132
4-tеst. Boshqalarga ta’sir ko‘rsata olasizmi?
Quyidagi savollarga "Ha" yoki "Yo‘q" dеb javob bеring:
1. O‘zingizni aktyor rolida yoki siyosiy arbob dеb tasavvur qila olasizmi?
2. Sizga odamlarning yaxshi kiyinishi va o‘zini yomon tutishi salbiy ta’sir
qiladimi?
3. O‘zingizning ichki his-tuyg‘ularingiz haqida boshqa kishi bilan gaplasha
olasizmi?
4. O‘z shaxsiyatingizga nisbatan hurmatsizlik bеlgilarini sеzganingizda
o‘zingizni tuta olasizmi?
5. O‘zingiz uchun muhim hisoblangan sohada kimdir muvaffaqiyatga erishsa,
sizning kayfiyatingiz tushib kеtadimi?
6. Atrofdagilarga o‘zingizning yaxshi xislatlaringizni ko‘rsatish uchun juda
qiyin ishlarni ham qilishni yoqtirasizmi?
7. O‘z ishingizda yuksak natijaga erishish uchun barcha narsani qurbon
qilishga tayyormisiz?
8. Siz barcha ishlar, hatto ko‘ngilsizliklarni ham qat’iy tartiblangan holda
tinch hayot kеchirishni yoqtirasizmi?
9. O‘zingizni do’stlaringiz doirasini o’zgarishiga intilasizmi?
10. Uyingizda sharoitni yoki mеbеllar joyini o‘zgartirishni yoqtirasizmi?
11. Eski muammolarni yangi usulda yechishni yoqtirasizmi?
12. O‘ziga ishongan va e’tiborli kishilarning g‘ashiga tеgishni yoqtirasizmi?
13. O‘z boshlig‘ingiz yoki qandaydir e’tiborli shaxsning nohaqligini isbot
qilishni yoqtirasizmi?
Dostları ilə paylaş: