O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi



Yüklə 5,11 Mb.
səhifə30/42
tarix24.11.2023
ölçüsü5,11 Mb.
#133658
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42
ADILOV BI

Profil to‘g‘ri chiziq. Profil proyeksiyalar tekisligi W ga parallel bo‘lgan to‘g‘ri chiziq profil to‘g‘ri chiziq (yoki profil) deb ataladi (1.5,a,b-rasm). Profilning barcha nuqtalari W tekislikdan baravar masofada bo‘lgani uchun chizmada uning gorizontal proyeksiyasi Oy o‘qiga parallel, frontal proyeksiyasi Oz o‘qiga parallel bo‘ladi.

a) 1.5-rasm b)
Profilning profil proyeksiyasi ixtiyoriy vaziyatda joylashgan bo‘ladi. Mazkur, chiziq kesmasining profil proyeksiyasi o‘zining haqiqiy o‘lchamiga teng bo‘lib proyeksiyalanadi.
Chizmadagi  va  burchaklar profil chiziqning H va V tekisliklar bilan mos ravishda tashkil etgan burchaklarining haqiqiy kattaligi bo‘ladi, ya’ni:
p‖WÞp′‖Oy va pʺ‖Oz, A″′B″′=|AB|,  = p^H va = p^V bo‘ladi.
Proyeksiyalar tekisligiga perpendikulyar to‘g‘ri chiziqlar. Proyeksiyalar tekisligiga perpendikulyar to‘g‘ri chiziqlar proyeksiyalovchi to‘g‘ri chiziqlar deb ataladi.
Gorizontal proyeksiyalovchi to‘g‘ri chiziqlar. Gorizontal proyeksiyalar tekisligiga perependikulyar to‘g‘ri chiziq gorizontal proyeksiyalovchi to‘g‘ri chiziq deb ataladi (1.6,a,b-rasm). Bu to‘g‘ri chiziq H tekislikka nuqta bo‘lib proyeksiyalanadi. Uning frontal va profil proyeksiyalari Oz o‘qiga parallel bo‘ladi. Bu to‘g‘ri chiziq kesmasi V va W ga o‘zining haqiqiy o‘lchami bo‘yicha proyeksiyalanadi.

a) b)
1.6-rasm.
Frontal proyeksiyalovchi to‘g‘ri chiziqlar. Frontal proyeksiyalar tekisligiga perependikulyar to‘g‘ri chiziqlar frontal proyeksiyalovchi to‘g‘ri chiziqlar deb ataladi (1.7,a,b-rasm). Bunday to‘g‘ri chiziq V tekisligiga nuqta bo‘lib proyeksiyalanadi. Uning gorizontal va profil proyeksiyalari Oy o‘qiga parallel bo‘ladi. Bu to‘g‘ri chiziq kesmasi H va W proyeksiyalar tekisliklariga o‘zining haqiqiy o‘lchami bo‘yicha proyeksiyalanadi.

a) b)

Yüklə 5,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin