51
shuningdek uning amalga oshirilishi davomida, moliyalashtirish hajmi bilan
aniqlanadigan parametrlarda ob’ekt modeli(loyihasi)ni yaratish hisoblanadi. Shuni
ta’kidlash mumkinki, investitsion-qurilish faoliyati
boshqa tarmoqlardan farqli
qiladi, ularning aksariyati texnologik jihatdan mustaqil va yopiq ishlab chiqarish
siklligi, yagona texnik bazaga ega ekanligi, ishlab chiqarishning ixtisoslanganligi
va boshqalar bilan tavsiflanadi. Shu
bilan birgalikda loyihalash, investitsion
-
qurilish jarayonining eng muhim bosqichi sifatida pudrat tashkilotlarining ishlab
chiqarish faoliyati samaradorligi va boshqa ko'rsatkichlariga katta ta'sir
ko'rsatmoqda. Shu boisdan, loyihani ishlab chiqish
samaradorligi investitsion-
qurilish kompleksi samaradorligini ta'minlashning muhim sharti hisoblanadi.
Iqtisodiyotga horijiy investitsiyalarni jalb qilish strategiyasi emas, balki ularni
qo'llashning taktikasi ham diqqatga sazovordir. Ular bugungi kunda asosan yirik va
ustuvor tarmoqlar hamda ishlab chiqarish sohalariga qo’yilmoqda. Shu bilan birga
ular, geografik jihatdan ham kengaymoqda.
Iqtisodiy faoliyatning turli yo'nalishlari investitsion
jozibadorlikning turli
darajalariga ega. Vazifa shundan iboratki, investitsiya loyihalarining haqiqiyligi va
ularning amalga oshirilishi natijasida iqtisodiy foyda va texnik muvaffaqiyat olib
kelinishi nafaqat buyurtmachi, balki butun iqtisodiyotning bosqichma-bosqich
rivojlanishi nuqtai nazaridan ham amalga oshirilishi lozim.
Innovatsion rivojlanish davrida korxonalar mumkin bo’lgan rivojlanish
yo'nalishlari va mavjud mablag'larni hisobga olgan holda o'z
faoliyatini maqsadli
ravishda amalga oshirishi kerak. 4.1-rasmda shunday yo'nalishlar majmui va ishlab
chiqarishni modernizatsiya qilish vositalari ko'rsatilgan.
Tanlov (tender) tizimining rivojlanishi qurilish tashkilotlari va korxonalarini
investitsiyalash jarayonini biroz murakkablashtiradi, biroq pudrat- qurilish ishlarini
yangi darajaga olib chiqishga imkon beradi, bu esa o’z navbatida investitsion-
qurilish jarayoniga ta'sir qiluvchi ijobiy va salbiy omillarni oldindan bilishga
imkon beradi.