O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/125
tarix09.10.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#129882
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   125
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

-
 
energetika resurslariga bo’lgan ehtiyoj va ularni himoyalash (qoplash, 
yopish) bo’yicha yechimlar
-
 
materiallar, buyumlar, konstruktsiyalar va jihozlarni qurilish maydonida, 
binolar va inshootlarda saqlay olishga va ularning o’g’irlanishini bartaraf etishga 
yo’naltirilgan chora-tadbirlar. 
Texnologik kartalar qurilish jarayonlarini ilmiy tashkil etishning asosi 
hisoblanadi. Ular qurilish sohasida to’plangan ilg’or tajribalarni hisobga olgan 
holda amaldagi me’yorlar (QMQ, Davlat standartlari (DSt), instruksiyalar) asosida 
ishlab chiqiladi. Bino va inshootlarning tipli konstruktiv yechimlari asosida 
joydagi (mahalliy) sharoitlarga bog’langan (moslashtirilgan) tipli texnologik 
kartalari ishlab chiqariladi. 
Texnologik karta tuzilmasi quyidagi bo’limlardan tashkil topadi. 
1. “Qo’llanish sohasi” bino va inshootlar konstruktiv elementlarining 
xarakteristikalarini, jarayonlarning turlari va ularning tarkibini, ishlab chiqarish 


156 
sharoitlarini o’z ichiga oladi. 
2. “Ishlarning bajarilishini tashkil etish va uning texnologiyasi” asosiy deb 
hisoblanadi va quyidagilarni: tayyorgarlik ishlarining tugallanganlik talablari 
mashina va jihozlarning tavsiya etilayotgan tarkibi, konstruktiv elementlarning 
sxemasini va kopmleks mexanizatsiyalashtirish hamda mashina va jihozlarni 
joylashtirish sxemalarini, konstruktiv qismi elementlarini o’rnatish bo’yicha 
texnologik sxemalarni, materiallar va konstruktsiyalarni joylashtirish (yopiq va 
ochiq omborxonalarda saqlash) sxemasini o’z tarkibiga kiritadigan grafik material, 
ishlarni ishlab chiqish va brigadalar tarkiblari bo’yicha tavsiyalarni o’z tarkibiga 
kiritadi.
3. “Sifatga va qabul qilishga qo’yiladigan talablar” nazorat sxemasini yoki 
ishlarning sifatini baholash va nazorat qilishni amalga oshirish bo’yicha 
ko’rsatmalarni (jadval shaklida) o’z tarkibiga kiritadi. 
4. “Mehnatning mashina vaqti sarfining va ish haqining kalkulyatsiyasi”. 
5. “Ishlarni ishlab chiqish grafigi” mehnat sarfining kalkulyatsiyasi 
ma’lumotlaridan foydalangan holda tuziladi. 
6. “Moddiy-texnika resurslari” yoki “Moddiy-texnik resurslar”. 
7. “Texnika xavfsizligi” bo’yicha loyihaviy yechimlari QMQ, ShNQ va 
boshqa me’yoriy hujjatlarga asoslangan texnologik kartalar va jarayonlarga 
tegishli bo’lgan konkret chora

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin