41
oktyabrdagi “Kapital qurilishda ijara va lizing xizmatlari tizimini joriy etish”
to’g’risidagi 462-son qarori muhim turtki bo’ldi. Mazkur qonun va qarorlarning
qabul qilinishi munosabati bilan qurilish-montaj tashkilotlarining ob’ektlarni to’liq
bitkazgunga qadar bo’lgan muddatga qurilish texnikalari va mashina-
mexanizmlarini chetdan jalb etish bo’yicha imkoniyatlari yanada kengaydi.
Qurilish-montaj tashkilotlarining texnikalardan oqilona foydalanish va ularni
ekspluatatsiyasi bo’yicha barcha rejimlarga rioya etish bo’yicha mas’uliyatlari
yanada oshdi.
Lizing
kompaniyalarining muvaffaqiyatli rivojlanishida davlat tomonidan
har tomonlama o’ylab berilgan barcha preferentsiya va imtiyozlar muhim
hisoblanadi. Lizing to’lovlari qo’shimcha qiymat solig’idan ozod qiindi;
mamlakatga olib kelinayotgan texnologik uskunalar boj to’lovi va qo’shimcha
qiymat solig’idan
ozod qilindi; xo’jalik yurituvchi sub’ektlar – lizing oluvchilar
esa lizing shartnomasi muddati davomida mol-mulk solig’idan ozod qilindi.
Lizing, boshqa faoliyatlarga nisbatan tashqi savdo, kredit va investitsiya
jarayonlarining barcha elementlarini o’zida birlashtiruvchi investitsion va
tadbirkorlik faoliyatining yangi va istiqbolli turlaridan biri hisoblanadi. Umuman
olganda, lizing mazmun-mohiyati jihatidan mol-mulklar sotib olingandan keyin,
ularni keyinchalik jismoniy yoki yuridik shaxslarga ma’lum bir mablag’ evaziga
hamda aniq muddat va shartlar asosida vaqtinchalik foydalanishga berishda paydo
bo’ladigan mol-mulk va iqtisodiy munosabatlar majmuidan iboratdir.
Qurilishda ko’chuvchi va ko’chmas mulk lizinglarini ajratish kerak bo’ladi.
Ko’chuvchi mulk lizingi ob’ektlariga quyidagilar kiradi:
transport vositalari,
qurilish texnikasi, mashina va mexanizmlar, mobil zavodlar, hisoblash texnikasi
vositalari. Ko’chmas mulk lizingi ob’ektlariga esa ishlab chiqarishga mo’ljallangan
bino va inshootlar kiradi. Bozor sektori bo’yicha lizinglar ichki va xalqaro turlarga
bo’linadi. Muddati jihatidan lizinglar uzoq muddatli (3 yil va undan ortiq), o’rta
muddatli (3 yilgacha) va qisqa muddatli (1,5 yilgacha) bo’ladi. Amaliyotda mazkur
lizing turlarining barchasi tarqalgan bo’lib, ular mos ravishda qonun osti va
me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ta’minlangan.
42
Lizing kompaniyalari, tayyorgarlik
ishlarini amalga oshiradi, bunda lizing
loyihasining barcha shartlari to’liq o’rganiladi. Lizing loyihalarini kompleks
ekspertiza qilish lizing bitimlarini tuzishning majburiy shartlaridan biri
hisoblanadi. Ushbu jarayon murakkab bo’lib, uning ko’p elementlari respublika
sharoitida yetarlicha rivojlanmagan hamda chuqur o’rganilmagan.
Loyiha ekspertizasi - marketing tadqiqotlari, axborot ta’minoti, texnika va
moliya ekspertizasi,
tavakkalchilikni baholash, shartnomaviy narxlarni to’g’ri
aniqlash va loyiha qiymatini hisoblash kabi ishlarning o’tkazilishini ko’zda tutadi.
Respublikada kichik biznes va xususiy tadbirokorlikni rivojlantirishning
aniq mexanizmlarini ishlab chiqish, bunda asosiy e’tiborni sohada raqobat
muhitini rivojlantirish va monopoliyaga qarshi faoliyatni davlat tomonidan
tartibga solishni takomillashtirish masalalari muhim ahamiyat kasb etadi.
Milliy iqtisodiyotning boshqa sohalarida kabi, qurilish sohasida ham raqobat
muhitini rivojlantirish mexanizmi asosida ko’zlangan natijalarga erishish mumkin.
Buning uchun qurilish sohasida kichik va xususiy korxonalar faoliyatini
rivojlantirish, aktsiyadorlik kompaniyalari va jamiyatlarini boshqa mulk
shakllardagi korxonalarga aylantirish jarayonlarini takomillashtirish,
sohada
xizmat qiluvchi yangi tuzilmalarni, ayniqsa konsalting, injiniring, lizing va ijara
firmalari hamda kompaniyalarini tashkil etish va ular faoliyatini rivojlantirish
uchun yetarli darajadagi qulay huquqiy va iqtisodiy jihatdan imkoniyatlarni
yaratish talab qilinadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, xo’jalik yuritish mexanizmini davlat bevosita
belgilaydigan tarmoqlar “boshqariladigan” tarmoqlar deb yuritiladi.
Bunday
tarmoqlar tarkibi turli mamlakatlarda turlicha bo’lsa-da, ko’plab mamlakatlarda,
masalan AQShda boshqariladigan tarmoqlar jumlasiga temir yo’l, aviatsiya va
transportning boshqa turlari, bir qator yoqilg’i-energetika, gaz ta’minoti, elektr
quvvati va ko’plab turdagi kommunal xizmatlar va boshqalar kiradi.
Milliy iqtisodiyotda monopoliyaga qarshi muammolarni hal etish unda yuz
berayotgan xo’jalik jarayonlariga davlat ta’siri vositalarining muayyan tizimidan
43
foydalanishni taqozo etadi. Ushbu tizimning asosiy tashkil etuvchilari sifatida
quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
Dostları ilə paylaş: