120
yetkazib berish, shuningdek,
tegishli axborotlarni uzatish, saqlash va qayta
ishlashni rejalashtirish, nazorat qilish va boshqarish haqidagi fandir.
Bunda asosiy izlanish ob’ektlari quyidagilar bo’ladi: logistik ushlab
qolishlar, axborot oqimi,
logistik tizim, logistik funktsiya, logistik zanjir,
logistik
operatsiyalar, materiallar oqimi va boshqalar. Logistika qator o’zaro bog’langan
bo’limlarni
qamrab oladi, jumladan ta’minot logistikasi, ishlab chiqarish
logistikasi, savdo
-
sotiq logistikasi, transport logistikasi va boshqalar.
Logistik
tizimlar doirasida qurilish materiallariga bo’lgan ehtiyojni bashorat qilish va
zahiralar holatini nazorat qilish, buyurtmalarni yig’ish va qayta ishlash, logistik
zanjirda material oqimi ketma-ketligi va bo’g’inlarini aniqlashni o’z tarkibiga
kiritgan qator masalalar va ularning komplekslari yechiladi.
Qurilish logistika tizimlarini logistik tizimlarning umumiy nazariyasi
matnida ko’rib chiqish taqoza etiladi.
Oqimlarning turlariga ko’ra logistik tizimlarni quyidagilarga ajratish
mumkin: materiallar, moliyaviy, axborot oqimlari va mehnat resurslari oqimlari.
Materiallar oqimlari logistik tizimlari yoki
boshqacha qilib aytganda
materiallar logistik oqimlari qurilish tashkilotlari va korxonalar (firmalar) moddiy
resurslarini sotib olishdan tortib to tayyor mahsulot (binolar va inshootlar)ni
sotishgacha bo’lgan barcha harakatlarni birlashtiradi.
Moliyaviy oqimlar logistik tizimi (yoki logistik moliyaviy tizim) ishlab
chiqarish va qurilish mahsulotini sotish bilan bog’liq bo’lgan hamma moliyaviy
oqimlar harakatlarini birlashtiradi.
Axborotlar oqimlari logistik tizimlari (yoki axborotlar logistik tizimlari)
qurilish firmasi oddiy ishlab chiqarish jarayonlarini qanday birlashtirsa,
ushbu
firma orqali amalga oshiriladigan kengaytirilgan ishlab chiqarish jarayonlarini ham
xuddi shunday birlashtiradi.
Mehnat resurslari oqimlarining logistik tizimlari (yoki mehnatning logistik
tizimlari) mehnat resurslarini qurilish firmasiga yo’naltirishning barcha xilma-
xilligini birlashtiradi.
121
Logistikalarni qurilish ishlab chiqarish tsikli stadiyalari bo’yicha
differentsiyalash bilan quyidagi logistik tizimlarni ko’rib chiqish mumkin:
Dostları ilə paylaş: