O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/125
tarix09.10.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#129882
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   125
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

-
 
qurilish maydoniga zarur qurilish materiallari, buyumlar, konstruktsiyalar, 
asbob-uskunalar va butlovchi buyumlar, qurilish texnikasini yetkazib berish, ularni 
qabul qilish, tushirish, omborga joylash va saqlash; 
-
 
qurilish maydoni hududida vaqtinchalik inshootlar qurish; 
-
 
buyurtmachini pudrat shartnomalari tuzilishi davomida subpudratchilar 
bilan shartnomalar tuzilishi, shartnoma mavzusi, subpudratchining nomi va manzili 
to’g’risida xabardor qilish; 
-
 
qurilish maydonida texnika xavfsizligi, ishlarni bajarish vaqtida atrof 
muhitni, o’tqazilgan daraxtlarni va yer uchastkasini muhofaza qilish bo’yicha zarur 
tadbirlar bajarilishini ta’minlash, shuningdek yoritish chiroqlari o’rnatish; 
-
 
qurilish tavakkalchiliklarini sug’urta qilish; 
-
 
mazkur shartnoma bo’yicha ob’ektni foydalanishga qabul qilib olish 
to’g’risidagi dalolatnoma imzolangan kundan boshlab bir oy muddatda qurilish 
maydonini o’ziga tegishli qurilish mashinalari va asbob-uskunalari, transport 
vositalari, anjomlar, priborlar, inventarlar, qurilish materiallari, buyumlar, 
konstruktsiyalar hamda vaqtinchalik binolardan bo’shatish; 
-
 
qurilish maydoni qo’riqlanishini ta’minlash; 
Pudratchi shartnoma bo’yicha barcha ishlarning o’z kuchlari bilan va 
subpudratchilar tomonidan zarur tarzda bajarilishi hamda ob’ektning foydalanishga 
tayyor holda topshirilishi uchun buyurtmachi oldida to’liq mulkiy javob beradi. 
 
Buyurtmachining majburiyatlari asosan quyidagilardan iborat:
-
 
shartnoma imzolangan kundan boshlab uch kun muddatda shartnomaga 
muvofiq ishlarni bajarish uchun yaroqli bo’lgan qurilish maydonini ob’ekt qurilishi 
va qurilish tugallangungacha bo’lgan davrda dalolatnoma bo’yicha pudratchiga 
berish; 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin