158
bajariladigan jarayonlarni esa qo’shma jarayonlar deb atash qabul qilingan.
Jarayonlarni qo’shish qurilish muddatini qisqartirishga sharoit yaratadi.
Shuningdek qurilish jarayonlari mehnatning bajarilish usuliga ko’ra ham
quyidagilarga ajratiladi: qo’lda bajariladigan jarayonlar, mexanizatsiyalashgan
jarayonlar, kompleks-mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan jarayonlar.
Qurilish jarayonlari tashkil etilishining murakkablik darajasi bo’yicha oddiy
va kompleks (murakkab) jarayonlarga bo’linadi.
Oddiy jarayon
– texnologik bog’langan ishchi operatsiyalar yig’indisi
(jamlanmasi) bo’lib, ular aynan bir xil ijrochilar tomonidan bajariladi (poydevor
bloklarini montaj qilish, svoylar qoqish va h.k.).
Kompleks jarayon
– texnologik va tashkiliy jihatdan bog’liq bo’lgan oddiy
jarayonlar yig’indisi (jamlanmasi) bo’lib, ular tayyor mahsulot yagonaligi bilan
uzviy bog’langandir. Masalan, kompleks jarayon – bu quyma (monolit) temirbeton
poydevorni qurish bu esa o’z navbatida quyida ko’rsatilgan oddiy jarayonlardan
iborat: qoliplar (opalubkalar)ni o’rnatish, armaturalarni montaj qilish, beton
quyish, betonni parvarishlash.
Qurilish ishlari – qurilish jarayonlarining yig’indisi, bu jarayonlarning
bajarilishi natijasida qurilish mahsulotining ma’lum bir turi yaratiladi.
Ularni qullaniladigan materiallar (er ishlari, g’isht terish va h.k.);
tiklanayotgan konstruktiv elementlar (svayli, tom yopilmasi va h.k.);
bajarilayotgan jarayonlar (montaj ishlari, transport ishlari va h.k.) bo’yicha
nomlash mumkin. Qurilish ishlari umum qurilish ishlari (er ishlari, svaylar qoqish,
g’isht terish, beton quyish va boshqalar) va maxsusishlar (santexnika ishlari,
elektromontaj ishlari, texnologik jihozlarni montaj qilish va h.k.) ga bo’linadi.
Umumqurilish ishlari qurilish korxonalari (tashkilotlari, firmalari) tomonidan
bajarilsa maxsus ishlar esa ixtisoslashgan korxonalar (tashkilotlar, firmalar)
tomonidan amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: