qobiliyatini qo’llab
-
quvvatlash imkonini beradi va boshqa xo’jalik sub’ektlari 
bonkrotlashuvi bilan bu tizimlarning foyda oluvchilar qatorida saqlanib qolishiga 
zamin yaratadi. 
Mustaqillikka erishgunga qadar mamlakat amaliyotida sekin o’zgarishga 
qaratilgan texnika va texnologiyalardan, raqobatsiz ishlab chiqarishga ega bo’lgan 
tizimdan, boshqarishning asta-sekin o’zgaruvchan shakl va uslublariga asoslangan 
holda tarkib topgan boshqaruv tuzilmalaridan foydalanib kelindi. 
Ishlab chiqarishni kontsentratsiyalash orqali tadbirkorlik guruhlari vujudga 
kelishiga zamin yaratiladi, bu guruhlarda boshqaruvning yirik, o’rta, kichik 
tuzilmalar o’rtasida egalik qilish huquqlari va kontraktli munosabatlar yo’lga 
qo’yiladi. Ularda moliyaviy nazorat o’rnatiladi va bir vaqtning o’zida ishlash 
uchun ancha imtiyozli sharoitlar yaratiladi. Bu esa ishlab chiqarishda uchrab 
turadigan to’xtab qolishlar yoki sustkashliklarni qisqartirishga olib keladi. 
Hozirgi vaqtda ahamiyatli tarzdagi investitsion resurslarni kreditlarsiz 
kontsentratsiyalashning iloji yo’q (yoki kam ehtimolga ega). Buning natijasida 
sanoat tuzilmalarining tashqi moliyaviy manbalar va ssudali kapitallar bozoriga 
bog’liqligi doimiy ravishda o’sib boraveradi. 
Turli tuzilmalarlarni guruhlarga birlashtirish natijasida ko’p jihatlar bo’yicha 
yutug’larga erishish mumkin, qachonki, agar bu birlashmada menejment yuqori 
darajaga ko’tarilgan bo’lsa. Ilmiy-ishlab chiqarish, moliyaviy va savdo-sotiq 
salohiyatlarining kontsentratsiya qilinishi xo’jalik birligi guruhiga kiradigan har bir 
a’zo tashkilot va korxona (yoki sub’ekt)ning ancha maqsadli yo’nalishda faoliyat 
yuritishiga imkon yaratadi. 
Shunday qilib, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning guruhlarga birlashishi 
quyida ko’rsatilgan qo’shimcha ustunliklarga erishishni ta’minlaydi: 


72 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin