O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/235
tarix25.11.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#134760
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   235
marketing

 
 Kirish bosqichi xususiyatlari –
kam mahsulot chiqadi (yarim 
quvvat), yuqori tannarx (texnologiya hali to‘liq emas), realizatsiya kam. 
Qilinishi kerak – 
qiziqtiruvchi marketing taktikasi (joy, vaqt, narx, 
promotion-siljitish), tovar kamchiliklarini yo‘qotish (sifatini oshirish) 
kerak. 
2. O‘sish bosqichi.
Agar yangi tovar bozorning talabini qoniqtirsa
u holda tovarni sotish katta darajada ortadi. Chunki yangi tovarlarni 
takroran xarid qilayotgan faol xaridorlarga ko‘p sonli boshqa xaridorlar 
qo‘shiladi. Bu bosqichda tovar ishlab chiqarish texnologiyasini takomil-
lashtirish hisobiga tovar sifatining barqarorligiga erishiladi. Bu bosqich-


227 
da korxona ancha foyda olishga kirishadi, bu foyda o‘sib boradi va 
ushbu bosqichning oxiriga kelib eng yuqori ko‘rsatkichga yetadi. 
Korxona bu bosqichning uzoqroq davom etishidan manfaatdor, shuning 
uchun ham u butun harakatlarini sotish hajmining o‘sishiga qaratishi 
kerak bo‘ladi. Bu yerda marketingning asosiy vazifasi – tovar sifatini 
oshirish, bozorning yangi segmentlarini o‘zlashtirish, mazkur tovarni 
sotishning qamrab olinmagan kanallarini topish, iste’molchilarni 
tovarlar xususiyatlarining afzalligi haqida ishonarli reklama ishlarini 
tashkil etish kabi tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.
 
 O‘sish bosqichi xususiyatlari — 
ko‘p mahsulot chiqadi (to‘la 
quvvat), kam tannarx (texnologiya mukammal egallangan), realizatsiya 
o‘sadi, sifat oshgan. 
Qilinishi kerak - 
agressiv marketing (tovar xususiyatlarini tanish-
tirish), tovarni zamonaviylashtirish (mukammallashtirish), ommaviy 
sotish (realizatsiya tarmoqlari orqali) kerak. 
3. Yetuklik bosqichi
. Bu bosqichda tovar yirik partiyalarda tako-
millashgan texnologiyalar bo‘yicha yuqori sifat bilan ishlab chiqariladi. 
Bu bosqichda ko‘pgina ishlab chiqaruvchilarda sotilmay qolgan 
tovarlarning zaxiralari to‘planib qoladi, oqibatda tovarlarning sotilishi 
kamayadi. Natijada raqobat keskinlashadi. Raqobatchilar tovarlarni 
ko‘proq past narxlarda sotishga harakat qiladi. Reklama kuchaytirilib, 
tovarlarning yaxshilangan variantlarini ishlab chiqarishga mablag‘lar 
sarflanadi. Bularning hammasi foydaning kamayishini keltirib chiqaradi. 
Eng kuchsiz raqobatchilar kurashdan chetga chiqa boshlaydilar. Tar-
moqda faqat mustahkam o‘rin egallagan raqobatchilargina qoladi. 
Marketing xizmati tovarning hayotiylik davrini uzaytirish, sotish hamda 
foydaning kamayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun tovar, bozor va 
marketing kompleksini modifikatsiyalash usullarini izlashi kerak 
bo‘ladi. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin