177
Kompaniya olingan buyurtmani ishlab chiqarishni boshlagandan so‘ng
xaridorlar o‘z buyurtmalarini o‘zgartira olmaydilar. Shunga qarmay
kastomerizatsiya ba’zi tovarlarda muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinmoqda.
Masalan, Minnesota shtatidan Andersen Windows kompaniyasi oyna va
oynali eshiklar ishlab chiqarishda yetakchi ishlab chiqaruvchi
kompaniya. U diler va sotib oluvchilar uchun o‘z mahsulotini interaktiv
elektrokatalogini ishlab chiqdi. Tizimdan foydalanib mijoz va menejer
oynaning konstruksiyasi, uning chidamliligi va narxini bilishi mumkin.
Shu tizim tufayli Andersen Windows ishlab chiqarish jarayonini
byurtma qilishga moslashtiradi. Bu esa tayyor mahsulotlar zaxirasining
kamayishiga sabab bo‘lmoqda.
Dostları ilə paylaş: