153
-
qurilishning
kalendar rejasi, unda asosiy va yordamchi binolar va
inshootlar qurilishining muddatlari va ketma-ketligi, texnologik uzellar va
ishlarning bosqichlari, kapital mablag’larning taqsimlanishi bilan ishga tushirish va
shaharsozlik komplekslari, binolar va inshootlar hamda qurilish davrlari bo’yicha
qurilish-montaj ishlarining hajmlari ko’rsatiladi;
-
qurilish bosh rejalarida doimiy binolar va inshootlarning joylashishi,
vaqtinchalik jumladan qo’chuvchan (inventar) binolar va inshootlar, jihozlar,
konstruktsiyalar, materiallar va buyumlarni tashish uchun doimiy vaqtinchalik
temir hamda avtomobil yo’llari;
-
katta yuk ko’taruvchi kranlarning yurishi uchun yo’llar; injenerlik
tarmoqlari, qurilish maydonini elektrenergiyasi, suv,
issiqlik, bug’ bilan
ta’minlash manbalarini ko’rsatgan holda vaqtinchalik xizmat ko’rsatadigan
injenerlik kommunikatsiyalarining asosiy ishlab turgan tarmoqlarga ulanish joylari;
omborxona joylari; asosiymontaj kranlari va boshqa qurilish mashinalari,
mexanizatsiyalashgan qurilmalar; bo’zilish kerak bo’lgan mavjud qurilishlar,
binolar va inshootlarning bo’linish o’qlarini o’rnatish (mahkamlash) belgilarining
joylashishlari ko’rsatiladi;
-
tashkiliy-texnologik sxemalar, ular orqali ishlarning texnologik ketma-
ketligi ko’rsatilgan holdabinolar va inshootlarni tiklashning maqbul (optimal)
ketma-ketligi aniqlanadi;
-
asosiy qurilish, montaj va maxsus ishlar hajmlarining ro’yxati (vedomosti);
-
qurilish konstruktsiyalari, buyumlari, materiallari va jihozlarga bo’lgan
ehtiyojlar ro’yxati;
-
asosiy qurilish mashinalari va transport vositalariga bo’lgan ehtiyojlar
grafigi;
-
asosiy kategoriyalar bo’yicha quruvchi kadrlarga bo’lgan ehtiyojlar grafigi;
-
tushuntirish matni.
QTL ning tartib va mazmuni loyihalanayotgan ob’ektning murakkabligi va
spetsifikasini (o’ziga xosligini) hisobga olgan holda o’zgartirilishi mumkin.
154
Binolar, inshootlar yoki ularning qismlarini (uzellarini) tiklashda QICHL
tarkibiga quyidagilar kiradi:
-
ob’ekt bo’yicha ishlarni ishlab chiqarishning kalendar rejasi yoki
kompleksli tarmoqlanuvchan grafik, ularda ishlarning bajarilishi
ketma-ketligi va
muddatlari ko’rsatilib, unda ishlar mumkin qadar maksimal holda qovushtiriladi;
-
qurilish bosh rejasi, unda qurilish maydonining chegaralari va uni to’sish
turlari; amaldagi vaqtinchalik xizmat qiladigan yer osti, yer usti va havo orqali
o’tkazilgan tarmoqlar va kommunikatsiyalar; doimiy va vaqtinchalik xizmat
qiladigan yo’llar; transport vositalari va mexanizimlarining
harakatlanish
sxemalari; qurilish va yuk ko’taruvchi mashinalarini o’rnatish joylari; ularning
ko’chish yo’llari va ishlash (harakat) zonasi; doimiy, qurilayotgan va vaqtinchalik
binolar va inshootlarning joylashish o’rni; geodezik bo’luvchi asoslar xavfli
zonalar, ishchi yaruslarda (qavatlarda) ishlatilayotganlarning ko’tarilish yo’llari va
ularni ko’tarib chiqarish holda tushirish vositalarini ko’rsatuvchi belgilarning
o’rnatilish joylari; shuningdek binolar va inshootlarga utish yo’laklarining
ko’tarilishi, energiya bilan ta’minlash manbalari va vositalari hamda qurilish
maydonini yoritish vositalari va manbalari,
yerga ulanish konturlari; qurilish
axlatlari uchun ajratilgan joy va idishlar, materiallar va konstruktsiyalarni saqlash
uchun maydon va xonalar, konstruktsiyalarni yig’in maydonchasi, quruvchilarga
sanitar-madaniy-maishiy xizmat ko’rsatish xonalarining joylashishi,
suv ichish
o’rnatmalarining va dam olish joylari, hamda o’ta xavfli ishlarni bajarish zonalari
ko’rsatiladi. Cho’kuvchan gruntlarda suv tarqatuvchi punktlar, nam jarayonlar
qo’llanadigan mexanizatsiyalashgan o’rnatmalar va vaqtinchalik xizmat
ko’rsatadigan inshootlar joyning relьefli bo’yicha pasayib boradigan tomonlarga
joylashtirilishi, ularning atrofidagi maydonchalar suvning tez oqib ketishini
hisobga olgan holda rejalashtirilmog’i lozim;
-
texnologik kartalar (sxemalar), ularda aholida ish
turlari sifat operatsion
nazorat qilish sxemasi, ishlarni ishlab chiqish metodlarining bayonnomasi
(matnni), mehnat sarflari va materiallar, mashinalar, jihozlar,
moslamalar va
155
ishchilarni himoyalash vositalari, shuningdek korxonalarni, binolar va inshootlarni
rekonstruktsiya qilishda demontaj ishlarining ketma-ket bajarilishi ko’rsatiladi;
-
geodezik ishlarni ishlab chiqarish bo’yicha yechimlar o’z ichiga geodezik
qurishlar (tuzishlar) va o’lchamlarni bajarish uchun belgilarni joylashtirish
sxemalarini oladi, hamda bu yechimlarda zarur bo’lgan aniqlik va qurilish-montaj
ishlarini geodezik nazorat qiladigan texnik vositalar ko’rsatiladi;
-
QMQ 3.01.02
-
00 orqali aniqlangan tarkibda xavfsizlik texnikasi bo’yicha
yechimlar;
-
qurilish maydoni va ish joylarini suv, issiqlik va energiya ta’minoti va
yorug’lik bilan yoritish (jumladan avariya holati uchun ham) uchun vaqtinchalik
tarmoqlarni yotqizish bo’yicha yechimlar, ularda zarur bo’lgan hollarda ta’minot
manbalaridan tarmoqlarni tortib borishni o’z ichiga olgan ishchi chizmalar
ko’rsatiladi;
-
texnologik inventar va montaj uskunalarining ro’yxati hamda yuklarni
xavfsiz yuklash, ilish, osishning sxemalari;
-
quyidagilarni o’z ichiga oladigan tushuntirish matni:
Dostları ilə paylaş: