83
asosiy ishlab chiqarish jamg’armalari, tashkilot salohiyati to’g’risidagi
ma’lumotlar keltiriladi. Bosh vazifa – buyurtmachilarga o’zini salohiyatli qilib
ko’rsatish, ya’ni taklif etilayotgan ish hajmlarini tashkilot zarur bo’lgan
muddatlarda va talab etiladigan sifatda bajara olishga qodir ekanligini namoyon eta
bilish.
Tashkiliy reja
–
pudratli firma tashkiliy strukturasi va uning personali:
tarkibi, yoshi, ma’lumoti,
ish tajribasi; ishchi kuchi, moddiy sharoitlari,
kadrlar
siyosati va shu kabi ma’lumotlarni o’z ichiga kiritadi. Agar so’z qurilayotgan
ob’ekt, korxona haqida borayotgan bo’lsa, u holda ham xuddi shunday
ma’lumotlar keltiriladi.
Huquqiy ta’minlanganlik.
Qurilish
-
montaj va
loyihalash firmalari uchun
ularning tuzilgan sanasi ko’rsatiladi, ro’yxatdan o’tganligi to’g’risida ma’lumotlar,
muassislik hujjatlari, faoliyat yuritishni asoslovchi guvohnomaning raqami
(litsenziyaning nomeri),
mulkchilik shakli, boshqa tashkilotlar bilan ishlash
to’g’risidagi shartnomalar yoki taqrizlarning nusxalari keltiriladi.
Dostları ilə paylaş: