91
masalalar yechimlariga alohida e’tibor qaratilishi taqoza etiladi. Ekspertiza
yakunlangandan keyin ekspertiza xulosasi loyihalovchiga beriladi. Loyihachi
ekspertlar tomonidan ko’rsatilgan kamchiliklarni o’rganib chiqqandan keyin
buyurtmachi bilan birgalikda loyihani to’ldirish va unga o’zgartirishlar kiritish
to’g’risida qaror qabul qiladi. Undan so’ng loyiha tasdiqlanadi va buyurtmachi
ob’ekt qurilishi uchun tender e’lon qilish
haqida qaror qabul qiladi, shu asosda
pudratchi qurilish tashkiloti aniqlanadi.
Xalqaro amaliyot va amaldagi tavsiyalarga muvofiq ob’ekt qurilishiga
tegishli bo’lgan ishchi hujjatlar buyurtmachi tomonidan ishlab chiqiladi yoki uning
(buyurtmachining) qarori bilan ishchi hujjatlarning kontrakt asosida tuzilishi
ixtisoslashgan loyiha – ilmiy tekshirish tashkilotlariga topshiriladi. Ishchi
chizmalarni
tuzishda
texnik
loyihadagi
texnik-iqtisodiy
ko’rsatkichlarni
pasaytiradigan, ishchi-xizmatchilarning mehnat qilish sharoitlariga salbiy ta’sir
ko’rsatadigan yechimlar yoki inshootning xavfsizlik darajasini pasaytiradigan
yechimlarni qabul qilish taqiqlanadi.
Ishchi chizmalar kelishuv, ekspertiza va
tasdiqlashga topshirilmaydi. Ishchi chizmalar qurilayotgan korxona bosh injeneri
yoki amaldagi korxona kapital qurilishi boshqarmasining bosh injeneri imzosi
bilan to’g’ridan-to’g’ri ishlarni bajarishga tadbiq etiladi.
Ishchi loyihalarni tuzish bosqichida qurilish tashkiloti odatda o’zining
xusuiy kuchlari orqali ishlarni ishlab chiqarish loyihasini (IIL) ishlab chiqadi, unda
ishlarni ishlab chiqarish metodlari va ob’ektni qurish uchun zarur bo’lgan resurslar
aniqlanadi.
Ishlarni ishlab chiqarish muddatlari moddiy-texnika resurslarining hajmi va
ularning o’z vaqtida yetkazilib berilishiga bog’liq bo’ladi. Bu savollar ishlarni
ishlab chiqarish va resurslarning ob’ektga yetkazilish
grafigini tuzish vaqtida
yechiladi. Qurilish maydonini zarur bo’lgan material resurslari bilan minimal
ravishda ta’minlashdan kelib chiqqan holda qurilish materiallarini ob’ektga
yetkazish grafigi tuziladi.
Ob’ektning bosh qurilish rejasi ham ishlarni ishlab chiqarish va qurilayotgan
ob’ektni resurslar bilan ta’minlash singari IILning muhim tarkibiy qismlaridan biri
92
deb hisoblanadi, unda qurilayotgan bino va inshoot oldindan mavjud bo’lgan
doimiy va inventar binolarning joylashish o’rni ko’rsatiladi. Qurilishning bosh
rejasi qurilish maydoni hududidan oqilona foydalanishni hisobga olgan holda
ishlab chiqiladi. Ishlab chiqarish–maishiy xonalarining soni va ularni joylashtirish
tartibi sanitariya me’yorlarini qoniqtirishi zarur va ishchilarning qurilish maydoni
hududi bo’yicha ortiqcha yurishlariga yo’l qo’ymasligi lozim.
Muhandislik
kommunikatsiyalari trassalari va yo’llar minimal uzunlikka ega bo’lishi kerak.
Qurilish mashinalarini shunday joylashtirish taqoza etiladiki (texnika
xavfsizligi talablariga rioya qilgan holda), bunda ishlab chiqarishni oqilona
ishlangan texnologiya bilan ta’minlash talab etiladi. Loyihalash bir bosqichda olib
borilayotganda texnik-ishchi loyiha formatida tasdiqlanadigan qism va ishchi
chizmalar ajratilib ko’rsatiladi. Tasdiqlanadigan qismning kelishuvi va tasdiqdan
o’tkazilish tartibi texnik loyihani kelishish hamda tasdiqlash protseduralariga
o’xshash bo’ladi. Ishchi hujjatlar lokal smetalar, qurilish materiallariga bo’lgan
ehtiyoj bayonnomalari, jihozlar xususiyatlari va
ishlarni ishlab chiqarishga
qo’yiladigan talablarni o’z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: