139
O’z navbatida real YaMMI mehnat sarflari (kishi-soat)ning mehnat
unumdorligiga (bitta ishchi
-
xodimning real soatdagi ish unumi) ko’paytmasi
sifatida aniqlanadi, ya’ni :
YaMMI = bajarilgan kishi-soat miqdori x mehnat unumdorligi
Shunday qilib, mehnat unumdorligi darajasini
oshirish va YaMMI ni
kengaytirish o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri (proportsional) bog’liq mavjud, dekmak
iqtisodiy o’sishda ham xuddi shunday bog’liqning borligiga izoh berish joiz emas.
Real YaMMI ning o’sishida mehnat unumdorligi omilining ahamiyatini
aniqlash zarurdir. Xorijdagi va mamlakatimizdagi mutaxassislarning baholashiga
ko’ra YaMMI o’sishining asosiy omili – bu mehnat unumdorligidir.
Real YaMMIning o’sishiga ta’sir ko’rsatadigan omillar:
1. Mehnat sarflarni oshirish;
2. Mehnat unumdorligini oshirish:
-
texnik taraqqiyot;
-
kapital sarfi;
-
ma’lumot berish va kasbga tayyorlash;
-
ishlab chiqarish ko’lami kengayishi bo’yicha;
-
resurslarni taqsimlashning yaxshilanishi.
Har qanday ob’ektni qurishda o’nlab, yirik inshootlarni qurishda esa yuzlab
ilmiy-tekshirish, loyiha
-
qidiruv, qurilish-montaj
tashkilotlari hamda asosiy
texnologik jihozlarni tayyorlovchi zavodlar, qurilish-montaj jihozlarini va qurilish
materiallarini yetkazib beruvchilar, banklar va iqtisodning boshqa sub’ektlari
ishtirok etadilar. Faqat qurilishda ishtirok etuvchilarning hamjihatlikda bajaradigan
ishlari-qurilish tashkilotining muvaffaqiyatli faoliyat yuritishining garovi bo’lishi
mumkin.
Boshqaruvning asosiy va birlamchi bug’inlaridagi rahbarlik qiluvchi
xodimlar (korxona, brigada mavqieda) bozor munosabatlarini tadbiq etishning
dastlabki vaqtidagi yangi sharoitlarda ishlab chiqarishni boshqarishni uddalay
olishmaydi va bunga qodir ham emasdilar. Ular ilgari noma’lum bo’lgan
hamda
moddiy-texnik ta’minot, maxsulotlarning savdo-sotig’i va ularni ayriboshlash bilan
140
bog’liq bo’lgan ko’plab murakkab muammolarni yechishlari lozim edi.
Xususiylashtirilgan korxonalarga o’zlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlarga
o’zlari narx qo’yish, personal(xodim)larning sonini aniqlash, maoshni belgilash
kabi imkoniyatlarni beradi.
Hozirgi kunga kelib, boshqaruv xodimlari zamonaviy bilim va ko’nikma,
shuningdek ma’lum bir tajribaga ega bo’lishlari
orqali qurilish korxona va
tashkilotlarida yuqori darajadagi boshqaruvni ta’minlashga erishilmoqda.
Rivojlangan hozirgi bozor munosabatlari sharoitida mehnat unumdorligini
oshirishning iqtisodiy mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish,
shu bilan birgalikda ularning axborot, moliyaviy va malakali mutaxassislar bilan
ta’minlanganligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur chora
-
tadbirlarni amalga oshirish ahamiyatli tarzdagi moddiy
sarflar(mablag’lar)ni
talab etadi, lekin ushbu mablag’larsiz iqtisodiy holatni
barqarorlashtirishning ham hech iloji yo’q.
Makroiqtisodiy sharoitning qulayligi, sohada iqtisodiy o’sishning tez
sur’atlarda oshib borishi, YaIM barqaror o’sish sur’atlari ta’minlangan sharoitda,
soha bo’yicha umumiy daromadlarni tarkibiy
jihatdan yanada oshirish
imkoniyatini beradi.
Shuning bilan birgalikda sohada band bo’lgan ishchi-xodimlar daromadlari
bilan bir qatorda, korxona va boshqa xo’jalik sub’ektlari daromadlari pirovard
natijada aholi turmush darajasiga katta ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Korxonalarning
daromadlari oxir-oqibatda
uning faoliyatini kengaytirish, yangi ish o’rinlarini
yaratish, mehnat sharoitlari va mahsulot sifatini yaxshilash, korxonaning ichki va
tashqi bozordagi raqobatbardoshligini oshirish, uning moliyaviy ahvolini
mustahkamlash, shuningdek aholining bandligi va
turmush darajasiga daxldor
bo’lgan muammolarni ham hal etish uchun xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: