Iqtisodiy diversifikatsiya
– bu bitta firmada turli rentabellikdagi
mahsulotlar ishlab chiqarilishini birlashtirish bo’lib, u ishlab chiqarishdagi
to’xtashlarni oldini olishning ko’p tomonlama imkonini beradi.
Qurilishda iqtisodiy diversifikatsiyani amalda qo’llashning iloji yo’q, chunki
qurilish firmalari rentabelligi deyarli bir xil bo’lgan hamma qurilish-montaj ishlari
(rentabelligi 8-10 % atrofida farq qiladigan ishlar)ni bajarish bilan buyurtma
(ob’ekt)li faoliyatni amalga oshiradi. SHu sababli qurilish uchun ishlab chiqarish
diversifikatsiyasi ancha muhim ahamiyat kasb etadi.
Qurilish ishlab chiqarish diversifikatsiyasi bu bir-biri bilan bog’langan yoki
bog’lanmagan ishlab chiqarish turlarini bir vaqtning o’zida rivojlantirish orqali
qurilish va noqurilish bozorlarining yangi sektorlarga kirib borishi yoki tovarlar
ishlab chiqarish (ishlar, xizmatlar)ni har xil faoliyat sohalarni uyg’unlashtirishdir.
Ishlab chiqarish diversifikatsiyasini korxona faoliyatining asosiy ishlab
chiqarish bilan bog’langan yoki bog’lanmagan sohasini kengaytirish sifatida
tushunish mumkin. Qurilishda ishlab chiqarish diversifikatsiyasining quyidagi
yo’nalishlari mavjud: uy-joy qurilishi kombinatlari tipidagi korxonalarga o’xshash
korxonalarni tuzish orqali qurilish va qurilish materiallarini ishlab chiqarishni bitta
tizimga birlashtirish; qurilishni loyihalashtirish va qurilishni bitta ishlab chiqarish
tizimiga birlashtirish, bunda loyihalash-qurilish firmalari tipidagi korxonalar
yaratiladi; bu ikki faoliyat turini birlashtirish orqali ahamiyat tarzdagi iqtisodiy
salohiyatga erishiladi, bu esa firma ichida har xil qurilish masalalarini operativ
yechish bo’yicha katta imkoniyatlarni to’plash imkoniyatini yaratadi, natijada
firma qurilish bozorida ancha egiluvchan holatni egallab oladi; injenerning firmalar
yaratish, ular tugallangan ob’ektlar yaratish bo’yicha bajariladigan barcha ishlar va
xizmatlar kompleksini o’z faoliyatiga kiritadi, bu firmalar ob’ektlarni loyihada
ko’rsatilgan quvvat bilan ekspluatatsiya (foydalanish)ga tayyorlab beradi (shu bir
qatorda infrastruktura yaratish bilan bog’liq bo’lgan ob’ektlar qurilishi bilan ham
shug’ullanadi); qurilish materiallarini ishlab chiqarishni tashkil etish va qurilish
166
ishlab chiqarishi chiqindilari, nokonditsion mahsulot, bino va inshootlarni
rekonstruktsiya qilishda to’plangan chiqindilarini qayta ishlash asosida qurilish
materiallari ishlab chiqarish bilan qurilish bozoriga chiqish; asosiy ishlab chiqarish
bilan bog’liq bo’lmagan boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish, shu asosida qurilish
firmasi ishchi-xodimlarining kvalifikatsiyasidan u yoki bu me’yoriy foydalanishni
yo’lga qo’yish (masalan, mebel ishlab chiqarish asosida).
Ishlab chiqarish diversifikatsiyasi qurilish tashkiloti samaradorligini oshirish
va iqtisodiy turg’unligini ta’minlash yo’nalishlaridan biri deb hisoblanadi. Tor
ixtisoslik qurilish tashkilotining ishlarni pudrat asosida olish imkoniyatini
pasaytirayotgan vaqtdagi qattiq raqobat sharoitlarida rivojlanishining ushbu
yo’nalishi ayniqsa juda dolzarb bo’lib qolmoqda.
O’z faoliyatini diversifikatsiyalash istagi kapital mablag’larning zarurligi,
xavf-xatarga yuz tutishini (taxminlarni) pasaytirish, mahsulot ishlab chiqarishda
to’xtalishlarni bartaraf etish, distribyutsiya kanallaridan samarali foydalanishga
intilish, boshqarish tizimini takomillashtirish kabi motivlar asosida yuzaga keladi.
Tovarlar va xizmatlarning ancha keng spektrini (ko’lamini) taklif etish bilan
korxona o’zining raqobotbardoshligini oshirishi mumkin. Bundan tashqari
diversifikatsiyalashda tizimning xususiyatlaridan kelib chiqadigan jamlanma
samara (sinergetik effekt) yuzaga keladi: tizimdan tashqaridagi komponent
jamlangan tizimga nisbatan ancha kichik salohiyatga ega bo’ladi.
Diversifikatsiya
bog’langan
va
bog’lanmagan
(konglomerativ)
diversifikatsiyalarga bo’linadi. Bog’langan diversifikatsiya o’z navbatida vertikal
va gorizontal diversifikatsiyalarga ajratiladi. Vertikal diversifikatsiya (integratsiya)
– bu ishlab chiqarish jarayoni yagona texnologik zanjiriga kiruvchi yangi
komponentlarni mavjud bo’lgan (amaldagi) tizimga kiritish jarayonidir. Bunda
integratsiya uchta turga: to’liq, qisman va kvaziintegratsiyalar (egalik huquqiga
o’tmagan holda manfaatdor kompaniyalar o’rtasida o’zaro aloqalarni yaratish
tushuniladi). Bundan tashqari, vertikal diversifikatsiya to’g’ridan-to’g’ri
(korxonalar-mahsulot iste’molchilari bilan integratsiya) va qaytma ya’ni aksincha
(korxonalar-etkazib beruvchilar bilan integratsiya) bo’lishi mumkin. Gorizontal
167
diversifikatsiya – bu bitta sohada faoliyat yuritayotgan korxonalarning birlashish
jarayoni bo’lib, u o’zining raqobatbardoshligini kuchaytirish yoki raqobatchilar
ustidan nazorat o’rnatish uchun amalga oshiriladi. Bog’lanmagan diversifikatsiya –
bu kopaniyaning asosiy faoliyati bilan bog’lanmagan yangi bozorlarga kirish
jarayonidir. (qurilishda diversifikatsiya jarayonini turkumlanishi 12.1-rasmda
ko’rsatilgan). G’arbda to’plangan tajriba umumiqtisodiy krizis vaziyatlarida
bog’langan diversifikatsiyaga ega bo’lgan kompaniyalar ancha ustuvor bo’lishini
ko’rsatadi.
Ishlab chiqarish diversifikatsiyasi ikkita rivojlanish yo’liga ega:
-
ichki o’sish – mavjud bo’lgan (ishlab turgan) korxonani diversifikatsiya
(yangi yo’nalishlarni yaratish yoki ajratish);
-
tashqi o’sish – qo’shib olish, yutib yuborish (yo’qotish) yo’li orqali
diversifikatsiyalash.
Har qanday vaziyatda diversifikatsiyalash jarayoni yetarli darajada
murakkab kechadi va oldindan kompleks iqtisodiy baholashni talab etadi.
Diversifikatsiya uchun variantlarni qidirish jarayonida kompaniya o’zining
oldingi sohasida tuxtalishi yoki uning uchun yangi bo’magan sohani tanlashi
mumkin. Birinchi vaziyatda diversifikatsiya o’ziga xos strategik muvofiqlikka ega
bo’lgan sohada olib boriladi.
Bir qancha firmalar foyda olish maqsadida yaxshi imkoniyatlarga ega
bo’lgan boshqa sohalarga diversifikatsiyalashni yoqlaydi. O’z yo’nalishiga to’g’ri
kelmaydigan diversifikatsiyaga boruvchi firmalar yagona korporativ struktura
doirasida yangi filial yaratish (ochish) vositasida emas, balki deyarli doimo
funktsiya yuritayotgan kompaniyalarning ishlab chiqarish sektorlariga kirib boradi.
Bunday strategiya boshqa firmalarni yutib yuborish (konglomeratli qo’shilish)
yo’li bilan aktsiyalarning turg’unligini oshirish orqali kompaniyani o’stirishga
asoslangan bo’ladi. Qo’shimcha daromad (yutuqlar)ga erishish ikkinchi rejaga
qo’yiladi, qachonki profilli bo’lmagan diversifikatsiya koporativ daromadlarni
ta’minlagan holda o’zini oqlamaguncha, shuningdek, yo’lga qo’yilgan ishlab
chiqarishlar samarali funktsiya (faoliyati) yurutmaguncha.
168
Ishlab chiqarish diversifikatsiyasi quyidagicha bo’lishi mumkin:
-
rejali (oldindan ishlab chiqilgan biznes-reja asosida) va rejadan tashqari
(majburiy) bo’lish mumkin;
-
tarmoq ichida va tarmoqlararo bo’lishi mumkin;
-
oddiy (uning olib borilishi sarf-xarajatlarsiz bajariladi) va murakkab
(uning aalga oshirilishiga kapital mablag’lar ajratiladi) bo’lishi mumkin.
Yirik qurilish korxonalari, qoidaga ko’ra, o’z tarkibida qurilish materiallari,
konstruktsiyalari va buyumlarini (yig’ma temirbeton va beton konstruktsiyalar,
g’isht, asfalьtbeton, o’rnatish detallari, rudasiz materiallar, eshik va romlar,
qo’shma mebellar va h.k.) ishlab chiqaruvchi bo’limlariga ega bo’lgan va
egadirlar, shuning uchun qurilish materiallari, konstruktsiyalari, buyumlarini
chiqarish – bu tarmoqichi diversifikatsiyasi deb hisoblanadi. Ushbu tovarlar bilan
savdo-sotiq qilish – bu ishlab chiqarishning tarmoqlararo diversifikatsiyasidir.
Hozirgi vaqtda qurilish korxonalarida ikki turdagi ishlab chiqarish
diversifikatsiyasi amalga oshirilmoqda:
-
rejadan tashqi asosida oddiy bo’lmagan, bog’langan tipdagi (turdagi),
qaytma aloqalarga asoslangan ichki diversifikatsiya;
-
bog’lanmagan turdagi, qoidaga ko’ra rejali asosidagi tarmoqlararo
diversifikatsiya. Korxonaning moliyaviy ahvoli (holati)ga bog’liq ravishda
murakkab va oddiy diversifikatsiya bo’lishi mumkin.
Bozor sharoitida ko’plab qurilish korxonalari uchun xarakterli bo’lgan
xo’jalik yuritishning noxush sharoitlari mamlakatdagi korxonalarning
diversifikatsion strategiyalardan foydalanishlariga yo’l ochib beradi.
To’g’ridan-
to’g’ri
Qaytma
Vertikal
Gorizontal
Bog’langan turdagi
Bog’lanmagan turdagi
Tashqi
o’sish
evaziga
|