Interaktiv ta’lim bilish faoliyatini tashkil qilishning maxsus shaklidir. U aniq va oldindan bashorat qilina oladigan maqsadni ko‘zda tutadi.
Uning maqsadi talabalarning dars jarayonida o‘zlarinining yuqori aqliy xolatini, imkoniyatlarini namoyon qilish va ishtirokchilarning har birining nimalarga qodirligini sezish uchun sharoit yaratishdir. Boshqacha qilib aytganda interaktiv ta’lim bu o‘qitish jarayonida talabalarning o‘zaro va o‘qituvchi orasida ro‘y beradigan hamda demokratiya prinsiplariga asoslangan dialoglik ta’limdir.
Ta’limning interaktiv shaklining vazifalari o‘quvchilarda qiziqish o‘yg‘otish va o‘quv materialini samarali o‘zlashtirishdan iboratdir. Bu esa quyidagi vazifalarni hal qilishni taqozo qiladi:
-qo‘yilgan o‘quv masalasini yechish usullari variantlarini mustaqil izlash;
-taklif qilingan materialni samarali o‘zlashtirish yo‘llarini va variantlarini mustaqil izlash va taklif qilingan variantlardan birini tanlash yoki shaxsiy variantini topish va uni asoslash;
Interaktiv ta’limda guruxni albatta kichkina guruxchalarga ya’ni komandalarga ajratish kerak bo‘ladi. O‘qishni bunday shaklda tashkil qilinganda o‘ziga xos mini muxitlar yuzaga keladi va ularni maqsadga muvofiq boshqarish osonroq bo‘ladi. Bunday holning yaratilishi quyidagi vaziyatni yani birgalikda ishlash atmosferasini yuzaga keltiradi.
Talabalarning tuzilgan komandalarda o‘zaro xarakatini o‘rnatib, ta’limni unda ishlash va xar-qanday fikrni, u xatto mantiqsiz bo‘lsa ham qabul qilib, uni yotig‘i bilan tushuntirish, vaziyatga chidash, talabalar orasida taklif qilingan variantlardan birini tanlash yoki o‘zining shaxsiy fikrini bildirib, uning echimini asoslash; o‘zaro xarakatini o‘rnatish, xar-qanday fikrga chidam bilan yondashib fikr erkinligini ta’minlash, xar-bir fikrni xurmat qilish, so‘z erkinligini va xurmatini joyiga qo‘yishni ta’minlash, chidam bilan eshitish-interaktiv ta’limning asosiy prinsiplari bo‘lib hisoblanadi.
Qo‘yilgan o‘quv masalasining yechimini, xamda yechish yo‘llarini va variantlarini o‘quvchilar tomonidan mustaqilravishda izlashni tashkil qilish ham interaktiv ta’limning asosiy prinsiplaridan biridir.
Talimning interaktiv shaklini o‘quv jarayonida foydalanishda o‘qituvchining roli keskin o‘zgaradi, u endilikda markaziy figura bo‘lib qolmay balki jarayonni boshqaruvchi, uni tashkil qiluvchi, maslaxatlar beruvchi bo‘lib, ko‘zlangan rejaning bajarilishini va vaqtini nazorat qiladi. Vazifalarni avvaldan tayyorlab savollarni shakllantiradi. Ishtirokchilar o‘zlarining va boshqalarning sotsial tajribalarga murojat qiladilar. Ziddiyatlarni hal qilish uchun ular bir-biri bilan muzokara qiladilar, berilgan vazifani birgalikda hal qilishga urinadilar va yechimini topishga erishadilar.
O‘quv va tarbiyaviy vazifalarni hal qilish uchun o‘qituvchi quyidagi interaktiv shakllardan foydalanishi mumkin:
O‘qitishning interaktiv shaklini o‘quv jarayonida foydalanishda o‘qituvchi faqat jarayonni boshqaradi uni tashkil qiladi, maslaxatlar beradi, belgilangan rejani yani, ko‘zlangan (nihoyatda aniq tuzilgan) rejaning bajarilishini va vaqtini nazorat qiladi. Vazifalar avvaldan tayyorlanadi va:
-o‘quvchilarda erkin fikrlash va munosabatni shakllantirish;
- hayotiy va kasbiy malakalarni shakllantirish;
- talabaning ongli kompetentlik darajasiga chiqishi asosiy maqsad qilib qo‘yiladi.
Shuni ham aytib o‘tish lozimki o‘qituvchi darsga interaktiv usul asosida tayyorlanish jarayonida uning oldida konkret mavzuni tushuntirish bo‘yicha bir necha xil interaktiv metodlar turlarini birgalikda parallel foydalanish uchun keng imkoniyatlar paydo bo‘ladi. Bunday holat albatta talabalarning konkret mavzuni yaxshiroq samarali anglashiga sharoyit yaratadi. Dars maqsadiga yani unda ko‘zda tutilgan vazifalari va maqsadiga muvofiq uqitishning turli interaktiv shakllaridan birgalikda foydalanish imkoniyatlari ochiladi.
Boshqacha qilib aytganda an’anaviy metodlardan farqli ularoq interaktiv metod talabalarning dars jarayonida nafaqat o‘qituvchi bilan balki o‘zaro ham keng muloqatda va harakatda bo‘lishini ko‘zda tutadi. Interaktiv mashg‘ulotlarda o‘qituvchining vazifasi talabalarning faoliyatini mashg‘ulotda ko‘rsatilgan maqsadga yerishish sari yo‘naltirish va unga yerishishni ta’minlashga qaratilgan bo‘ladi. O‘qituvchi bu erda ham dars mashg‘ulotining rejasini tuzadi(lekin bu erda ular odatda dars davomida o‘rganiladigan va bajariladigan interaktiv mashqlar va vazifalar bo‘ladi).