O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


- tadbirlar va qoidalarni talab etadi.  8. “Texnik -



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/125
tarix09.10.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#129882
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   125
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

-
tadbirlar va qoidalarni talab etadi. 
8. “Texnik
-
iqtisodiy ko’rsatkichlar” tayyor, ya’ni tugallagan mahsulotning 
qabul qilingan o’lcham birligida ishlarni ishlab chiqish grafigi va mehnat sarflari 
ma’lumotlari bo’yicha tuzildi. 
Bu ko’rsatkichlar quyidagilarni: ishchilar mehnatining me’yoriy sarflari 
yig’indisi, kishi-soatlar; mashina vaqtining me’yoriy sarflari yig’indisi, mashina-
soatlar; ishchilarning ish haqi summasi, so’m; mexanizatorning ish haqi summasi, 
so’m; grafik bo’yicha ishning davomiyligi, smenalar; smenada bir nafar ishchining 
ishlab chiqarish unumdorligi, bu yakuniy tayyor mahsulot ko’rsatkichining kishi
-
smenalardagi 
me’yoriy mehnat sarfiga bo’linganligi bilan aniqlanadi; 
mexanizatsiyalashga sarflanadigan xarajatlar, so’m; ishchilar ish haqi va 


157 
mexanizatsiyalashtirishga sarflanadigan xarajatlarning yig’indisi bilan 
aniqlaniladigan o’zgaruvchan sarf-xarajatlar, so’m. 
Texnologik kartalar binolar va inshootlarning ma’lum tiplari uchun o’z 
vaqtida texnologik me’yorlarni ishlab chiqish, qurilish jarayonlarining ketma-
ketligini, qo’llaniladigan mexanizatsiya vositalarini, brigadalar tarkibini va 
ularning mehnatini tashkil etish imkonini beradi. 
Ishlab chiqarish jarayonini har qanday ishlab chiqarishning mohiyati deb 
hisoblash mumkin. Qurilish maydonida amalga oshiriladigan ishlab chiqarish 
jarayonlarini qurilish jarayonlari deb atashadi (masalan, issiqxonani montaj qilish, 
ekskavator yordamida kotlovanni qazish va h.k.). qurilish jarayonlarini ketma-ket 
bajarish natijasida binolar va inshootlar deb ataladigan qurilish mahsuloti 
yaratiladi. Qurilish jarayonini o’rganish orqali ularning texnologik belgilari 
bo’yicha tayyorlash, transport va montaj-o’rnatishlar bo’yicha turkumlash 
mumkin. 
Tayyorlash jarayonlari: ixtisoslashtirilgan korxonalarda va qurilish 
maydonlari (ob’ekt oldidagi beton qorish qurilmalari, ko’chma bitum siquvchi 
agregatlar va boshqa shu kabilar)da qurilish materiallarini, yarim fabrikatlar 
(qurilish konstruktsiyalari, qorishmalar va hakozalar)ni tayyorlash. 
Transport jarayonlari: qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalarini 
qurilish maydoniga yetkazish va ularni bevosita ish joylariga o’zatishdan iborat. 
Montaj
-
o’rnatish jarayonlari bevosita qurilayotgan ob’ektda amalga 
oshiriladi. Ular o’zining mo’ljallanishiga (vazifasiga) ko’ra qurilish mahsulotini 
yaratuvchi asosiy jarayon (g’isht terish, konstruktsiyalarni montaj qilish va h.k.), 
tayyorlash jarayonlari (yuzalarni ya’ni sirtlarni bo’yashga tayyorlash, montaj 
oldidan konstruktsiyalarni yig’ish) va yordamchi jarayonlar (oyoq osti 
ko’priklarini o’rnatish, opalubkalar tayyorlash va h.k.). 
Texnologiyasining xususiyati(spetsifikatsiyasi)ga bog’liq ravishda montaj

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin