O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Noishlab chiqarish asosiy fondlar



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/125
tarix09.10.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#129882
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   125
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

Noishlab chiqarish asosiy fondlar
-
qurilish korxonasi mahsulotlarini 
yaratishda ishtirok etmaydigan, lekin aholi, jumladan qurilish korxonalari 
xodimlarining milliy
-
maishiy ehtiyojlarini qondirish uchun mo’ljallangan: turar 
joy binolari, madaniy-maishiy ahamiyatga ega bo’lgan bino va jihozlar, sport 
inshootlari va h.k. 
Qurilishning fond sig’imi –
pulda ifodalangan qurilish mahsuloti va
qurilish
-
montaj ishlari birligiga to’g’ri keladigan asosiy ishlab chiqarish fondlari 
miqdori. 


188 
Qurilishning energiya bilan ta’minlanganligi
-
qurilish mashina va 
mexanizmlari dvigatellari umumiy quvvatinining qiymat shaklidagi bajarilgan 
qurilish ishlari umumiy hajmiga bo’lgan nisbati. 
Qurilish iqtisodiyoti
-
bu qurilish sohasida ishlab chiqarish munosabatlari 
rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlarini ishlab chiqarish kuchlari bilan o’zaro 
aloqa va o’zaro ta’sirini o’rganadigan iqtisodiy fan. 
Qurilish korxonasi
-
qurilish, xususan ilmiy, eksperimental, qidiruv va 
loyiha ishlari, xom ashyo resurslarini qazib olish va ularni qayta ishlash, 
materiallar, buyumlar va konstruksiyalarni tayyorlash, barcha turdagi bino va 
inshootlarni qurish hamda transport xizmat ko’rsatish sohalarida faoliyat 
yurituvchi korxona. 
Qurilish korxonasi mahsulotlari
-
qurilish korxonasi faoliyati natijasida 
yaratilgan moddiy boyliklar. 
Qurilish korxonalarining aylanma mablag'lari
– mehnat predmetlariga 
qo’yilgan va muomaladagi pul mablag’lari umumiy miqdori. Aylanma mablag’lar 
har bir ishlab chiqarish jarayonida to’liq sarflanadi, qurilish korxonasi 
mahsulotlarida mujassamlanadi va ushbu mahsulotlarni amalga oshirish hamda 
sotishda tiklanadi. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin