104
7.
Loyihalashtirishning ilg’or yo’nalishlarini
ayting va ularga misollar
keltiring.
8.
Qurilish-montaj ishlarining mexanizatsiyalashganlik darajasi qanday
aniqlanadi ?
9.
Texnik loyiha qanday bo’limlardan tashkil topadi?
10. Solishtirma mehnat sig’imini aniqlash formulasini ayting.
105
VII BOB. QURILISH KORXONASI BOZOR IQTISODIYOTI
SUB’EKTI SIFATIDA
7.1. Tadbirkorlik va korxona
Mamlakatda bozor munosabatlari rivojlanayotgan bir sharoitda jamiyat
oldida turgan masalalar ichida tadbirkorlik iqtisodiy faoliyatning faol shakli
sifatida muhim o’rin egallaydi.
Tadbirkorlik
deganda
shaxslar
va
korxonalarning
o’zaro
manfaatdorligiga yo’naltirilgan xarakatlari va mulkiy mas’ulligi
asosida
amalga oshiriladigan jismoniy va yuridik shaxslarning tashabbuskor mustaqil
xo’jalik faoliyati tushuniladi.
Tadbirkorlik muvofiqlashtirish, bozor va raqobat orqali rivojlanish
strategiyasini ishlab chiqish mexanizmlarini yaratadi, xo’jalik yurituvchi
sub’ektlar o’rtasida aloqalar o’rnatadi. Tadbirkorlik faoliyati ijtimoiy omillar
(o’z ahvolini yaxshilash bo’yicha izlanishlar olib borish)
bilan ham
ta’minlanadi.
Tadbirkorlik faoliyati deganda ketma-ket yoki parallel ravishda amalga
oshiriladigan kelishuvlar jamlanmasi tushuniladi, bu kelishuvlardan har biri
puxta aniqlangan vaqt oraliqlari bilan chegaralanadi.
O’zbekiston Respublikasining 2012 yil 2-mayda qabul qilingan
“Tadbirkolik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida” gi O’RQ-328
-
son
qonunining 3-moddasida: “Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) tadbirkorlik
faoliyati sub’ektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan,
o’zi tavakkal qilib va o’z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga
qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir.” deb ta’kidlangan.
14
Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari (tadbirkorlik sub’ektlari) belgilangan
artibda davlat ro’yxatidan o’tgan hamda tadbirkorlik
faoliyatini amalga
oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslardir.
14
O’zbekiston Respublikasining 2012 yil 2-maydagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida” gi
O’RQ-328-son qonuni. http://lex.uz/acts/2006789
106
Fuqarolar yuridik shaxslar tashkil etmasdan, davlat ro’yxatidan o’tkazilgan
vaqtdan boshlab yakka
tadbirkor sifatida tadbirkorlik
faoliyati
bilan
shug’ullanishlari mumkin. Birlashgan hamkorlar tadbirkorlik sub’ektlari sifatida
turli xo’jalik birlashmalari shaklida o’zlarining
xususiy va qonuniy asosda
to’plagan mulkidan foydalangan holatda maydonga chiqishlari mumkin.
Tadbirkorning rasmiy maqomi jismoniy shaxsni yollangan mehnatsiz yakka
tadbirkorlik ishtirokchisi sifatida yoki qonun orqali aniqlanadigan ramkada jalb
qilingan yollanma mehnat bilan korxona sifatida yuridik shaxsni davlat ro’yxatidan
o’tkazilgandan keyin kuchga kiradi.
Tadbirkorlik faoliyati sub’ekti quyidagi huquqlarga ega:
-
muassasa, korxona tuzish va qayta tashkil etish, shuningdek, korxona
mulk
egasi bilan shartnoma tuzish, bank muassasalarida hisob raqamlari ochish,
hamma turdagi hisob, kredit va kassali operatsiyalarni amalga oshirish yo’li bilan
tadbirkorlik faoliyatini boshlash va yurgizish;
-
moliyaviy mablag’lar, intellektual mulk ob’ektlari, fuqarolar va yuridik
shaxslar mulklari hamda alohida mulkiy huquqlarni shartnomali asosda jalb qilish
va ulardan foydalanish;
-
ishlab chiqarish dasturini shakllantirish, yetkazib beruvchilar va o’z
mahsuloti iste’molchilarini tanlash, mahsulotga narx qo’yishni mustaqil ravishda
shakllantirish va amalga oshirish;
-
tashqi iqtisodiy
faoliyatni amalga oshirish, valyuta operatsiyalarini olib
borish;
-
korxonani boshqarish bo’yicha ma’muriy-tartiblash faoliyatini amalga
oshirish;
-
korxona nomidan yoki amaldagi qonunlar va korxona ustaviga muvofiq
ishchilarni yollash (ishga qabul qilish) va ishdan ozod etish;
-
qonunchilik, korxona shartnomasi va ustaviga muvofiq soliqlarni
to’lagandan keyin va boshqa majburiy to’lovlarni amalga oshirgandan so’ng
korxona tadbirkorlik faoliyati orqali erishilgan foyda o’stida erkin ish
yuritish;
107
-
davlat ijtimoiy ta’minot tizimlari, tibbiy va ijtimoiy sug’urta xizmatlaridan
foydalanish;
-
tadbirkorlar ittifoqlari, assotsiatsiyalari va boshqa birlashmalarini tashkil
etish;
-
qonunda belgilangan tartibda fuqarolar, yuridik shaxslar, boshqaruv
organlari harakatlarini iqtisodiy sudda qayta ko’rish.
Shu bilan birgalikda qonun bir vaqtning o’zida tadbirkorning burchlarini
ham aniqlab beradi.
Tadbirkorning burchlari:
-
O’zbekiston Respublikasi qonunlari va tadbirkor tomonidan tuzilgan
shartnomalar, jumladan korxona mulk egasi bilan tuzilgan shartnomalardan kelib
chiqadigan burchlarni bajarish;
-
qonunchilikka muvofiq mustaqil ravishda yoki korxona nomidan
fuqarolarni yollash bo’yicha ishchilar yoki tashkilotlar bilan mehnat shartnomalari
tuzish;
Dostları ilə paylaş: