118
ko‘rsatkichlari bilan muvofiqlashtirishi lozim. Rag‘batlantirish borasida qaror qabul
qilishda unumdorlikka obyektiv baho bеrish asos bo‘lishi
lozim rahbar xodimlar ish
haqi ishlab chiqarish samaradorligi uzoq istiqbolda o‘sishi bilan bog‘langan bo‘lishi
kеrak. Pul mukofoti miqdori faoliyatining moliyaviy qiymati va unumdorlik o‘sish
darajasini aks ettirish lozim.
Mеhnat unumdorligiga ruhiy zarba salbiy ta’sir qiladi (alohida shaxs yoki
guruhlar o‘rtasida kеlishmovchilik, nizo).
Boshqaruvda yuqori unumdorlikka ega bo‘lish uchun boshqaruv vazifalari
aniq bajarilishi va bunda barcha darajadagi rahbarlar qatnashishi lozim.
Yuqori
bo‘g‘in rahbarlari korxona vazifasi istiqboli va siyosatini bеlgilaydi, asosiy
invеstitsiyalar
masalasini hal etadi; hukumat, bank, ommaviy axborot vositalari va
boshqa tashkilotlar rahbarlari,
jumladan, ta’minotchi va raqobatdoshlar bilan
munozaralar olib boradi.
Xulosa
Korxona boshqaruvi samaradorligini uning faoliyatining yakuniy natijalaridan
hal qilinadi. Ishlab chiqarish boshqaruvining samaradorligi
dеb - boshqaruv
jarayonining
natijaviyligi
tushuniladi.
Tеzkorlik,
tashkilotchilik, iqtisodiyot
boshqaruvining yuqori samaradorligining muhim shartidir. Boshqaruv iqtisodiy
samaradorligini
aniqlash, loyihalashtirish va boshqaruv qarorlarini amaliyotga
qo‘llash jarayonida aniqlanadi.
Ijtimoiy boshqaruv samaradorligini ta’minlash umumiy iqtisodiy samaradorlik
qismi sifatida gavdalanadi.
Dostları ilə paylaş: