68
Kombinatsiyalashning iqtisodiy samaradorligiga ishlab chiqarish va
transport
-
maishiy xarajatlarga sarflanadigan joriy mablag’larni
kamaytirish orqali
erishiladi. Texnologiyalarni takomillashtirish, alohida bajariladigan oraliq
operatsiyalarni tiklash, ixtisoslashgan ishlab chiqarishlar orqali birlashtiriladigan
ishlab chiqarish tsiklini qisqartirish iqtisod qilishning manbalarini tashkil etadi.
Kombinatsiyalash samaradorligi tegishli mahsulot turlarini ishlab chiqaradigan
kombinatsiyalangan va kombinatsiyalashtirilmagan korxonalar faoliyati iqtisodiy
ko’rsatkichlarini taqqoslash yo’li bilan aniqlanadi.
Har bir soha yoki tarmoqda amalga oshiriladigan
kombinatsiyalash ishlab
chiqarish jarayonlari xarakteri, xom
-
ashyo zahiralari, tarmoqning rivojlanganlik
darajasi va boshqa shu kabi ko’rsatkichlar bilan shart – sharoitlanadigan tarmoqqa
xos bo’lgan jihatlarga ega bo’ladi.
Sanoatda bo’lgani singari, qurilishda ham kombinatsiyalshtirish ijtimoiy
ishlab chiqarishni tashkil etishning boshqa shakllari - kontsentratsiyalash,
ixtisoslashtirish, kooperatsiyalash bilan uyg’unlikda rivojlanadi
va turli tashkiliy
shakllarga ega bo’ladi.
Qurilishda amalga oshiriladigan kombinatsiyalashning birinchi bosqichida
kominatsiyalashtirishning shakli faqat noasosiy ishlab chiqarishga ya’ni masalan,
qurilish uchun materiallarni karьerli ta’minlovchi va konstruktsiyalar, detallar
yarimfabrikatlar va shu kabilarni ishlab chiqaruvchilarni birlashtiradigan ishlab
chiqarish korxonalari kombinatlariga tegishli edi. Biroq kombinatsiyalashning
bunday shakli faqat tashkiliy xarakterga ega bo’lib,
u texnologik jihatdan
o’zaroaloqador bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish asosidagi korxonalarni
birlashtirmaydi.
Qora, rangli metallurgiya va ularning faoliyati ta’siridagi sanoatning boshqa
tarmoqlari uchun korxonalar qurilishini amalga oshiradigan qurilish kombinatlari
mavjudbo’lib, bunday qurilish kombinatlari ham texnologik jihatdan
o’zaroaloqador (o’zaro bog’langan) korxonalarning kombinatsiyalashgan ishlab
chiqarish funktsiyalarini to’liq bajara olmadi, ular
qurilishni boshqarishning
strukturali bug’inini namoyon etdi xolos. Qurilishda kombinatsiyalashning eng
69
ilg’or shakli sifatida 1959 yilda uy-joy qurilishida vujudga kelgan uy
-
joy qurilishi
kombinatlari (UJQK) keng tarqaldi.
UJQK ekspluatatsiyaga tayyor holda yakunlangan qurilish ma’sulotini
yaratish bilan o’zaro bog’langan jarayonlarni birlashtiradi va amalga oshiradi
hamda zavod sharoitlarida qurilish konstruktsiyalari va buyumlarini komplekt
tayyorlaydi, ularni qurilish maydonlariga yetkazib beradi hamda ushbu
konstruktsiyalar va buyumlarning montajini kombinatlarning o’zlari bajaradi,
shuningdek, ular maxsus qurilish ishlari va alohida ishlarni ham o’zlari
amalga
oshiradilar. Bir vaqtning o’zida UJQK zarur bo’lgan vaziyatlarda boshqa
tashkilotlar va korxonalar bilan kooperatsiyalashuvni amalga oshirgan.
UJQK tarkibiga ilgari xo’jasizlik tufayli va tashkiliy jihatdan tashlab
qo’yilgan tashkilotlar va korxonalarni kiritish, ob’ektlar qurilishi ishtirokchilarini
biriktirish, ishlarning yakuniy natijalari va ob’ektlarning sifatli tiklanishi uchun
kombinat kollektivining manfaatlarini va mas’uliyatini oshiradi.
Tashkiliy jihatdan ustunlikka ega ekanligi
bilan UJQK faoliyati texnik-
iqtisodiy ko’rsatkichlari yirik panelli uylar qurilishini olib boradigan pudratli
tashkilotlarning anologik ko’rsatkichlaridan ustun turadi.
UJQK uchun yagona qurilish balansi xarakterli bo’lib, unda kombinatning
qurilish bo’limlari sifatida - qurilish konstruktsiyalari, detallar, yarimfabrikatlar va
materiallar ishlab chiqaruvchi zavodlar yoki tsexlar ham o’z aksini topadi.
SHunday strukturaga ega bo’lgan UJQK ancha ratsionaldir, chunki bunday holatda
kombinat yagona qurulish-sanoat korxonasi sifatida maydonga chiqadi va uning
faoliyati ko’p me’yorda foydalanishga tayyor bo’lgan ob’ektlar ko’rinishidagi
yakuniy natijalarga erishishga qaratilgan bo’ladi. Shuningdek, UJQK koordinatsiya
funktsiyalari va qurilish jarayonida ishtirok etishi bo’yicha ham turlarga bo’linadi.
Ba’zi UJQKlar ko’p mavzeli (kvartalli) qurilishda subpudratchi sifatida bosh
pudratchi
tomonidan
oldindan
tayyorlangan
poydevorlarga
quriladigan
ob’ektlarning yer usti qismini qurishda faqat umumqurilish ishlarini amalga
oshirish bilan faoliyat yuritadi. Maxsus (sanitar
-
texnik, elektrmontaj va h.k.)
70
ishlarni bajarish uchun ular bunday vaziyatlarda subpudrat huquqiga asosan
maxsus ishlarni bajarishga ixtisoslashtirilgan tegishli tashkilotlarni jalb qiladilar.
Boshqa UJQKlar esa ob’ekt qurulishi uchun zarur bo’lgan ishlarning butun
kompleksini va uni foydalanishga topshirish bo’yicha bosh pudratchi funktsiyasini
o’z zimmasiga oladi va to’liq tsikldagi qurilishni hamda bino yer usti bo’yicha
bajariladigan hamma umumqurilish va maxsus ishlarni amalga oshiradilar.
Shaharning alohida kichik tuman(mikrorayon)lari
yoki mavzelarining
qurilishi bo’yicha bosh pudratchi sfatida chiqadigan UJQKlar ham mavjuddir.
Bunday vaziyatlarda uy
-
joy qurilishi kombinati madaniy-maishiy vazifalarni
bajarishga mo’ljallangan ob’ektlar, injenerlik tarmoqlari, yo’l qurilishi, hududlar
ko’kalamzolashtirilishini kiritgan holda butun yashash kompleksini foydalanishga
topshiradi.
Dostları ilə paylaş: