O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/125
tarix09.10.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#129882
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   125
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

-
tadbirlar keltiriladi. 
9.
Fuqaro mudofaasi bo’yicha muhandislik-texnik tadbirlar 
aholi va 
hududni tabiiy ofatlardan hamda texnogen xarakterli favqulodda vaziyatlardan 
himoya qilish bo’yicha tadbirlarni o’z tarkibiga kiritadi. 
10. “Smeta hujjatlari” bo’limi
qurilish tannarxining jamlangan smeta 
hisoblarini, zarur bo’lgan hollarda sarf-xarajatlar jamlanmasini, ob’ekt va lokal 
smeta hisoblari, alohida turdagi sarf-xarajatlar va shu bilan birgalikda tadqiqot 
ishlari hamda loyihalash ishlari bahosini ham o’zida mujassam etadi. Smeta 
hujjatlarida qurilishning smeta narxini ikkita narx bo’yicha: bazis va oldindan 
(yoki bashoratli) baholash tavsiya etiladi. Bazis va bashoratli narxlar asosida 
buyurtmachilar va pudratchilar qurilish mahsulotlariga qo’yiladigan jamlanma 
(shartnomali) narxlarni shakllantiradilar. 
11.
“Investitsiyalar samaradorligi” bo’limida
investitsiyalarni asoslash 
vaqtida o’rnatilgan kapital mablag’lar samaradoligini baholash aniqlanadi. Loyiha 
(texnik loyiha)da, qoidaga ko’ra, qurilishni bajarishga jalb qilish va uni amalga 
oshirish bo’yicha savdolashish e’loni uchun tenderli hujjat ishlab chiqiladi. 
Texnik loyiha,
qoidaga ko’ra, ekspertizadan o’tkaziladi. Aksariyat hollarda 
buyurtmachi yirik va murakkab ob’ektlarni ekspertizadan o’tkazish uchun tender 
e’lon qiladi. Ekspertiza jarayonida ishlab chiqilgan loyihaning loyihalash uchun 
taqdim etilgan texnik topshiriqqa muvofiq kelishi tekshiriladi, ilg’or taraqqiyot 
natijalaridan foydalanganlik darajasi va loyihaviy yechimlarning yangligi tahlil 
qilinadi, kapital mablag’lar iqtisodiy samaradorligining to’g’ri baholanganligi 
tekshiriladi, qabul qilingan loyihaviy yechimlar mamlakatdagi va xorijdagi eng 
yaxshi loyihalar bilan solishtiriladi. Inshootning xavfsizligi bilan bog’liq bo’lgan 


91 
masalalar yechimlariga alohida e’tibor qaratilishi taqoza etiladi. Ekspertiza 
yakunlangandan keyin ekspertiza xulosasi loyihalovchiga beriladi. Loyihachi 
ekspertlar tomonidan ko’rsatilgan kamchiliklarni o’rganib chiqqandan keyin 
buyurtmachi bilan birgalikda loyihani to’ldirish va unga o’zgartirishlar kiritish 
to’g’risida qaror qabul qiladi. Undan so’ng loyiha tasdiqlanadi va buyurtmachi 
ob’ekt qurilishi uchun tender e’lon qilish haqida qaror qabul qiladi, shu asosda 
pudratchi qurilish tashkiloti aniqlanadi. 
Xalqaro amaliyot va amaldagi tavsiyalarga muvofiq ob’ekt qurilishiga 
tegishli bo’lgan ishchi hujjatlar buyurtmachi tomonidan ishlab chiqiladi yoki uning 
(buyurtmachining) qarori bilan ishchi hujjatlarning kontrakt asosida tuzilishi 
ixtisoslashgan loyiha – ilmiy tekshirish tashkilotlariga topshiriladi. Ishchi 
chizmalarni 
tuzishda 
texnik 
loyihadagi 
texnik-iqtisodiy 
ko’rsatkichlarni 
pasaytiradigan, ishchi-xizmatchilarning mehnat qilish sharoitlariga salbiy ta’sir 
ko’rsatadigan yechimlar yoki inshootning xavfsizlik darajasini pasaytiradigan 
yechimlarni qabul qilish taqiqlanadi. Ishchi chizmalar kelishuv, ekspertiza va 
tasdiqlashga topshirilmaydi. Ishchi chizmalar qurilayotgan korxona bosh injeneri 
yoki amaldagi korxona kapital qurilishi boshqarmasining bosh injeneri imzosi 
bilan to’g’ridan-to’g’ri ishlarni bajarishga tadbiq etiladi. 
Ishchi loyihalarni tuzish bosqichida qurilish tashkiloti odatda o’zining 
xusuiy kuchlari orqali ishlarni ishlab chiqarish loyihasini (IIL) ishlab chiqadi, unda 
ishlarni ishlab chiqarish metodlari va ob’ektni qurish uchun zarur bo’lgan resurslar 
aniqlanadi. 
Ishlarni ishlab chiqarish muddatlari moddiy-texnika resurslarining hajmi va 
ularning o’z vaqtida yetkazilib berilishiga bog’liq bo’ladi. Bu savollar ishlarni 
ishlab chiqarish va resurslarning ob’ektga yetkazilish grafigini tuzish vaqtida 
yechiladi. Qurilish maydonini zarur bo’lgan material resurslari bilan minimal 
ravishda ta’minlashdan kelib chiqqan holda qurilish materiallarini ob’ektga 
yetkazish grafigi tuziladi. 
Ob’ektning bosh qurilish rejasi ham ishlarni ishlab chiqarish va qurilayotgan 
ob’ektni resurslar bilan ta’minlash singari IILning muhim tarkibiy qismlaridan biri 


92 
deb hisoblanadi, unda qurilayotgan bino va inshoot oldindan mavjud bo’lgan 
doimiy va inventar binolarning joylashish o’rni ko’rsatiladi. Qurilishning bosh 
rejasi qurilish maydoni hududidan oqilona foydalanishni hisobga olgan holda 
ishlab chiqiladi. Ishlab chiqarish–maishiy xonalarining soni va ularni joylashtirish 
tartibi sanitariya me’yorlarini qoniqtirishi zarur va ishchilarning qurilish maydoni 
hududi bo’yicha ortiqcha yurishlariga yo’l qo’ymasligi lozim. Muhandislik 
kommunikatsiyalari trassalari va yo’llar minimal uzunlikka ega bo’lishi kerak.
Qurilish mashinalarini shunday joylashtirish taqoza etiladiki (texnika 
xavfsizligi talablariga rioya qilgan holda), bunda ishlab chiqarishni oqilona 
ishlangan texnologiya bilan ta’minlash talab etiladi. Loyihalash bir bosqichda olib 
borilayotganda texnik-ishchi loyiha formatida tasdiqlanadigan qism va ishchi 
chizmalar ajratilib ko’rsatiladi. Tasdiqlanadigan qismning kelishuvi va tasdiqdan 
o’tkazilish tartibi texnik loyihani kelishish hamda tasdiqlash protseduralariga 
o’xshash bo’ladi. Ishchi hujjatlar lokal smetalar, qurilish materiallariga bo’lgan 
ehtiyoj bayonnomalari, jihozlar xususiyatlari va ishlarni ishlab chiqarishga 
qo’yiladigan talablarni o’z ichiga oladi. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin