O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/235
tarix25.11.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#134760
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   235
marketing

8.3. Bozorda tovarni pozitsiyalash 
 
Firma maqsadli segmentni (yoki segmentlarni) tanlab olgach, har 
bir segmentda qanday pozitsiyani egallash kerakligini hal qilishi kerak. 
Bu qarorning ahamiyati shundaki, u marketing dasturini ishlab chiqishda 
asos vazifasini o‘taydi. Pozitsiyalash - firmaning maqsadli xaridorlar 
tomonidan qanday qabul qilinishini belgilaydi. Unga quyidagicha tarif 
berish mumkin:
Pozitsiyalash-
tovarning imijini xaridorning ongida raqobatchi 
tovarlarnikidan farqli ravishda munosib o‘rin egallaydigan tarzda ishlab 
chiqish va yaratishdir. 
Marketing strategiyasini ishlab chiqish uchun maqsadli bozorni 
tanlash va pozitsiyalashtirish strategiyasi iste’molchilar bilan aloqalarni 
o‘rnatish, yangi tovarlarni ishlab chiqish, siljitish va boshqalar asos 
hisoblanadi. Shunday qilib, pozitsiyalash strategiyasi differensiyalash 
strategiyasini amalga oshirish vositasidir. Odatda, bu bosqichda 
quyidagi savollar paydo bo‘ladi: 
-xaridorlar ko‘proq ijobiy nazar bilan qaraydigan (haqiqiy yoki his 
qilinadigan) xususiyatlar yoki foydalar qanday? 
-raqobatlashuvchi markalar va firmalarning ushbu xususiyatlar va 
foydalarga nisbatan pozitsiyalari qanday qabul qilinmoqda? 
-muayyan segmentda potensial xaridorlarning istak-xohishlarini va 
raqobatchilar tomonidan egallab bo‘lingan pozitsiyalarni hisobga olgan 
holda qanday pozitsiyani egallagan ma’qul? 
Tanlab olingan pozitsiyani egallash va himoya qilish uchun qanday 
eng yaxshi marketing vositalari mos keladi? 


178 
T ak lif strat
е
g iyasi 
T aq sim las h 
strat
е
g iya si 
S iljit ish 
strat
е
g iya si 
N arx lasht ir ish 
strat
е
g iya si 
M aq sad li 
bo zo r 
P o zitsiya la sht ir ish 
strat
е
g iya si 
 
8.3-rasm.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin