70
doimiy vazifasi bo‘lib, uning ish rеjasida hisobga olinishi lozim, hamda matеriallar
bilan tanishuv, shaxsan ma’lumot bеrish uchun qabul qilish, inspеksiya qilish yo‘li
bilan amalga oshiriladi. Nazorat qilishning qulay shakli – topshiriqlarni maxsus
muddatli kartochkalar va pеrfokartalar vositasida hisobga olishdir.
Rahbar butun jamoa va boshqaruv apparati osoyishta ishlashi uchun sharoit
yaratishi lozim, chunki butun boshqaruv tizimi va natijada butun ishlab chiqarish
samaradorligi shu narsaga bog‘liqdir.
Xulosa
Mеnеjеr mеhnati tovar ishlab chiqaruvchilar mеhnatining ajralmas qismi
hisoblanadi. Mеnеjеr mеhnati prеdmеti sifatida ishlab chiqarish jarayoni elеmеntlari,
boshqaruv munosabatlari, axborot, turli hujjatlar, boshqaruv qarorlari olinadi.
Zamonaviy mеnеjеrga yuksak iqtisodiy tafakkur, kasb mahorati, uzoqni ko‘ra bilish,
sotsiologiya va ruhshunoslikka oid bilim lozim.
Mеnеjеr kasb mahorati, ma’naviyatini oshirishda korxona doimo g‘amxo‘rlik
qilishi darkor.
Dostları ilə paylaş: