64
ixtisoslashgan xo’jalik jihatdan mustaqil bo’lgan qurilish tashkilotlarini yaratishda
o’z ifodasini topadi. Bu tashkilotlar masalan, sanitar – texnik, elektromontaj,
jihozlarni montaj qilish va shu kabi ishlarni bajaradi.
Tarmoqli ixtisoslashtirishni kengaytirish xalq farovonligini ta’minlashga
yo’naltirilgan yashash va madaniy – maishiy soha bo’yicha qurilishning o’sib
borayotgan masshtablari bilan shart – sharoitlanadi. Bu
esa qurilish tashkilotlari
o’z faoliyati sohasini detallashtira borib, ma’lum bir tarmoqqa tegishli bo’lgan
korxonalarda, masalan domenli sexlar, elevatorlar, yashash binolari,
ijtimoiy va
madaniy vazifalarni bajarishga mo’ljallangan ob’ektlarga jamlanadi. SHuningdek,
qurilish tashkilotlarini tarmoqli ixtisoslashtirish, tarmoqlarning spetsifikasiga,
ishlab chiqarish texnologiyasining jihatlariga, bino va inshootlarning konstruktiv
yechimlariga, ularni qurish texnologiyasiga bog’liq bo’ladi.
Dastlab qurilishda tarmoqli ixtisoslashtirish vujudga keldi.
Texnologik
belgilar bo’yicha ixtisoslashtirish esa sanoat qurilishida texnologik montaj qilish va
jihozlarga tegishli bo’lgan boshqa ishlarni amalga oshiradigan tashkilotlarning
tashkil etilishi bilan boshlandi.
Hozirgi
vaqtda
ixtisoslashgan
qurilish
-
montaj
tashkilotlari
turli
yo’nalishlarda faoliyat ko’rsatmoqda. Ular yuqori saviyali kadrlar va bu
yo’nalishlar
bo’yicha
ixtisoslashgan
moddiy
-
texnik
bazani
o’zida
mujassamlashtiradi.
Qurilishda ixtisoslashtirishning rivojlanish darajasini belgilovchi ko’rsatkich
ixtisoslashgan tashkilotlar ish hajmining pudratli qurilish
-
montaj ishlari umumiy
hajmiga nisbati bilan aniqlanadi. Bosh pudrat bo’yicha ixtisoslashtirishning
umumiy darajasi (tashqi subpudratchi tashkilotlar
va xususiy ixtisoslashgan
tashkilotlar tomonidan bajarilgan ish hajmining bosh pudrat bo’yicha bajarilgan ish
hajmining nisbati) va xususiy kuchlar orqali bajarilgan ishlarlarning
ixtisoslashganlik darajasi (xususiy ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan bajarilgan
ish hajmining xususiy kuchlar orqali bajarilgan ishlar hajmiga nisbati)
ko’rsatkichlari qabul qilinadi.
Ixtisoslashtirish samaradorligiga quyidagi ko’rsatilganlar evaziga erishiladi: