O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/125
tarix09.10.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#129882
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   125
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

Metall konstruktsiyalar
qo’llanilishi sanoatning shunday tarmoqlarida keng 
tarqalganki, bu tarmoqlarda texnologik jarayonning o’ziga xos jihatlariga bog’liq 
ravishda temirbeton konstruktsiyalarni qullashga yo’l quyilmaslik talab etiladi, 
bunday tarmoqlarga katta dinamik yuklanganlikka ega bo’lgan metallurgiya 
korxonalirini 
misol 
tariqasida 
keltirish 
mumkin. 
SHuningdek, 
metall 
konstruktsiyalardan katta oraliqli binolarni qurishda ham keng ko’lamda 
foydalaniladi, bunday binolarda temirbeton konstruktsiyalarni qo’llash iqtisodiy 
jihatdan maqsadga muvofiq emas (aviatsiya sanoatidagi yig’ish tsexlari, oraliqli 
ko’priklarni qurishda va h.k.). Metall konstruktsiyalarning iqtisodiy 
samaradorligini 
oshirishga 
ularni 
ishlab 
chiqarish 
jarayonida 
yuqori 
mustahkamlikka ega bo’lgan po’latlardan, egilgan profillardan, keng taxtali 
prokatdan, elektrpayvandlanadigan quvurlardan foydalanish bilan erishiladi. 


102 
Samarador yengil metall konstruktsiyalarni keng tadbiq etish qurilish 
ob’ektlarini qurish uchun moddiy ta’minot tuzilmasini takomillashtirishga katta 
ta’sir ko’rsatdi. Bino massasining kamayishiga asosan temirbeton plitalar o’rniga 
antikorroziya qoplamasiga ega bo’lgan po’latdan tayyorlangan profilli 
yopilmalarni qo’llash orqali erishiladi. Alyuminli qotishmalardan tayyorlangan 
konstruktsiyalarni derazalar tabaqalari, vitrajlar, devorbop osma panellar, agressiv 
muhitli binolarning yuk ko’taruvchi konstruktsiyalari, qurilish uchun suyuqliklarni 
saqlashga mo’ljallangan sig’imli idishlar yasash va shu kabilar uchun qo’llash 
ancha maqsadga muvofiqdir. Transport magistrallaridan olisda joylashgan qurilish 
ob’ektlarini tiklashda ularning qo’llanilishi ayniqsa katta samara beradi. 
Qurilishda 
alyuminli 
qotishmalardan 
tayyorlangan 
konstruktsiyalar 
qo’llanishi fuqaro va sanoat qurilishi ob’ektlari sifatini yaxshilashda keng 
istiqbolga egadir va fasadlar umrboqiyligi hamda ularning estetik sifatini 
oshirishga xizmat qiladi. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin