88
to’plash kiradi. Tadqiqotlarning to’liq va sifatli bajarilganligi loyihada qabul
qilingan yechimlarning to’g’riligi va maqsadga muvofiq ekanligini aniqlab beradi.
Loyihalash ikkita bosqich – texnik loyiha va ishchi chizmalar yoki bitta
bosqich – texnik-ishchi loyiha orqali amalga oshirilishi mumkin.
Ikkita bosqichda murakkab sanoat ob’ektlari,
shuningdek, shaharlarda
quriladigan, bosh rejaga ega bo’lmagan turar joy ob’ektlari loyihalanadi. Boshqa
barcha ob’ektlar bitta bosqichda loyihalanadi.
Texnik loyiha quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi:
1) umumiy tushuntirish matni;
2) bosh reja va transport;
3) texnologik yechimlar;
4) ishlab chiqarish va korxonani boshqarish hamda ishchi va xizmatchilar
uchun sharoitlar yaratish va ular mehnatini muhofaza qilishni tashkil etish;
5) arxitekturaviy – qurilish yechimlari;
6) injenerlik jihozlari, tarmoqlar va tizimlar;
7) qurilishni tashkil etish;
8) atrof - muhitni muhofaza qilish;
9) fuqarolarni himoyalash bo’yicha injener – texnik tadbirlar;
10) smeta hujjatlari;
11) investitsiyalarning samaradorligi.
Dostları ilə paylaş: