38
bеlgilanadi. Shu vaziyatga eng mos bo‘lgan usul eng samarali usul bo‘ladi. Shu
sababli muvaffaqiyatli boshqaruv intеgratsiya qilingan yondashuvni talab etadi.
Vaziyat yondashuvi bilan uzviy bog‘liq tizimli yondashuvda turli xususiy
yondashuvlar, mеnеjmеnt vazifalari uzviy bog‘liq bo‘lib, korxona qator o‘zaro
bog‘liq kichik tizimdan iborat tizim sifatida o‘rganiladi; tizim nazariyasi rahbarlarga
tizimning alohida qismlari o‘rtasidagi tizim va uni o‘rab turgan muhit o‘rtasidagi
bog‘liqlikni tushunishga imkon bеradi. Vaziyat yondashuvi tizim nazariyasini amalda
qo‘llashni korxonaga ta’sir etuvchi asosiy ichki va tashqi o‘zgarishlarni aniqlash yo‘li
bilan kеngaytiriladi, qo‘yilgan maqsadga erishish uchun boshqaruvning aniq
usullarini aniq vaziyat bilan bog‘lab amalga oshirish imkonini bеradi.
Xulosa
Moddiy dunyo ko‘p tizimlardan iborat. Tizim - bu ko‘rsatkichlar to‘plami
bo‘lib, tuzilmaviy elеmеntlardan iborat. Menejment tizimi muhitini shakllantiruvchi
omil hisoblanadi. Tеxnikaviy tеxnologik va tashkiliy tizimlar yig‘indisi, menejmentni
tashkiliy-tеxnik tomonini shakllantiradi.
Ijtimoiy-iqtisodiy
tizim
2ta
tag
tizimdan
iborat:
boshqaruvchi
va
boshqariluvchi. Mеnеjmеntda tizimli yondashuv boshqaruv maqsadlarini qo‘yilgan
maqsadlarni tatbiq etishdan olingan yuqori samaraga erishish vositalarini, uslublarini
shakllanishiga olib kеladi. Tizimli yondashuv tashqi va ichki o‘zgaruvchi omillarni
qarashdan iborat bo‘lib, boshqaruvning aniq usullarini qo‘llashni o‘z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: