O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/125
tarix09.10.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#129882
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   125
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

-
xarajatlarni bir
-
biriga bog’lash orqali alohida ishchilarning 
xo’jalik hisobidagi fanfaatlarini hisobga olgani kabi butun jamiyatning ham 
manfaatini ifodalamog’i lozim. Natija sifatida foyda, daromad tushunilsa, sarf 
sifatida esa mehnatga haq to’lash fondi tushuniladi. 
Boshqarishning 
mehnat 
unumdorligi 
o’sishi 
omillaridan 
foydalaniladigan tashkiliy-iqtisodiy usullari.
Bozor turidagi iqtisodiyotga o’tish 
boshqarishning 
mehnat 
unumdorligini 
o’stirishga 
qaratilgan 
an’naviy 
yondashuvlarini qayta ko’rib chiqishni talab etadi. Ushbu sohada fan va amaliyot 
orqali ko’p yillar davomida nimalar to’plangan bo’lsa, hammasining ijobiy va 
salbiy tomonlarini xolisona baholash zarurdir. Ishlab chiqarishni faqat uning 


137 
texnik-iqtisodiy mazmuni jihatidan ko’rib chiqilishini butunlay maqsadga muvofiq 
deb bo’lmaydi. 
Ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy mazmuni, uning omillari bilan 
bog’liqlikda aniqlanadi. Texnika, texnologiya va materiallarning oshib borayotgan 
imkoniyatlari mehnatni, ishlab chiqarishni va boshqarishni tashkil etish ta’siri 
ostida amaliyotga tadbiq etiladi.
Mehnat samarador bo’ladiki, qachonki, uning tashkil etilishi ishlab chiqarish 
va boshqarishning kompleks tarzda tashkil etilishi bilan birgalikda amalga 
oshirilsa, lekin bu shart har doim ham bajarilavermaydi. Ishlab chiqarishni tashkil 
etish 
– bu, mohiyatiga ko’ra, mehnatning moddiy elementlarining 
funktsiallashuvini ta’minlash bo’lsa, boshqarishni tashkil etish esa – mehnat 
munosabatlarining funktsiallashuvidir. Kompleks tashkil etilgan mehnat faoliyatini 
ish joyiga, tuzilma birligiga va butun korxonaga qo’llash juda muhimdir: bu 
mehnatni tashkil etishning tor tushunchasidan texnologik faoliyatga o’tish 
demakdir.
Hozirgi vaqtda yangi ishga tushirilayotgan ob’ektlarning hammasi ham 
texnik va texnologik parametrlar bilan uzviy bog’langan mehnat, ishlab chiqarish 
va boshqarishni tashkil etishning puxta tayyorlangan loyihalariga har doim ham 
ega bo’lavermaydi. SHu sababli mehnatni va ishlab chiqarishni boshqarishning 
tashkil etilishi darajasi hamda bir xil sharoitlarda ishlayotgan, aynan bir xil jihozlar 
(dastgohlar)da bir xil mahsulotlarni ishlab chiqaradigan korxona ishchilarining 
soni tez-tez bir-biridan sezilarli ravishda farq qilib turadi. 
Inson omilini faollashtirish va fan
-
texnika taraqqiyotini jadallashtirish – bu 
muvozanatlashuvchanlik va ishlab chiqarish omillari dinamik rivojlanishining 
o’zaro bog’langan muammolaridir.
Ijtimoiy omillarning rolini kuchaytirishni hisobga olmasdan turib mehnat 
samaradorligi muammosini yechish mumkin emas. Faqat shuni inobatga olgan 
vaziyatdagina ikkita o’zaro bog’langan masalalarning maqbul yechimlarini topish 
mumkin bo’ladi: yuqori natijaga ega bo’lgan ishlab chiqarish va tovarlar hamda 
xizmatlarning raqobatbardoshligi ta’minlanadi va shu bilan bir vaqtning o’zida har 


138 
bir ishchi-xodimga tegishli ijtimoiy kafolatlarni taqdim etish yo’li bilan ishchi-
xodim-larning ishlab chiqaruvchanligini kengaytirishga erishish mumkin.
Mehnat mazmunini aniqlashda, uning ustuvor qadr
-
qimmati tan olinishi, 
yangi texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari va atrof-muhitni muhofaza 
qilish sharoitlarini belgilab beradi. Ulardan oxirgisi, ya’ni atrof
-
muhitni muhofaza 
qilish ayniqsa qurilish ishlab chiqarish sohasida juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mehnatni juda ham tor darajadagi bo’limlarga ajratishga mutlaqo yo’l 
qo’ymaslik kerak, ishchi
-
xodimlarga mehnat funktsiyalarini kengaytirish uchun 
keng imkoniyatlar taqdim etish, kasblarni qo’shish, boshqaruvda ishtirok 
etishlarini, texnologiyani insonga va insonni texnologiyaga o’zaro moslashuvini 
ta’minlash zarur. 
Bozor munosabatlari sharoitida yuqori professional ishchi-xodimlarni jalb 
etishning egiluvchan shakllarini ta’minlash taqoza etiladi. Har bir ishchi
-
xodimni 
nafaqat uning professional sifatlari nuqtai-nazaridan, balki uni insonga xos bo’lgan 
indivudial fazilatlar va ehtiyojlar bo’yicha ham baholash alohida muhim ahamiyat 
kasb etadi. SHunday qilib, mehnat faoliyatini tashkil etishni mehnatning ichki 
bozorida shakllanayotgan personaldan ajratib bo’lmaydi. 
Korxonada mehnat faoliyatini tashkil etish yuqori tashabbuskorlik va faollik 
darajasiga ega bo’lgan va o’zining ishi uchun har qanday xavf-xatarga yuz 
tutadigan ishchi-xodimlari bilan ajralib turadigan tadbirkorlikning rivojlanishi 
bilan uzviy bog’langandir. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin