157
mexanizatsiyalashtirishga sarflanadigan xarajatlarning yig’indisi
bilan
aniqlaniladigan o’zgaruvchan sarf-xarajatlar, so’m.
Texnologik kartalar binolar va inshootlarning ma’lum tiplari uchun o’z
vaqtida texnologik me’yorlarni ishlab chiqish, qurilish jarayonlarining ketma-
ketligini, qo’llaniladigan mexanizatsiya vositalarini,
brigadalar tarkibini va
ularning mehnatini tashkil etish imkonini beradi.
Ishlab chiqarish jarayonini har qanday ishlab chiqarishning mohiyati deb
hisoblash mumkin. Qurilish maydonida amalga oshiriladigan ishlab chiqarish
jarayonlarini qurilish jarayonlari deb atashadi (masalan, issiqxonani montaj qilish,
ekskavator yordamida kotlovanni qazish va h.k.). qurilish jarayonlarini ketma-ket
bajarish natijasida binolar va inshootlar deb ataladigan qurilish mahsuloti
yaratiladi. Qurilish jarayonini o’rganish orqali ularning
texnologik belgilari
bo’yicha tayyorlash, transport va montaj-o’rnatishlar bo’yicha
turkumlash
mumkin.
Tayyorlash jarayonlari: ixtisoslashtirilgan korxonalarda va qurilish
maydonlari (ob’ekt oldidagi beton qorish qurilmalari, ko’chma bitum siquvchi
agregatlar va boshqa shu kabilar)da qurilish materiallarini, yarim fabrikatlar
(qurilish konstruktsiyalari, qorishmalar va hakozalar)ni tayyorlash.
Transport jarayonlari: qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalarini
qurilish maydoniga yetkazish va ularni bevosita ish joylariga o’zatishdan iborat.
Montaj
-
o’rnatish jarayonlari bevosita qurilayotgan ob’ektda
amalga
oshiriladi. Ular o’zining mo’ljallanishiga (vazifasiga) ko’ra qurilish mahsulotini
yaratuvchi asosiy jarayon (g’isht terish, konstruktsiyalarni montaj qilish va h.k.),
tayyorlash jarayonlari (yuzalarni ya’ni sirtlarni bo’yashga tayyorlash, montaj
oldidan konstruktsiyalarni yig’ish) va yordamchi jarayonlar (oyoq osti
ko’priklarini o’rnatish, opalubkalar tayyorlash va h.k.).
Texnologiyasining xususiyati(spetsifikatsiyasi)ga bog’liq ravishda montaj
Dostları ilə paylaş: