O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


- investitsion faoliyatning qonunchilik bazasini takomillashtirish;  -



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/125
tarix09.10.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#129882
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   125
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

-
investitsion faoliyatning qonunchilik bazasini takomillashtirish; 
-
soliq tizimini qo'llash, soliq to'lovchilar va soliqqa tortish ob'ektlarini 
differentsiyalash, soliq stavkalari va ular uchun imtiyozlar


49 
-
asosiy fondlarning jadallashgan amortizatsiyasini o'tkazish; 
-
me'yor, qoida va standartlarni belgilash (o’rnatish); 
-
monopoliyaga qarshi choralarni qo'llash; 
-
kredit va narxni shakllantirish siyosatini olib borish; 
-
yer va boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish 
shartlarini belgilash; 
-
investitsiya loyihalarini ekspertizadan o'tkazish mexanizmlarini yaratish; 
-
O'zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya 
loyihalari amalga oshirilishini monitoring qilish orqali amalga oshiriladi. 
Qonunda markazlashtirilgan investitsiyalarni amalga oshirish qoidalari 
ko'zda 
tutilgan. 
Markazlashtirilgan 
investitsiyalarni 
boshqarish 
davlat 
investitsiyalari maqsadlari uchun ob'ektlarni aniqlash, investitsiyalash shartlari va 
ular bilan bog'liq boshqa masalalarni hal qilishni o'z ichiga oladi va o'z vakolatlari 
doirasida mahalliy hokimiyat organlari hamda davlat organlari tomonidan amalga 
oshiriladi. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo'nalishlarida amalga 
oshirilayotgan 
investitsiya 
loyihalari 
O'zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi va Investitsiya dasturiga kiritiladi. O'zbekiston 
Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga 
oshirishda ishtirokchilarga soliq va boshqa imtiyozlar beriladi. 
Qurilish 
sohasi 
investitsion 
jozibadorlik 
nuqtai 
nazaridan 
ko’p 
ustuvorliklarga ega. Boshqaruv nazariyasi va ijtimoiy mehnat taqsimoti nuqtai 
nazaridan nafaqat asosiy fondlarning tabiiy eskirishi tufayli ularni almashinuvi,
balki faoliyat yuritayotgan ishlab chiqarish korxonalarini rekonstruktsiya qilish va 
ularning quvvatlarini oshirish, shu jumladan yuqori sifat darajasida, shuningdek 
aholining uy-joyga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish masalalarini o’z ichiga olgan 
investitsion-qurilish faoliyatininng ayrim jihatlarini ko'rib chiqaylik. Boshqacha 
qilib aytganda, ushbu soha faoliyatining natijalari yangi boshlangan va davom 
etayotgan investitsiya dasturlari hamda asosiy fond va ishlab chiqarish quvvatlari
yaratilayotgan loyihalar hisoblanadi. Turli ob'ektlarni loyihalash, qurish va ishga 
tushirish uchun investitsiyalar oqimini rejalashtirish va ta'minlash, ularni 


50 
keyinchalik iste'molchilarga sotish jarayoni ushbu faoliyatning muhim tarkibiy 
qismlaridan biridir. 
Shunday qilib, investitsion-qurilish faoliyati birinchi navbatda barcha 
moddiy ishlab chiqarishning ajralmas qismi va eng muhim elementi sifatida, 
ikkinchidan, davlatning investitsiya siyosati amalga oshirilayotgan, yangi tashkil 
etish, mavjud ishlab chiqarishlarni rekonstruktsiya qilish, kengaytirish va 
modernizatsiya qilish, uy-joy, ijtimoiy va boshqa ob'ektlarni qurish bilan bog'liq 
loyihalar amalga oshirilayotgan soha sifatida ko'rib chiqilishi kerak. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin