131
pogonometrlar, kvatrat metrlar) da o’lchangan alohida ish turi hajmining ushbu ish
turini bajargan ishchilar soniga (kishi) nisbati orqali aniqlash mumkin.
Natural ko’rsatkich (ishalb chiqarilgan naturaviy miqdor)
mehnat
unumdorligining eng ob’ektiv va ishonchli ko’rsatkichi deb hisoblanadi. Ishlab
chiqarilgan mahsulot miqdorining naturaviy o’lchamlardagi ko’rsatkichlari alohida
birgadalar va ishchilarning mehnat unumdorligini aniqlash hamda taqqoslash,
ularning
sonini rejalashtirish, professionalь va saviyaviy (kvalikatsion) tarkibini,
turli tashkilotlarda bir xil tipli ob’ektlarni qurishda bir jinsli ishlarni bajarishdagi
mehnat unumdorligini qiyoslash imkonini beradi. Biroq unumdorlikning bunday
ko’rsatkichlari ham kamchiliklardan holi emas. Masalan ular qurilish har xil jinsli
ishlarning bir nechta turlarining bajarilishida tashkiloti bo’yicha mehnat
unumdorligining umumlashgan ko’rsatkichini aniqlash imkoniyatini bera olmaydi,
tugatilmagan ishlab chiqarish qoldiqlarining o’zgarishini hisobga olmaydi.
Me’yoriy usul.
Mehnat unumdorligini o’lchashning me’yoriy metodi
me’yorlarda ko’satilgan mehnat sarfi asosida faktli mehnat sarfining aniq ish
hajmiga nisbatini ko’rsatadi, ya’ni ishchilar tomonidan ishalb chiqarish
me’yorlarining bajarilish darajasini tavsiflaydi. Me’yoriy ko’rsatkich ishlar mehnat
sig’imining me’yor bo’yicha (kishi-kunlar) nisbatini 100% ga ko’paytirish
orqali
ifodalab beradi. Me’yoriy metod yoxud me’yoriy vaqtning qisqarish darjasini,
yoki ishlab chiqarish me’yorining bajarilish darajasi (miqdori)ni aniqlash imkonini
beradi.
Qiymat usuli.
Mehnat unumdorligini aniqlashning qiymat usuli eng ko’p
talqalgan bo’lib, bunda mahsulot miqdori smeta narxda yoki shartnoma asosida
kelishilgan narxda hisobga olinadi. Bu usulda mehnat unumdorligining darajasi
asosiy
va yordamchi ishlab chiqarish, ya’ni qurilish tashkilotining qurilish-ishlab
chiqarish personali bo’yicha bitta ishchiga to’g’ri keladigan qurilish-montaj
ishlarining smeta narxlari orqali o’lchanishi bilan tavsiflanadi.
Qiymat ko’rsatkichni qurilish tashkiloti (korxona, firma) bo’yicha hamda
birlashma, vazirlik miqiyosida umumiy mehnat
unumdorligini belgilaydigan
ko’rsatkich deb hisoblash mumkin. Ushbu ko’rsatkichning ustunlik tomonlari –
132
hisoblashning oddiyligi, turli ob’ektlar, qurilishlarda unumdorlikning darajasini
taqqoslash imkoniyati mavjudligi, o’tgan qator yillar
davomida unumdorlikning
dinamikasini aniqlash, uning kamchiliklari – jonli mehnat samaradorligiga hech
qanday aloqasi bo’lmagan ishlarning material sig’imiga, mehnat qurollari va
predmetlarining dinamikasiga bo’lgan ta’siri.
Dostları ilə paylaş: