-
savdo
-
sotiq logistikasi tizimlari, ular moddiy
-
texnika resurslarini sotib
olish oqimlarini va qurilish ishlab chiqarish-texnologik komplektatsiyasini,
shuningdek, moliyaviy, axborotlar va mehnat resurslari bilan birga boradigan
oqimlarni tashkil qilish bilan shug’ullanadi;
-
tadbirkorlik logistikasi (yoki ishlab chiqarish logistikasi) tizimlari, ular
qurilish industriyasi korxonalari va qurilish firmalarida qurilish konstrkutsiyalari,
buyumlari va boshqa materiallarni ishlab chiqarish jarayonidagi resurslar oqimini,
loyiha-konstruktorlik, qurilish-montaj va ishga tushirish ishlarini tashkil qilish
bilan shug’ullanadi;
-
taqsimlash logistikasi tizimlari, ular iste’molchiga taqdim etiladigan tayyor
qurilish mahsuloti, ishlar va xizmatlarning oqimlarini, shuningdek, bu oqimlar
bilan birga boradigan moliyaviy, axborotlar va mehnat oqimlarini tashkil qilish
bilan shug’ullandi;
-
transport–omborxona logistikasi tizimlari, ular qurilish firmasida yuklar
oqimini va omborxona ichki oqimlarini tashkil qilish bilan shug’ullanadi.
Qurilish firmasi logistika tizimlari turkumlanishini boshqa belgilar bilan
ham davom ettirish mumkin, masalan, investitsion jarayonlar bosqichi, qurilish
mahsuloti hayotiy davri(tsikli) bosqichlari va shunga o’xshash oqimlar bilan
davom ettirish mumkin.
Agar iqtisodiy mustaqil sub’ektlar qanchalik ko’p sonda logistika zanjiriga
kiritilsa, logistika tizimlarini shakllantirish jarayonlari shunchalik murakkab
kechadi. Bu ma’noda makrologistik tizimlar mikrologistik tizimlarga nisbatan
ancha murakkab ko’rinishga ega bo’ladi. Tashkiliy-iqtisodiy integratsiya xarakteri
bo’yicha makrologistika tizimlari sub’ektlari vertikalь, gorizontalь va
konglomerant tizimlarga ajratiladi. Logistik faoliyat uchta asos ostida birlashadi:
moddiy resurslar birga boradigan hamma texnik vositalar va jihozlar jamlamasi
bo’lgan texnika, tizimlardagi moddiy va nomoddiy oqimlar harakatlari haqidagi
122
statistik va dinamik axborotlar jamlamasi bo’lgan axborot, korxona va tarmoq
iqtisodiyoti.
Tizimdagi barcha moddiy va nomoddiy oqimlarni kompleks boshqarish
logistika predmetini tashkil etadi.
Logistika ishlab chiqarish sohasini qanday tarzda qamrab olgan bo’lsa,
moddiy manfaatlar almashinuvi (moddiy-texnika ta’minoti va savdo-sotiq tizimi)ni
ham xuddi shunday tarzda qamrab oladi. U ishlab chiqarish va marketing, moliya
va iqtisodiy hisoblar hamda zarur bo’lgan axborotni qayta ishlashni boshqarishning
yagona tizimi faoliyatini yaratishga va nazorat qilishga yo’naltiriladi.
Moddiy resurslardan tugal holatda foydalanuvchi yirik sub’ektlardan biri
sifatida qurilish kompleksi katta miqyosdagi manfaatdorlikni ko’zlagan holda bu
resurslardan oqilona foydalanish orqali ularni qo’llashning samarador shakllarini
yaratadi.
Bu masalalar yechimini resurslarning barcha turlariga qo’llash mumkin va
bunda bu yechim ularning har birida o’z spetsikasiga ega bo’ladi.
Qurilish ishlarini bajarishda foydalaniladigan va konstruktsiyalarni montaj
qilishga mo’ljallangan mashina va jihozlar uchun sotib olishning lizing shakli
ancha qulaydir.
Materiallar, qurilish konstruktsiyalari va detallari uchun ularni sotib olish
bilan bog’liq bo’lgan mablag’larni minimillashtirish maqsadida materiallar oqimini
ratsionizatsiyalashtirish birinchi darajali ahamiyat kasb etadi, bu esa o’z navbatida
materiallar oqimini shakllantirish va ular harakatini boshqarishning samarador
ilmiy quroli sifatida logistikani qo’llashning maqsadga muvofiqligi va zarurligini
oldindan aniqlab beradi.
Qurilish materiallari bozori va kapital qurilish tarmog’i hozirgi vaqtda
O’zbekistonning xo’jalik–iqtisodiy kompleksi segmentlarini tashkil etadi, ularda
logistik siyosatni ilgari surish uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratilgan.
Hozirgi vaqtda qurilish materiallari bozorida boshqa ishlab chiqarish
mahsulotlari bozorlariga qaraganda yuqori darajadagi raqobat kuzatilmoqda.
123
Qurilish materiallari sanoati va qurilish industriyasi korxonalari
ishlatilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlarining katta zahiralariga ega va ularning
chetki ehtiyojlar yuqori talablarini qoniqtira olish nuqtai-nazaridan kelib chiqqan
holda ko’pchiligi to’liq ishga tushirilsa ular xoridorlar bilan hamkorlik qilishga
tayyor bo’ladi.
Investitsion jarayonda materiallar oqimining katta qismi qurilish kompleksi
ichida shakllanadi va ular ushbu kompleks bug’inlari va bo’limlari harakatlariga,
ular tomonidan tanladigan ratsionalь yechimlar hamda ularning ketma-ket amalga
oshirilishiga to’liq bog’liq bo’ladi.
Qurilishdagi materiallar oqimi uning chegarasidan tashqarida boshlanadi va
u asosiy jamg’armalarni yaratish (yangilash, ta’mirlash) jarayonida bu materiallar
oqimidan foydalanish vaqtida yakunlanadi. Sanoatda esa materiallar oqimi berilgan
ishlab chiqarishda tayyor mahsulotlar yaratish bilan yakunlanmaydi, balki uning
harakati aylanma jamg’armalar elementi sifatida boshqa ishlab chiqarishga
o’tkaziladi (transformalashtiriladi). SHuning uchun logistikani mehnat
mahsulotlariga qo’llab bo’lmaydi.
Qurilish tsikli jarayonida puxta ifodalangan bir jinsli bo’lmagan mahsulotga
ega bo’lish bilan tsiklning har bir stadiyasida materiallar tarkibi o’zgaradi
(poydevorlarni qurishda, devorlarni tiklashda, tom yopish ishlarini bajarishda,
ichki pardozlash ishlarini amalga oshirishda, injenerlik kommunikatsiyalarini
o’tkazishda va h.k.). SHunig uchun qurilish tsiklining har bir bosqichi uchun unga
xos bo’lgan logistik yechimlar zarur bo’ladi. Agar sanoatda logistik yechim uchun
mahsulot yo’naltiruvchi moment bo’lsa, qurilishda esa bu qurilish tsiklining
bosqichi bo’ladi.
Qurilishda materiallar oqimi ishlarni ishlab chiqarishni bir ob’ektdan
boshqasiga ko’chirish bilan yoki bir vaqtning o’zida bir nechta ob’ektlarni
tiklashda ishlab chiqarish kuchlarini va vositalarini taqsimlab tarqatish bilan
o’zining yo’nalishini uzluksiz ravishda o’zgartiradi. Bundan kelib chiqadiki,
ishlarnii shlab chiqaruvchi (prorab) aynan bir xil materiallardan foydalangan holda
124
turli logistik yechimlarni qo’llaydi, bu esa bir-biriga o’xshashgan bo’lgan bir
qancha sharoitlarda ularning mos tushushini inkor etmaydi.
Ratsional logistik yechimlarni tuzish, ya’ni materiallar oqimida ishtirok
etuvchi xo’jaliklar faoliyati tarkibi va xarakterini aniqlash moddiy-texnika
ta’minoti sohasida samarador yechimlarni qidirishning muhim tarkibiy qismini
tashkil etadi. Aniq sharoitlarda logistik zanjirni unga savdo vositachilarini kiritgan
holda uzaytirish maqsadga muvofiq bo’ladi. Ayniqsa bu O’zbekistonda aynan
qurilishda keng rivojlangan kichik biznesni moddiy-texnika jihatdan ta’minlash
jarayoniga ko’proq tegishlidir.
Ishlab chiqarish–texnologik komplektatsiya bo’limlari logistik zanjirning
oraliq bo’g’ini sifatida qurilish uchun juda xosdir.
Xulosa sifatida quyidagilarni alohida ta’kidlash juda muhimdir.
Hozirgi sharoitida qurilish majmuasidagi o’zaro munosabatlar xarakteri va
uning moddiy ta’minoti sohasida ham tub o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Qurilish
majmuasi tomonidan qurilish materiallariga bo’lgan talab va ehtiyojlarning holati
va yetkazuvchilarning narx siyosati qurilish materiallari bozori kon’yukturasining
asosiy omillariga aylandi. Bozor turidagi iqtisodiy sharoitlarda yetkazuvchilar
uchun mahsulotlar sotilishini tashkil etish, istemolchilar uchun esa ularni minimal
narxlarda xarid qilish bosh muammoga aylandi.
Qurilish majmuasi (materiallar resurslarini tugallangan holatda iste’mol
qiladigan yirik sub’ektlar) oldida materiallar resurslarini xarid qilishning
samarador shakllarini tanlash va ulardan oqilona foydalanish vazifasi turadi. Bu
vazifalarni hal etishda mashinalar va jihozlar bo’yicha lizingni rivojlantirish,
materiallar va qurilish konstruktsiyalari bo’yicha esa materiallar oqimini samarali
tashkil etish katta ahamiyat kasb etadi, buni muvaffaqiyatli amalga oshirish esa o’z
navbatida moddiy ta’minot logistik metodlarini amaliyotga qo’llash bilan
bog’liqdir.
Dostları ilə paylaş: |