O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik universiteti



Yüklə 384,59 Kb.
səhifə4/8
tarix15.10.2023
ölçüsü384,59 Kb.
#130369
1   2   3   4   5   6   7   8
1-mavzu O\'zbekiston

TARIXIYLIK TAMOYIL
Ijtimoiy tamoyil yondoshuv tarixiy jarayonlarni aholi barcha tabaqalarining manfaatlarini hisobga olgan holda o‘rganishni taqozo etadi. Voqealarni alohidja bir ijtimoiy tabaqa-kambag‘allar, yo‘qsillar yoki mulkdor boylar nuqtai-nazaridan turib tahlil etish, yoritish, bir tomonlama yondoshuv bo‘lib, bu tarixni soxtalashtiradi, noto‘g‘ri xulosalarga olib keladi.
Ijtimoiy yondoshuv tamoyili davlat arboblarining siyosiy kuchlar, partiyalar, turli uyushmalar, ular yo‘lboshchilarining tarixiy taraqqiyot darajasiga ko‘rsatgan ijobiy yoki salbiy ta’sirini, jamiyatning u yoki bu yo‘ldan rivojlantirishdagi rolini bilib olishda muhim ahamiyatga molikdir.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda mamlakatimiz tarixini o‘rganishda Vatan manfaati, milliy qadriyatlar, an’analar, urf-odatlar, din, diniy ta’limotlar va ularning asoschilari faoliyatini yoritishda sivilizasion nuqtai-nazardan yondashmoq kerak.
Vatanimiz tarixini yaratishda, yuqorida zikr etilgan metodologik tamoyillardan tashqari faktlarni taqqoslash, davrlashtirish va boshqa usullardan ham zarur.
Ibtidoiy jamoa tuzumi davri.
Quldorlik tuzumi davri.
Feodalizm tuzumi davri.
Kapitalizm tuzumi davri.
Sotsializm va Kommunizm davriga bo‘lindi.
Vatanimiz tarixini mukammal o‘rganish, tadqiq qilishda uni to’g‘ri davrlashtirish muhim ahamiyatga egadir. Sovetlar hukmronligi davrida SSSR tarkibidagi yuzdan ortiq xalqlar tarixi, jumladan vatanimiz tarixini besh davrga bo’ldilar.
Bunday davrlashtirishning maqsadi jamiyat taraqqiyoti insoniyatni albatta “Kommunizm” ga olib boradi degan g‘oyani ilgari surush va o‘tkazishdan iborat edi. Shu tufayli XX asrning oxiriga kelib insoniyat bu g‘oyani yelkasidan uloqtirib tashladi. Natijada butun dunyoda “sinfiy qadriyatlar” dan “milliy va umuminsoniy qadriyatlar” ning ustunligi e’tirof etildi.
Vatanimizning, o‘zbek xalqining boy, serko‘lam, betakror tarixi, uning o‘ziga xos va mos tarixiy taraqqiyot davri mavjud bo’lib, uni tarixnavis olimlarimiz fikriga ko‘ra quyidagi davrlarga bo‘lish joizdir.
  • Ibtidoiy jamiyat. Qadimgi davr. noto‘g‘riligini XX asrda ko‘plab xalqlar taqdirida sinab ko’rildi. Pirovardida bu fojeali oqibatlarga olib keldi
  • O‘rta asrlar davri.
  • Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davri.
  • Sovetlar istibdodi davri.
  • Milliy istiqlol davri.


Yüklə 384,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin