O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi



Yüklə 5,11 Mb.
səhifə5/42
tarix24.11.2023
ölçüsü5,11 Mb.
#133658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
ADILOV BI

Bitiruv ishining tuzilmasi: kirish, ikki bob, xulosa va foydalanlgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat
I BOB. “CHIZMA GEOMETRIYA” FANI MAZMUNI VA UNI O‘QITISHDA INTERAKTIV METODLARDAN FOYDALANISHNING NAZARIY MASALALARI

1.1. “Chizma geometriya” fani taraqqiyotining ustivor yo‘nalishlari


Ta’lim tizimi demokratik xuquqiy davlat qurish jarayonida o‘sib kelayotgan avlodga milliy, umuminsoniy qadriyatlar va shular asosida mustaqil va erkin fikrlash, o‘z xuquq va vatan oldidagi burchlarini singdirib borish zarur.
Chizmachilik fani boshqa fanlar singari insonning mexnat faoliyati natijasida paydo bo‘lgan.
IX-XI asrlarda Markaziy Osiyo hududida yashab ijod qilgan allomalar:
Muxammad al Xorazmiy, Abu Nasr al Farobiy, Axmad al Farg‘oniy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va boshqalarning geometriya va astronomiya asarlarida proyeksiyalash haqida malumotlar keltirilgan.
Ma’lumki, 1918-yilda O‘rta Osiyo va Qozog‘istonda birinchi tashkil qilingan oliy o‘quv yurti Turkiston Xalq Universitet (hozirgi O‘zbekiston milliy universiteti) hisoblanadi. 1920-yilda bu universitet Turkiston Davlat universiteti, 1923-yildan boshlab, O‘rta Osiyo Davlat universiteti deb nomlanib, bir necha yangi mutaxassislik, jumladan, texnika va gidrotexnik inshootlar, qurilish yo‘nalishlari tashkil qilindi. Natijada texnika fakulteti talabalarga fundamental tabiiy fanlar va umum muhandislik fanlari ham o‘qitila boshlandi. Universitetning texnika va qurilish inshootlari yo‘nalishlarida o‘sha vaqtdan boshlab mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarida hozirgi vaqtda o‘qitiladigan «Chizma geometriya» va «Chizmachilik» fanlari o‘qitila boshlangan deb xisoblash mumkin.
Dastlab, chizma geometriya va chizmachilik fanlari birgalikda o‘qitilib, o‘quv jarayoni chizmalarni chizish va ularni o‘qishga qaratilgan.
1928-yilda Turkiston Davlat Universiteti tarkibidagi muhandislik-melioratsiya fakulteti asosida O‘rta Osiyo paxtachilik irrigatsiya, politexnika instituti tashkil qilindi. Shuningdek, 1930-34-yillarda universitet tarkibidan bir necha texnika oliy o‘quv yurtlari ajralib chiqib, bu institutlarda «Chizma geometriya va chizmachilik» kafedralari tashkil qilindi va umummuhandislik fanlari qatorida grafika fanlari ham to‘liq o‘qitila boshlandi. Dastlabki yillarda fanni o‘qitish uchun uning o‘qitish metodikasiga, talabalar bajaradigan chizmalar to‘plamlarini tuzish va yosh o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish kabi ishlarga katta e’tibor berilgan.
Chizmachilik talabalarga texnikaviy g‘oyalarni chizmalar vositasida bayon etish, shuningdek berilgan chizmalar orqali tasvirlangan texnik buyumlarni ishlash prinsiplarini tushunish malakasini o‘rgatadi.
Fanning asosiy maqsadi texnik chizmalarni bajarishda va o‘qishda detallarning eskizlarini chizish, ishlab chiqarishga oid konstruktorlik va texnik xujjatlarni tuzish bo‘yicha talabalarga bilim berish, malakasi va ko‘nikmasini xosil qilishdir.
Chizmachilikda talabalar konstruktorlik xujjatlarini rasmiylashtirishning asosiy qoidalalarini o‘rganishda birinchi bosqich bo‘lib xisoblanadi.
Chizmalarga qarab to‘liq texnik fikr yuritish va ularni ishlab chiqarish xujjatlari sifatida bilish, chizmachilikdan etarli malaka va ko‘nikmaga ega bo‘lish, tegishli mutaxassislik bo‘yicha barcha texnik fanlarni mukammal o‘rganish kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlari loyixalarini bajarish bilan erishiladi.
Chizmachilik chizma geometriya nazariyasiga, shuningdek xalqaro va davlat standartlariga asoslangan xolda o‘rganiladi.
Chizmachilikning asosiy mavzularini bayon qilishda ularni yo‘naltiruvchi ma’ruzalar shaklida tashkil qilish tavsiya etiladi. Talabalar oladigan umumiy ma’lumotlarning ko‘p qismi amaliy mashg‘ulotlardan tashqari, o‘quv adabiyotlarini mustaqil mutoala qilish bilan to‘ldiriladi.
O‘quv jarayonida xozirgi zamon mutaxassisligiga mos va texnik estetikaga javob beradigan konstruksiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Chizmachilikni o‘qitish davomida chizmalarni o‘qish ko‘nikmasini uzluksiz rivojlantirish nazarda tutiladi va bu maqsadda maxsus o‘quv qo‘llanmalaridan foydalaniladi.
Barcha grafik ishlar chizma asboblari yordamida maxsus chizma qog‘ozlarida, eskizlar esa qo‘lda katak qog‘ozlarda bajariladi.
O‘quv mashg‘ulotlarini va grafik ishlarni bajarish plakatlar va boshqa zarur qo‘llanmalar bilan jixozlangan maxsus xonalarda tashkil qilinadi.
Talabalarning fanni o‘zlashtirish darajasi kafedrada tasdiqlangan baxolash mezonlariga muvofiq aniqlanadi. O‘quv semestr davomida talabalarning bilimi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar, yozma ish (grafik topshiriqlarni bajarish) orqali nazorat qilinadi.
Chizma geometriyadan talabaning xar bir semestrdagi yakuniy bahosi uning semestrda ko‘zda tutilgan barcha grafik ishlarni bajarilishi, sifati va sinovda tekshirish uchun berilgan grafik topshiriq natijalari asosida qo‘yiladi.
Chizma geometriya fanini o‘qitish natijasida talaba quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirilishi lozim:
1) nuqta, to‘g‘ri chiziq, tekisliklarning chizmalarini tasvirlash va o‘qishning nazariy asoslari haqida bilim;
2) sirtlarni tasvirlash va ularga tegishli pozitsion va metrik masalalarni yechish hamda ularni amaliyotga tadbiq qila olish;
3) yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda fanning ilmiy-amaliy ahamiyatini bilish;
4) chizmalar va boshqa konstruktorlik-texnologik xujjatlarni taxt qilish uchun davlat standartlari va normativlaridan foydalanish ko‘nikmalari.
5) chizma konstruktorlik ishlarini avtomatlashtirish asoslari va qonun qoidalarini bilish.
Grafik ishlarning to‘g‘ri bajarilishi va ularning sifatli taxtlanishi talaba tomonidan fanni asosiy tushunchalarini egallagani va masalalarni yecha olishini ko‘rsatadi.
Aytilganlardan kelib chiqqan holda “Chizma geometriya” fani bo‘yicha ta’lim texnologiyasini loyihalashtirishdagi asosiy konseptual yondoshuvlarni keltiramiz:



Yüklə 5,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin