187
xarakteristikalarini, ular afzal ko‘radigan gazeta va jurnallarni o‘rganib,
fikr liderlarini aniqlashga urinadilar. Ma’lumotlarni tadqiq etish asosida
fikr liderlari uchun maxsus reklama murojaatlari ishlab chiqiladi.
Yoshlar musiqasida eng yangi oqim urflar va odatlardagi yangiliklar
shahar markazlarida tug‘iladi, keyin shahar atrofidagi o‘smirlar
tomonidan o‘zlashtiriladi. “Levi Strauss” kabi kiyim ishlab chiqaradigan
kompaniyalar moda ketidan quvuvchi (ularni kuzatib boruvchi)
yoshlarni o‘ziga jalb qilishga urinadi va shahardagi fikr liderlarining
uslubi va hayot tarzini maqsadga yo‘naltirilgan holda o‘rganadi. Ushbu
kompaniya jinsini kashf etganiga 150 yildan ortiq vaqt o‘tdi. Bugun
amerikalik o‘smirlar va yoshlar mashhur dizayn va markadagi
kiyimlarni afzal bilganda, Levi Strauss raqobatning qanchalar og‘ir va
kuchliligini his etdi. Kompaniya shahar hayot tarzini afzal biluvchi 15-
24 yoshli o‘smirlar va yoshlar uchun «Silvertab» markali kiyimlar
seriyasini ishlab chiqdi. Integratsiyalangan marketing dasturi va
«Silvertab» obrazi aynan mana shu guruh uchun ishlab chiqildi. 2000-
2001-yillarda dasturda “xip-xop” va “ritm and blyuz” ning Fredro Star
kabi yulduzlari, “Black Eyed Peas”, “City High va Progect C and B
kabilar” ishtirok etdi. Bundan tashqari savdo markasi bilan tanishuvni
oshirish va do‘konga xaridorlarni jalb etish uchun onlayn filmlar,
o‘yinlar, tanlovlar va hokazolardan foydalanildi. Ushbu hamma
tadbirlarning samaradorligini baholash uchun marketing guruhlari
haqiqiy inspeksiya o‘smirlar garderobi bo‘yicha reydlar va ko‘p sonli
fokus guruhlar tashkil etdilar. Bularning hammasi «Silvertab» ni jinsi
markasi miqdori bo‘yicha jahonda 5-o‘ringa olib chiqdi.
Boshqa kiyim ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini yosh
guruhlarining boshqa segmentlariga mo‘ljallaganlar.
Dostları ilə paylaş: