O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t
- moddiy
- texnika ta’minoti xizmati, bu xizmat ishlab chiqarish jarayoni
uchun xom-ashyo, yarimfabrikatlar, butlovchi detallarni o’z vaqtida yetkazishni
ta’minlash va tartibga solish bilan shug’ullanadi. Bundan tashqari ta’minot va
sotish bo’limlari xo’jalik shartnomalari asosida o’rnatilgan xizmatlarni
nomenklatura va o’z muddatida hamda belgilangan hajmda bajarilshini ham
ta’minlaydi;
- materiallar, yoqilg’i, xom-ashyo va tayyor mahsulotlarni joylashtirish va
saqlash xizmati, bu xizmat omborxona bilan ta’minlangan bo’lib, ta’minot va
sotish tizimi moddiy – texnika bazasi deb hisoblanadi;
- tayyor mahsulotlarni komplektlashtirish bo’yicha ishlab chiqarish –
texnologik xizmat ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi, chunki bino va inshootlarni
tiklash yig’ma elementlarni kalendar grafik bo’yicha qat’iy ravishda yetkazib
berishni
talab
etadi.
SHuning
uchun
ishlab
chiqarish
-
texnologik
komplektlashtirish xizmati qurilish tashkiloti bilan kelishilgan buyumlar va
konstruktsiyalarni qa’tiy ravishda sutkali va soatli grafik bo’yicha belgilangan
muddatlarda ma’lum miqdorda, nomenklatura bo’yicha yetkazishni ta’minlaydi;
- asbob
- uskuna xo’jaligi va texnologik jihozlar ta’minoti xizmati. Bu
xizmat bo’limi ishlab chiqarishni asbob
- uskuna, moslamalar, texnologik jihozlar,
yuqori sifatli qoliplar bilan ta’minlaydi. Yuqorida ko’rsatilganlar bilan
ta’minlanganlik ilg’or texnologiyani, ko’p mehnat talab qiladigan ishlarni
mexanizatsiyalashni muvaffaqiyatli tadbiq etishni oldindan aniqlab beradi.
- ta’mirlash – mexanik ishlab chiqarish xizmati, bu xizmat vazifasi katta va
murakkab
park
jihozlari,
mashinalar
ishchi
holatini
ta’mirlash va
modernizatsiyalash orqali ta’minlashdan iborat. Qurilish tashkiloti ishi natijalari bu
xizmat bo’limining puxta ishlashi bilan keng ma’noda aniqlanadi;