O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/125
tarix09.10.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#129882
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   125
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

Asbosement buyumlar
 
ikkinchi jahon urushidan oldingi besh yillikdan 
buyon qo’llanilib kelinmoqda. Asbosement detallar yengil, suv o’tkazmaydigan, 
olovbardosh va uzoq muddatga jidaydigan bo’lib, ulardan buyumlar tayyorlash 
uchun katta mehnat sarfi va ko’p mablag’ talab qilinmaydi. Asbosementdan 
tayyorlangan tashqi devor panellari temirbetondan tayyorlangan xuddi shunday 
konstruktsiyalardan 5 marta yengildir. Asbosement sanoatining asosiy vazifasi – 
yirik o’lchamli (uzunligi 3 metr va undan yuqori bo’lgan) zichlangan yassi va 
to’lqinsimon tom yopmalari (shifer) ishlab chiqarish hajmini ancha oshirish, 
asbosement panellar va plitalar hamda rangli asbotsement tom yopmalari ishlab 
chiqarishni tashkil etishdan iboratdir. Asbosement konstruktsiyalar qishloq 
qurilishida ham keng qo’llanilmoqda. 
Yog’och konstruktsiyalar
 
mamlakatning o’rmonli hududlarida, yuklarni 
tashishda uzoq qishloqlarda qurilish ob’ektlarini tiklashda, kimyoviy agressiv 
muhitga ega bo’lgan sanoat binolarini barpo etishda, tomosha va ko’rgazma zallar, 
sport inshootlari, yopiq bozorlar va pavilonlarni qurishda keng ko’lamda 
qo’llanadi. 


103 
 Pardozlash 
materiallari.
 
Keyingi 
yillarda 
pardozlash 
ishlarini 
sanoatlashtirish sohasida shahdam qadamlar qo’yildi va sintetik materiallar 
asosidagi o’ramli hamda plitali materiallar keng qo’llanilmoqda. 
Plitalar va o’ramli materiallarning qurilishga tadbiq etilishi pardozlash ishlari 
sifatini yaxshiladi va pardozlash ishlari xarakterini tubdan o’zgartirdi. Pollarni 
qoplash, devorlarni pardozlash, pardevorlar uchun bu materiallardan foydalanish 
binolarni montaj qilish usullari va montajdan keyingi hamda pardozlash ishlari 
orasidagi nomuvofiqlikni bartaraf etdi. 
O’sib borayotgan hajmga ega bo’lgan yig’ma konstruktsiyalarni chiqarish 
ko’plab qurilayotgan ob’ektlarda yig’ma qurilishga o’tish, mashinalar yordamida 
bino va inshootlarni tayyor konstruktsiyalardan tiklash imkonini berdi. Qurilish 
maydonlari asta-sekinlik bilan konveyerli qurilish maydoniga aylanmoqda, ularda 
zavodlarda yuqori darajada tayyorlangan yirik o’lchamli tugunlar va detallarning 
montaj qilinishi orqali binolar va inshootlar tiklanadi. Texnologiya bo’yicha 
qurilish yanada katta mavqedagi yirik sanoat korxonalari bilan uzviy bog’lanishga 
ega bo’lmoqda. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin